Mavzu: Turkiyada moliya tizimining rivojlanishi
-2002 yillardagi soliq tushumlari dinamikasi
Download 184 Kb.
|
Turkiyada moliya tizimining rivojlanishi
2000-2002 yillardagi soliq tushumlari dinamikasi.
Manba: http://www.tcmb.tr/ – Turkiya Respublikasi Markaziy banki sayti, Statistika bo‘limi. Ushbu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, daromad solig‘i (bevosita) va tovar va xizmatlardan tushayotgan soliqlar (bilvosita) xajmi orqali tavsiflanuvchi xo‘jalik sub’etlarining daromad va xarajatlarining nominal darajasi yillar mobaynida sezilarli holatda o‘zgarib turgan. Soliq tushumlarining umumiy o‘sishi 2000 yili 183 foizni tashkil qilib, 2001 yili ular 2,02 barobarga ko‘paygan. Soliq tushumlarining eng yuqori cho‘qqisi yanvar va iyul oylarida kuzatilgan bo‘lib, fevral va avgustda pasaygan. Ehtimol ushbu holat inflyatsiya jarayonlarini kompensatsiya qilish bo‘yicha olib borilgan davlat siyosati (davlat sektorida oylik maoshlarning oshirilishi) va sotuv xajmining oshishi bilan yuz bergan. Shunday qilib makroiqtisodiy tartibga solish nazariyasiga muvofiq ravishda xulosa qilish mumkinki, Turkiyada iqtisodiyotni rivojlantirishda ham budjetdagi davlat organlari, ham o‘zining resurslariga ega davlat iqtisodiy tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan davlat xarajatlari va davlat sotib olishlari asosiy rolni o‘ynashi lozim. Bunda davlatga xizmat ko‘rsatish sohasi, sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish borasidagi turli dasturlarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi defitsit budjet tomonidan moliyalashtirishga katta ahamiyat beriladi. Umuman Turkiyaning makroiqtisodiy siyosati yirik xususiy kapital manfaatidagi defitsit budjet tomonidan moliyalashtirishga asoslanadi. Aynan ushbu holat G‘arb mamlakatlarining asosiy konsepsiyalaridan uning farqlanuvchi tomonini ko‘rsatadi. Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling