Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar
Download 0.77 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: O`zbekistonlik jangchilarning fashizmni tor-mor etishdagi jasoratlari. Reja
- Adabiyotlar
Nazorat uchun savollar:
O`zbekiston Fanlar akademiyasi qachon va qay tarzda tashklil etildi? O`zbekistonga G`arbdan qanday ilmiy muassasalar ko‘chirib keltirildi? Yer osti xom ashyo konlarini izlab topish va o‘zlashtirishga rahbarlik qilgan olimlardan kimlarni bilasiz? Qaysi olimlar paxtaning yangi navlarini yetishtirdilar? Urush yillarida xalq ta’limi va oliy ta’lim qanday ahvolda edi? Urush yillarida ijod etgan yozuvchi va shoirlardan kimlarni bilasiz? Front gazetalarida faoliyat yuritgan yozuvchi va jurnalistlardan kimlarni bilasiz? Urush yillari davomida ozod etilgan harbiy hududlarni tiklash ishlariga O`zbekistonliklar qanday yordam berdilar? Urush yillarida qaysi xalqlar nima uchun o‘z vatanidan badarg‘a qilindilar? Urush yillarida qaysi xalqlar O`zbekistonga badarg‘a qilindi va joylashtirildi? O`zbek xalqining zo‘rlab ko‘chirib keltirilgan xalqlarga ko‘rsatgan insonparvarlik yordami haqida nimalarni bilasiz? Mavzu: O`zbekistonlik jangchilarning fashizmni tor-mor etishdagi jasoratlari. Reja: O`zbekistonliklarning dastlabki janglardagi jasoratlari. 2) Stalingrad jangi va tub burilishga o‘zbekistonlik jangchilar hissasi. 3) O`zbekistonlik partizanlar va “Turkiston legioni”. 4) O`zbekistonliklarning urushning so‘nggi pallasidagi jasoratlari. Adabiyotlar: “O`zbekistonning yangi tarixi”, 2-kitob, T.”Sharq”. 2000, 463-487 betlar. Usmonov Q, Sodiqov M “O`zbekiston tarixi” (1917–1991-yy.). T.”Sharq”2003, 164-178 betlar. 1-masala: Urushning dastlabki kunlaridayoq G`arbiy chegaralardagi harbiy qo‘shilmalar tarkibida xizmat qilayotgan o‘zbekistonliklar fashist bosqinchilariga qarshi jangga kirdilar. Chegarada joylashgan Brest qal’asining 50 dan ortiqroq millatga mansub jangchilari orasida o‘zbekistonliklardan Doniyor Abdullayev, Boboxalil Kashanov, Ahmad Aliyev, Nurum Siddiqov, Uzoq Otayev va boshqalar ham bor edi. Ular qal’a himoyachilari bilan yelkama-yelka turib dushmanning katta kuchlariga qarshi qariyb bir oy davomida oxirgi tomchi qonlari qolguncha jang qildilar. G`arbiy chegaralardagi dastlabki janglarda toshkentlik Zokir Karimov ham jasorat ko‘rsatdi. U Qrim va Kavkazda ham dushman bilan olishdi, mardlik va jasorati uchun I va II darajali “Shuhrat” va boshqa ordenlar hamda “Jasorati uchun” medali bilan taqdirlandi. O`zbekistonlik jangchilar Smolensk, Kiev, Odessa, Sevastopol va boshqa shaharlar mudofaasida qatnashdilar. Odessa himoyasida Omon Umarov, sapyorlar rotasining komandiri Hamza Zaripov jasorat ko‘rsatdilar. Omon Umarovning kichik harbiy bo‘limi Odessa yonida qurilgan dushman aerodromiga hujum qilib dushmanning 16 samolyoti va 30 avtomashinasini yoqib yubordi. Afsuski, Kerch uchun bo‘lgan janglarda u halok bo‘ldi. Hamza Zaripov rotasi minalashtirilgan yo‘lda dushmanning 27 tanki va 13 bronetransporterini portlatdi. 1941-yil kuzqish oylarida Moskva ostonalarida hayot-mamot janglari bo‘ldi. Unda, bir tomondan qanday qilib bo‘lsa ham Moskvani egallash uchun intilgan, ikkinchi tomondan, qanday qilib bo‘lsa ham Moskvani qo‘ldan bermaslik uchun oyoqqa turgan tarixda misli ko‘rilmagan darajadagi katta harbiy qo‘shinlar to‘qnashdi. Ana shu dahshatli janglarda o‘zbekistonlik jangchilar ham sabot-matonat, yuksak harbiy mahorat ko‘rsatdilar. Janubi-Garbiy front tarkibida bir o‘zi dushmanning bir DZOT, 9 askar va zobitini yo‘q qilib, 3 tasini asirga olib kelgan Q`ochqor Turdiyev Qahramon unvoniga sazovor bo‘ldi. Toshkentda uzoq yillar xizmat qilgan general I.V.Panfilov Almati shahrida turkistonliklardan diviziya tuzdi. Uning komandirlari tarkibida Toshkent piyoda bilim yurti va O`rta Osiyo harbiy okrugining harbiy-siyosiy bilim yurtida ta’lim olgan 180 zobit bor edi. General I.V.Panfilov diviziyasi Moskva ostonalaridagi Volokolamsk yo‘nalishida qattiq jang qildi, ommaviy qahramonlik ko‘rsatdi. Diviziya jang maydonida dushmanning 114 tankini, 26 ming askar va zobitini, 5 samolyot va boshqa ko‘plab texnikasini yo‘q qildi, harakatdagi jangovar texnikasining ancha qismini qo‘lga kiritdi. Janglarda vzvod komandiri Ikrom Halilov, Zarif Ibrohimov, Mamadali Madaminov, Abdulla Tog‘ayev, jarroh G`ulom Abdurahimov va boshqalar jasorat ko‘rsatdilar. Jangda diviziya qo‘mondoni I.V.Panfilov halok bo‘ldi, ammo uning quroldoshlari 8-gvardiyachi Panfilovchi diviziya nomi bilan dushman tor-mor etilguncha jang qildilar. O`zbekistonda tuzilgan 21- va 44-otliq askarlar diviziyasi Moskva ostonalarida jang qilib qahramonlik namunalarini ko‘rsatdilar. Shular qatorida 1-otliq askarlar korpusining jangchilari H.Musayev, R.Abduqosimov, A.Abdullayev, bo‘lim komandiri R.Aliyev, vzvod komandiri kichik leytenant X.Bektursunov, 2-otliq askarlari korpusining jangchilari Z.M.Qosimov, R.S.Halilov, katta serjant V.Sodiqov, eskadron komandiri M.Ibrohimov va boshqalar bor edi. O`zbekistonda tuzilgan 258-o‘qchi diviziya askarlari Moskva ostonalaridagi janglarda 9 mingdan ko‘proq dushman askar va zobitlarini yer tishlatib, 137 ta aholi yashaydigan manzilgohlarni ozod etadi, ko‘plab jangovar texnikani qo‘lga tushiradi. Ushbu diviziya Kalugani ozod etishda ko‘rsatgan matonati uchun gvardiyachi diviziya unvoniga sazovor bo‘ladi. Diviziyaning orden va medallar bilan mukofotlangan komandirlari va siyosiy xodimlari orasida B.O`razov, G`.Tolipov, M.Bekmurodov, V.Kashapov va boshqalar bor edi. Moskva himoyachilari orasida o‘zbek qizi Zebo G`aniyeva ham bor edi. U Moskvadagi teatr san’ati institutida o‘qir edi. Urush boshlangach, Zebo G`aniyeva o‘z yurti Andijonga qaytib kelishni emas, frontda jang qilishni afzal ko‘rdi. Tez orada mohir mergan va razvedkachi bo‘lib yetishdi. Uning harbiy qismi Moskva-Volga kanali bo‘ylab joylashgan edi. Mergan Zebo G`aniyeva 1942-yil 21-may kunigacha 23 ta fashistni yer tishlatdi, 16 marta razvedkaga borib, dushman to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar olib keldi. Zebo G`aniyeva jasorati uchun huku mat ordeni bilan mukofotlandi. 1943-yil avgustda Demyanskda bo‘lgan jangda Zebo G`aniyeva og‘ir yarador bo‘ldi, 33 marta jarrohlik operatsiyasiga bardosh berib o‘limni yengib o‘tdi. Moskva ostonalarida o‘zbekistonlik merganlar Ishoqov, 354 fashistni, Abubekov 229, Yusupov 132, Madaminov 123 fashist askar va zobitlarini yer tishlatdilar. O`zbek xalqi Moskva himoyachilariga ko‘maklashish uchun qo‘lidan kelgan barcha tadbirlarni ko‘rdi. 1753 nafar o‘zbekistonlik jangchilar “Moskva mudofaasi uchun” medali bilan mukofotlandilar. Moskva yonidagi jangda dushman tor-mor etildi. Bu uning Ikkinchi jahon urushi boshlangandan beri o‘tgan ikki yarim yil orasidagi birinchi yirik mag‘lbiyati edi. Fashistlarnibng “yashin tezligidagi urush” rejasi butunlay barbod bo‘ldi. Bunga o‘zbek xalqining qo‘shgan hissasi beqiyosdir. O`zbekistonlik jangchilar 1942-yilda Qrim, Donbass, Don, Kuban, Shimoliy Kavkazda bo‘lgan og‘ir janglarda ham qatnashib o‘z vazifalarini bajardilar. O`zbekistonda uzoq yillar xizmat qilgan general I.Ye.Petrov Sevastopol uchun bo‘lgan 8 oylik mudofaa janglarining boshliqlaridan biri edi. U katta harbiy mahorat bilan alohida dengiz bo‘yi armiyasiga qo‘mondonlik qildi, Sevastopolni quruqlikdan himoya qilishni tashkil etdi. Uning adyutanti toshkentlik katta leytenant Z.Qahhorov edi. General I.Petrov Shimoliy Kavkaz fronti, keyinroq 4-Ukraina frontiga qo‘mondonlik qildi, Berlin operatsiyasida qatnashdi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling