Mavzu: Turkiyada moliya tizimining rivojlanishi


To‘lanmagan ichki qarz qoldiqlari (mlrd. tl


Download 184 Kb.
bet7/8
Sana18.02.2023
Hajmi184 Kb.
#1212426
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Turkiyada moliya tizimining rivojlanishi

To‘lanmagan ichki qarz qoldiqlari (mlrd. tl).

Yillar

Davlat obligatsiyalari

Xazinachilik majburiyatlari

Markaziy bank ssudasi

Konsilidatsiya qilingan qarzdorlik

Ichki qarz qoldig‘i

Budjet daromadiga nisbatan, %

1993

360

56

339

2418

3173

X

1994

531

340

528

3235

4634

X

1995

1032

490

795

4656

6973

X

1996

1511

823

1052

7129

10515

156,3

1997

2407

1923

1407

11481

17219

170,1

1998

4880

2542

2082

18954

28458

154,4

1999

10863

3537

2539

24995

41934

147,4

2000

18801

5469

2870

30040

57180

106,2

2001

24697

18258

13589

37138

93683

111,4

2002 (yanvar-aprel)

37635

17277

26132

29745

110809

63

Manba: http://www.tcmb.tr/ – Turkiya Respublikasi Markaziy banki sayti, Statistika bo‘limi.
Konsolidatsiya qilmoq (davlatning qisqa muddatli qarzlarini uzoq muddatli yoki muddatsiz qazga aylantirish)

Berib o‘tilgan ma’lumotlar ichki qarz qoldiqlarini yuqori o‘sish sur’atiga ega ekanligini (1993 yildan 2002 yilgacha 350 barobar), hamda budjetning daromad qismi bilan qiyoslanganda uning pasayishini namoyon qiladi. Birinchi holat hech qanday majburiyatlarsiz zarur zaym vositalarini olishga davlat intilishining oshishi haqida, ikkinchi holat esa xajmning judayam o‘sib ketishi va inflyatsiya natijasida davlat obligatsiyalari, xazinachilik majburiyatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlarning qadrsizlianishi haqida guvohlik beradi.


Shuni ta’kidlash kerakki, mamlakatning ichki qarz muammosi Turkiya siyosatchilari va iqtisodchilarida muhim bir tashvish uyg‘otmaydi. Ehtimol ularga ushbu muammoga zamonaviy iqtisodchilarning qarashlari yaxshi ma’lumdir. Ularning fikricha davlat qarzi hukumatning o‘z moliyaviy majburiyatlarini bajarish imkoniyatidan mahrum qilish yo‘li bilan uni barbod bo‘lishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Qarzning yuzaga kelishi – bu jarayon bo‘lib, uning vositasida jamg‘armalar xarajat qilayotgan shaxslarga o‘tadi. Agar iste’molchilar va biznes o‘zlashtirishga moyil bo‘lmasa, bunday holatda davlat qarzining o‘sishi yuz beradi.
Birinchidan, ularning fikricha davlat qarzini kamaytirishga majburlovchi biror bir sabab yo‘q. Amaliyotda hukumat obligatsiyalari bo‘yicha oylik to‘lov muddatlari yetganda iqtisodiyotda depressiv jarayonalarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatni yuzaga keltirmadi, ya’ni xarajatlarni qisqartirmadi va soliqlarni oshirmadi, faqatgina yangi obligatsiyalarni sotish va obligatsiyalardan olingan daromadlar hisobiga o‘z qarzi muddatini cho‘zdi.
Ikkinchidan, umuman hukumat aholiga soliq solish va ularni yig‘ib olish xuquqiga ega. Turkiya bunday holatda turli jamg‘armalar va boshqa soliq yig‘inlaridan keng foydalanmoqda.
Uchinchidan, hukumat o‘zi ham pul chiqarish xuquqiga ega bo‘lib, shu yo‘l orqali asosiy qarz summasini va u bo‘yicha foizni to‘lashi mumkin. Shu bilan birga amaliyotda yuz berayotgan inflyatsiya hisobidan ushbu qarzning bir qismini ham to‘lashi mumkin.
To‘rtinchidan, ichki qarz shuning uchun ichki qarzki, hukumat obligatsiyalarining katta qismi milliy tashkilotlar – banklar, kompaniyalar va boshqalar qo‘lidadir. Ya’ni davlat qarzi umumiy aktiv hisoblanadi. Ushbu mamlakat rezidentlari qo‘lida bo‘lgan davlat obligatsiyalarini to‘lash mamlakat iqtisodiyotida sotib olish qobiliyatini pasayishiga olib kelmaydi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek budjetning muhim daromad qismi bo‘lib soliq tushumlari hisoblanadi. Turkiya budjetidagi ularning solishtirma og‘irligi turli yillarda turlicha bo‘lib, goho 89,7%ga yetadi (1997 yil), goho 82,9 %gacha pasayadi (2000 yil). Jamg‘armadagi nosoliq tushumlar boshqa manbalar bo‘lib xizmat qiladi. Ta’kidlash lozimki, Turkiya yetarli darajada samarali va turli tuman soliq tizimiga ega bo‘lib, hatto xususiy sektorning judayam kichik ishlab chiqaruvchilarini va tadbirkorlarni ham hisobga oladi. Shu bilan bir paytda bu yerda soliq yuki unchalik yuqori bo‘lmay, iqtisodchilar ma’lumotiga ko‘ra 1991 yili YaMMning 18,3%ini, 1995 yili – 15,3% va 2000 yili 20,2%ini tashkil etgan (taqqoslash uchun AQShda – 21,3%, Yaponiyada – 22,1%, GFRda – 24,3% va Daniyada – 48,7%). Albatta ushbu holat tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Soliq tushumining asosiy turi daromad solig‘i bo‘lib, u 2001 yili barcha soliq tushumlarining 49,2 %ini bergan, 31,6% soliqlar tovar va xizmatlarni sotish, 17,8% - tashqi savdo va 1,4% ko‘chmas mulkka solingan soliqlar hisobidan hosil bo‘lgan. Shuningdek mahalliy soliq tushumlari ham mavjud bo‘lib, ularning xissasi unchalik katta emas. Quyidagi jadval orqali soliq tushumlarining oylik o‘zgarishini ko‘rib chiqamiz (4-jadval). Ushbu ko‘rsatkichlar yil davomidagi mamlakat aholisi va tadbirkorlarni nominal daromadlarining o‘sishi haqida aniq bir tavsif beradi.
4-jadval.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling