Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar
Download 0.77 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)
3-masala:
Dushmanni tor-mor etishda partizanlar harakatining ro‘li va o‘rni katta bo‘ldi. Urushning dushman ustunlik qilgan dastlabki davrida butun-butun harbiy qismlar dushman qurshovida qolib ketdi, ko‘plab askar va zobitlar noilojlikdan asirga tushib qoldilar. Asirlarning soni 5 mln. kishidan ortiqroq bo‘lib, ular orasida minglab o‘zbekistonliklar ham bor edi. Asirga olinganlar orasida komissarlar, kommunistlar birinchilar qatorida surishtirib o‘tirilmasdan otib tashlanar edi. Qolganlari harbiy lagerga tashlanardi, ularga qattiq azob berilar, sovuqda och-yalang‘och saqlanar edi. Dastlabki paytlarda fashistlar harbiy asirlarni ortiqcha yuk, keraksiz xo‘randa deb o‘ldirib yuborishar edi. Keyinchalik urush dushman o‘ylaganchalik b`olib chiqmagach, harbiy asirlardan tekin ishchi kuchi sifatida foydalana boshladi. Dushman bosib olgan shahar va tumanlar aholisi Germaniyaga haydab ketildi. Ba’zi joylarda mehnatga layoqatli bo‘lgan fuqarolarni o‘z ixtiyori bilan Germaniyaga ishga olib ketishga ham urindilar. Germaniyaga olib ketilgan sovet fuqarolari soni 4 mln. dan ortiqroq edi. Harbiy asirlar, haydab ketilgan fuqarolar Osvensim, Mautxauzen, Buxinvald va boshqa o‘nlab o‘lim lagerlarida saqlanadi, xo‘rlanadi va ko‘plari halok qilinadi. Dushman ishg‘ol qilgan tumanlar aholisining dushman qamalidan chiqib olgan qismi yo‘ki harbiy asirlikdan qochgan jangchilar tog‘larga, o‘rmonlarga yashirinib, partizancha kurashga o‘tdilar. Partizanlar harakati Markaziy shtabi tayyorlab yuborgan harbiy mutaxassislar, razvedkachilar partizanlar orasiga bo‘rib, yirik otryadlarga birlashib, uyushgan holda dushmanga qarshi kurashdilar. Dushman qurshovidan chiqib olgan o‘zbekistonlik jangchilar ham Rossiyaning g‘arbi, Ukraina, Belorussiya, Moldova respubliklarida partizan qo‘shinlarida ishtirok etdilar. “Chekist” partizan otryadining razvedkachisi, qo‘rqmas partizan Mamadali Topibol-diyevning nomi Belorussiyada mashhur bo‘ldi. U dushmanning 67 askar va zobitini yo‘q qilib, 180 tasini asirga oldi. Dovrug‘i butun partizanlar o‘lkasiga yoyilgan M.Topiboldiyev ko‘rsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor bo‘ldi. Belorussiyaning Pisarevo qishlog‘i o‘zbek xalqining jasur o‘g‘loni nomiga Topiboldiyevka deb atala boshladi. Gomel atrofidagi “Temir yo‘l urushi”da ishtirok etgan Jonibek Otaboyev, Bryansk atrofida dushmanga to‘satdan zarba bergan I.Musayev, A.Hakimov, I.Qosimov va boshqalarning nomlari urush solnomasidan o‘chmas o‘rin oldi. Ukrainada dushmanga qiron keltirgan S.A.Kovpak, A.N. Soburov, A.F.Fedorov, M.I.Naumovlarning partizan qo‘shinlari saflarida yuzlab o‘zbekistonlik qasoskorlar ham qatnashdilar. Ular dushman qismlariga to‘satdan hujum qilar, ko‘priklar va temir yo‘llarni portlatib dushmanni sarosimaga solardilar. Dushman o‘ta makkor edi. Harbiy asirlar o‘rtasida millatlarni bir-biriga qarshi gij-gijlash, kelib chiqishi nemislardan bo‘lgan sovet fuqarolarini qulayliklar yaratish evaziga o‘ziga xizmatkorlikka olish, sovet hokimiyatiga nisbatan norozilik kayfiyatida bo‘lgan ayrim musulmon etnik guruhlaridan foydalanish kabi siyosiy yo‘llardan foydalanishga urinib ko‘rdi. Rozi bo‘lmaganlarni ochlik va o‘lim bilan qo‘rqitar edi. Bu xildagi usullar harbiy asirlarga ko‘proq ishlatilardi. Fashistlar harbiy asirlardan “Rus ozodlik armiyasi”, “Turkiston legioni”, Volga – Ural legioni” kabi harbiy qo‘shilmalar tuzishdi, ulardan partizanlarga qarshi kurashda foydalanishdi ham. Chet el manbalarida o‘z vatanining dushmanlari bilan “hamkorlik” yo‘liga kirganlar soni o‘z emas, ko‘p emas, qariyb 1 mln. kishiga yetganligi ko‘rsatiladi. Bunga Stalinning asirlikka tushib qolganlarni vatan xoinlari deb hisoblagani ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emasdir. Haqiqatda ham, ko‘pgina harbiy askarlar bunday legionlarga majburan kiritilgan edi. Ular yashirin guruhlar tuzib partizanlar bilan aloqa bog‘lash yo‘lini qidirganlar. Masalan, 1944-yil yanvarida gitlerchilar “Turkiston lergioni” otryadini Chernogoriyada yugoslaviyalik partizanlarga qarshi jangga soladi. Otryadlarning birida 28 o‘zbek yigitlari bor edi. Zobit S.Fayziyev mahalliy aholi bilan aloqa bog‘laydi va uning ko‘rsatmasi bilan legionchilar fashist komandirlarini otib tshlab, qurol-aslahalari bilan toqqa, partizanlar tomoniga yuradi. 1944-yil 25-may kuni 28 o‘zbekistonlik legionchilar Yugoslaviyada harakat qilayotgan bolgar askarlari bataloniga qo‘shilib ketadi. Biroq omon qolgan harbiy asirlarning taqiri ham og‘ir kechadi. Ular o‘z vataniga qaytib kelgach, gumon ostida bo‘ldilar, ishga joylashishda, uy-joyli bo‘lishda qiynaldilar. Ayrimlari yana lagerlarga, endi sovetlar hukumatining lagerlariga tushib qoladilar. Bunday hollar Stalin va uning atrofidagilar yaratgan ishonchsizlik va gumonsirash vaziyatining oqibati edi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling