Mavzu: Turkiyada moliya tizimining rivojlanishi
Turkiyaning umumiy budjeti (mlrd. tl
Download 184 Kb.
|
Turkiyada moliya tizimining rivojlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daromadlar: 4515 5754 10089
- Turkiya iqtisodiyoti sektorlari bo‘yicha jamg‘armalar va kapital qo‘yilmalar dinamikasi. (1998 yil narxlarida, mlrd. Tl
Turkiyaning umumiy budjeti (mlrd. tl)
Manba: http://www.tcmb.tr/ – Turkiya Respublikasi Markaziy banki sayti, Statistika bo‘limi. Oxirgi bir necha yillar mobaynidagi Turkiya davlat budjetidan asosiy xarajatlar qismi va budjet tushumlari manbai bo‘yicha joriy foydalanishini ko‘rib chiqsak. Ko‘rinib turibdiki, uning defitsiti hatto rejalashtirilganidan ham yuqori bo‘lib, ushbu holat davlat xarajatlarini ko‘zda tutilganidan oshib ketganligini anglatadi. Demak hukumat zarur iqtisodiy muammolarni xal etish paytida hech qanday budjet cheklovlariga e’tibor qaratmagan. Yuqorida keltirib o‘tilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, budjet xarajatlarining katta qismi davlat boshqaruv organlari va boshqa davlat xizmatchilarini moliyaviy ta’minlash uchun rejalashtirilgan va sarf etilgan (1995 yili – 24%, 2000 yili -39,4%). Budjet xarajatlarining keyingi muhim qismi transfert to‘lovlar bo‘lib, ularning ulushi 1995 yilgi 41,2 %dan 2000 yilda 37,1%gacha pasaygan. Ushbu holat hukumat organlarini ijtimoiy ehtiyojlarga qilinayotgan xarajatlarni bir muncha qisqartirishga bo‘lgan intilishi haqida guvohlik beradi. Shunga qaramay shunday xarajatlar darajasi yuqori bo‘lib, 2002 yilda budjet xarajatlarini 42 foizgacha chiqarish rejalashtirilgan edi. Bir vaqtning o‘zida davlat kapital qo‘yilmalarining solishtirma og‘irligini 19,4 foizdan 13,2 foizgacha pasaytirish kuzatiladi. Daromaddan xarajatlar miqdorining ustunligi taxlil etilayotgan barcha yillarda kuzatilib, budjet daromad qismining 20,3 – 27,4 foizigacha yetgan. Shunday xulosalarni davlat va xususiy sektordagi kapital qo‘yilmalar dinamikasining taxlili ham tasdiqlaydi (2-jadval). 2-jadval. Turkiya iqtisodiyoti sektorlari bo‘yicha jamg‘armalar va kapital qo‘yilmalar dinamikasi. (1998 yil narxlarida, mlrd. Tl).
Manba: http://www.tcmb.tr/ – Turkiya Respublikasi Markaziy banki sayti, Statistika bo‘limi. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, davlat sektori o‘zining investitsiyalari uchun doimiy ravishda xususiy sektor jamg‘armalaridan foydalangan bo‘lib, moliyalashtirishning tashqi manbalari ko‘payib borayotgan ichki qarzga sarflangan. Buning ustiga ushbu davr mobaynidagi kapital qo‘yilmalar xajmi yuqori darajada bo‘lib, 10,6 – 13,8 trillion turk lirasi atrofida bo‘lgan (solishtirilayotgan narxlarda). Albatta investitsiya yo‘nalishlari turli darajada o‘zgartirilib turildi. Ammo saqlanib qolayotgan davlat xarajatlarining yuqori darajasi mamlakat iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning ta’siri yuqori holatda ekanligidan dalolat beradi. Bir paytning o‘zida xususiy sektor jamg‘armalaridan unchalik foydalanilmadi yoki musodara qilindi. Ushbu dinamikada bank foiz stavkalarini pasaytirilishi kapital qo‘yilmalarini rag‘batlantiradi degan mashhur makroiqtisodiy nazariya holati kuzatilmaydi. Masalan, 1990, 1994 va 1999 yillarda minimal foiz stavkalarining faoliyati (kreditga qo‘yilayotgan foizlar albatta yuqori bo‘lib, ularning miqdori bo‘yicha katta farqqa ega edi) xususiy sektordagi kapital qo‘yilmalarning nisbatan o‘sishi bilan muvofiq kelgan (2,5%, 7,2% va 1,5%). Shu davr mobaynida, 1993, 1996 va 1997 yillarda kapital qo‘yilmalardagi real bank stavkalari yuqori bo‘lgan (muvofiq ravishda 19,1%, 17,8% va 14,5%). Shu bilan birgalikda tan olish kerakki, xususiy sektor kapital qo‘yilmalarining real xajmi taxlil qilinayotgan davr mobaynida deyarli ikki barobarga o‘sgan. Bu xususiy investitsiyani rivojlantirishga bo‘lgan davlat siyosatining umumiy yo‘nalishi amalga oshirila boshlaganligidan dalolat beradi. Investitsiyaning shunday qarama-qarshi harakatiga sabab saqlanib qolayotgan davlat sektorining asosiy roli, shuningdek mamlakat iqtisodiyotidagi inflyatsiya jarayonlarining keskinlashishi bo‘lib, xususiy sektorning o‘z jamg‘armalaridan tezroq unumli foydalanishga intilishidan iborat. Shunday sharoitda ham aholi, ham tadbirkorlar mavjud pul mablag‘larini ko‘chmas mulkka yoki yuqoriroq va tez foyda beruvchi tarmoqlarga qo‘yishni afzal deb biladilar. Vaholanki barcha ushbu jarayonlar mamlakat banklari orqali amalga oshiriladi va ular tomonidan nazorat qilinadi. Aytishlariga qaraganda mamlakat Markaziy va tijorat banklari hukumatdan tashqari mustaqil ravishda faoliyat yuritib, ular o‘z jamg‘arma va kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari darajasini o‘zlari mustaqil belgilashar, Markaziy bank esa yana resskont operatsiyalar va avanslar, pul emissiyasi o‘lchamlari bo‘yicha shug‘ullanar ekan. Shunga qaramay davlat ular yordamida osongina o‘zining investitsiya maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur vositalarni olmoqda. Ushbu holat nafaqat tashqi, balki ichki zaymlarni amalga oshirish orqali amalga oshirilgan. Yuqorida biz tashqi qarz o‘lchamlari haqida ma’lumot berdik. Ichki qarz holatiga kelsak, 2000 yili budjetni moliyalashtirishdagi uning o‘lchami tashqi qarzdan 2,7 barobar yuqori bo‘lib, 14,8 trillion turk lirasini tashkil etgan. Shunday qarzdorlik davlat obligatsiyalari (12,5 tril. Tl), xazinachilik majburiyatlari (1,9 tril. Tl) va Markaziy bank veksellari (331 mln. Tl) hisobidan yuz berdi. Ichki qarzdorlik dinamikasi quyida berib o‘tiladi (3-jadval). 3-jadval. Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling