Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar
Download 0.77 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)
3-masala:
Sovet rejimining qatag‘onlaridan milliy ziyolilar eng ko‘p aziyat chekdi, mislsiz qurbonlar berdi. Negaki, bu rejim mutasaddilari o‘zlari johil kimsalar bo‘lganligidan ilmu ma’rifat, ziyo ahlini qadrlash, e’zozlash emas, balki ularni xo‘rlash, tahqirlash, kerak bo‘lsa yo‘q qilishni o‘zlariga kasb qilib olgandilar. Shuning uchun Markazning o‘tkir shamshiri va po‘lat qalqoni hisoblangan Davlat siyosiy boshqarmasi (GPU), Ichki ishlar xalq komissarligi (NKVD) kabi jazo organlari va ularning jallodlari uchun ilg‘or, taraqqiyparvar ziyolilarni hibsga olish, ularning faoliyati uchun yo‘q ayblarni to‘qib chiqarish, uydirmalarni “yasash” hech gap emas edi. Eng achinarlisi shuki, o‘z elini jondan sevgan, uni kuylagan, boy tarixi, betakror madaniyatiga murojaat qilib undan asar bitgan, buyuk ajdodlar nomini tilga olgan vatanparvar ijodkorlar, ilm-fan ahli birinchilar qatorida qatliomga duchor bo‘ldi. 1929-yilda Munavvar Qori Abdurashidxonov rahnamoligida millat ravnaqi va istiqloli yo‘lida faoliyat yuritgan, xalqqa ziyo taratib kelgan “Milliy Ittihod” va “Milliy Istiqlol” tashkilotlarining 87 nafar a’zosi qamoqqa olindi va ular ustidan sud uyushtirildi. Ularning 15 nafari 1931-yilda Moskvada otib tashlandi, qolganlari ham uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi. O`zbek adabiyotining ustunlari bo‘lgan, noyob ijodlari xalq mehrini qozongan Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Usmon Nosir, Elbek (Mashriq Yunusov), Mahmud Botu, G`ozi Yunus kabi ajoyib iste’dodlar quruq bo‘htonu tuhmatlar asosida “xalq dushmanlari” sifatida jismonan yo‘q qilinib, yorqin faoliyati so‘ndirildi. Axir ularning har biri o‘z millatining faxri, iftixori darajasiga ko‘tarilgan, beqiyos ijodi, yaratgan boy merosi e’tirof topgan, har qancha havas qilsa arziydigan insonlar edilarku! Mustabid tuzum farmondorlari ayniqsa o‘zbek xalqining milliy ongi, tafakkurini yoritish, uning o‘zligini tanitishga ilk qaldirg‘ochlar sifatida fidoyilik qilgan istiqlol darg‘alari bo‘lgan jadidchilik namoyondalarini yo‘q qilishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ygan edilar. Qatag‘onlik qurbonlari orasida juda ko‘plab ilm-ma’rifat, madaniyat namoyondalari bo‘lgan. Ajablanarli jihati shundaki, Buxoro va Turkiston respublikalari hukumatining tashabbusi va sa`y-harakati bilan 20-yillarda xorijga o‘qishga yuborilib, yaxshi mutaxassislar, fan arboblari bo‘lib yetishgan kishilar atayin qatliom qurbonlari bo‘ldilar. Agar Germaniya yoki Turkiyada ta’lim olgan bo‘lsalar ularga o‘sha mamlakatning josuslari degan ayb qo‘yildi. Germaniya va Turkiyada o‘qib, u yerda olgan bilimlarini o‘z respublikasining xalq xo‘jaligi, iqtisodiyotini yuksaltirish uchun baxshida qilishga bel bog‘lagan Sattor Jabbor, Solih Muhammad, Maryam Sultonova singari o‘nlab bilimdon yosh mutaxassis kadrlarga “chet el josusi” “xalq dushmani” qabilidagi tavqi la’nat bosilib, qatag‘on qilingan. Inson taqdiri bilan bu qadar o‘ynashish, uni chuqur surishtirmay eng og‘ir jazoga mahkum etish – bu totalitar tuzum qonunbuzarligi va qonxo‘rligining tipik namunasidir. Biz milliy istiqlol davri kishilari jonajon yurtimiz erki, ozodligi va mustaqilligi yo‘lida kurashib, stalincha qatag‘onlik qurbonlari bo‘lib ketgan aziz va mukarram insonlar xotirasini doimo qalbimiz to‘rida saqlamog‘imiz kerak bo‘ladi. Bu har birimiz uchun farzu qarzdir. Yurtboshimizning tashabbusi bilan Toshkentda qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish ushun 2000–2002-yillarda “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi barpo etildi. Prezidentning 2001-yil 1-maydagi farmoni bilan 9-may kunining “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni” deb e’lon qilinganligi g‘oyatda quvonarlidir. Bu hozirgi minnatdor avlod kishilarining o‘tganlar, shahid ketganlar xotirasi oldidagi ehtiromining umumxalq va umumdavlat e’tirofidir. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling