6. Inkor yuklamalari: turkm. däl, gag. diil, qr.tat. degil, q.balq. tüyüldü, qar. tyüvül, qoz. tügil, o‘zb. na kabi. Yuklamalar, odatda, ot, ayrim tillarda fe’l bilan qo‘llaniladi: tur. degil. - 6. Inkor yuklamalari: turkm. däl, gag. diil, qr.tat. degil, q.balq. tüyüldü, qar. tyüvül, qoz. tügil, o‘zb. na kabi. Yuklamalar, odatda, ot, ayrim tillarda fe’l bilan qo‘llaniladi: tur. degil.
- 7. Tasdiq yuklamasi (ha): qoz. iye, ya; tuv. iye, chuv. iyya, gag. ya//ye– ozchilik tillarda qayd etilgan, ammo ko‘pchilik (keng) hududda tarqalgan bo‘lib, arxaik, kelib chiqishi umumturkiy bo‘lishi ham mumkin.
- Bir qancha yuklamalar er fe’li zamirida kelib chiqqan (bo‘lmoq): qoz. eken, olt., iyne (axir), qirg‘. imish, qoz. mїs//mis (go‘yo), qoz. emes, yoq. eme, tuv. eves va hokazo.
- Turkiy va mo‘g‘ul tillari uchun mushtarak bo‘lgan so‘roq, mo‘g‘. bur. be inkor, mo‘g‘. büü, bur. bü yuklamalaridir. Keltirilgan umumiylik, shuningdek, grammatik formalarning o‘xshashligi, birinchidan, mo‘g‘ul va turkiy tillarning qadimgi mustahkam aloqalari, ikkinchidan, yuklamalarning arxaikligidan dalolat beradi. Bu yuklamalar shunday shaklda qadimgi xitoy tilida mavjud edi. Mayya tilida ma inkor yuklamasining mavjudligi tasodifiy moslik bo‘lib, oltoy tillari va Amerika hindulari tillarining qarindoshligi taxminiga borib taqaladi. Shunday qilib, qadimgi turkiy yodgorliklarda qayd etilgan yuklamalarga ma, yo, ök, qїna, chilar kiradi.
- Ma’lumki, o‘zbek tilida afikss yuklamalar urg‘u qabul qilmaydi. Ammo bu ularga urg‘u butunlay tushmaydi degani emas. – mi, - chi, - ku, - da, - oq (-yoq), - a(- ya), - gina (- kina, - qina) kabi affiks yuklamalar ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shilganda, urg‘uning bo‘linishi natijasida hosil bo‘lgan ikkinchi darajali urg‘u shu yuklamalarga ham tushishi mumkin. Chunonchi, yuraversang – chi, nordonroq-ku kabi.
- Xuddi shunday [-miz], [- siz] tuslovchi qo‘shimchalarga ham ikkinchi darajali urg‘uning tushish tushmasligi shu affikslar qo‘shilgan so‘zning aytilish ohangiga bog‘liq. Shuni ham ta’kidlash lozimki, turli sheva vakillarining nutqdagi urg‘uning qaysi bo‘g‘inga tushishi har xil ko‘rinishda bo‘ladi. Toshkent, Farg‘ona sheva vakillari nutqda boramiz, kelamiz kabi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘ini kuchsiz talaffuz etiladi va so‘z oxiridagi z undoshi jarangsizlashib s tarzida eshitiladi. Aynan shu so‘zlar Buxoro, Samarqand shevalarida boshqacharoq talaffuz etiladi, ya’ni oxirgi [ – miz] qo‘shimchasiga yordamchi urg‘u tushiriladi, natijada so‘z oxiridagi z undoshining aniq talaffuz saqlaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |