Mavzu: Turkiyaning iqtisodiy taraqqiyotida “Turkiya modeli” va uning xususiyatlari. Reja: Kirish
Download 80.05 Kb.
|
Turkiya modeli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qora va rangli metallurgiya.
- Mashinasozlik va elektrotexnika sanoati
- Mamalakat to‘qimachilik sanoatining rivojlanishi.
- Sanoat ishlab chiqarishing o‘sish sur’atlari
- II.3. Turkiya qishloq xo’jaligining rivojlanishi.
- 1-jadval. Yalpi ichki mahsulot tarkibi. (foiz hisobida).
- Foydalanilga adabiyotlar
Rezina sanoati avtomobil shinalarini ishlab chiqarish bo‘yicha to‘rtta zamonaviy zavodlar orqali namoyon bo‘ladi. Xususiy korxonalarda motosikl va velosipedlarning pokrishka va kamerlari ishlab chiqariladi. Boshqa tarmoq – bu oyoq-kiyim rezinasi, shuningdek rezinotexnik buyumlar. Qora va rangli metallurgiya. Qora metallar ishlab chiqarish uchta yirik davlat korxonalarida amalga oshiriladi – Karabyuk, Eregiy va Iskandariya kombinatlari. Oxirgisi cho‘yan quyish va mis eritish bilan ham shug‘ullanadi. 1993 yili cho‘yan quyish deyarli 10,3 million tonnaga yetdi. Aluminiy sanoat korxonalari ham mavjud. Umuman rangli metallar ishlab chiqarish o‘sib borayotgan talabni qondira olmayapti. Mashinasozlik va elektrotexnika sanoati dastlab yig‘uv korxonalarini tashkil etish orqali rivojlandi. Ayniqa ushbu tarmoqda xususiy kapialning ishtiroki faoldir. Mashinasozlik tarmoqlari: transport vositalarini yig‘ish va ishlab chiqarish, temir yo‘l transporti vositalarini qurilishi, temir yo‘llar, vagonlar, muzlatgichlar, dizel-motorlar ishlab chiqarishdir. Verflarda (kemalar quriladigan yoki remont qilinadigan korxona) shahar va kabotaj(ichki portlar o‘rtasida) liniyalar uchun kemalar ishlab chiqariladi. Uskuna va ehtiyot qismlarning katta qismi import qilinadi. Turkiya o‘rta va yirik kemalarni xorijdan sotib oladi. Stanoksozlik qayta ishlash sanoatining tarmog‘i bo‘lib, mamlakatda tashkil etilganiga xali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Tokarli, frezerli, sverloli stanoklarning ba’zi modellarini yig‘ish g‘arb firmalarining litsenziyasi asosida amalga oshiriladi. Bug‘ qozon va muzlatgich uskunalari, sanoat gaz pechlari yaxshi jihozlangan xususiy firma korxonalarida tayyorlanadi. Xususiy sektor xorijiy kapital bilan hamkorlikda maishiy texnikalarni ishlab chiqaradi – gaz pechlari, plitalar, tikuv mashinalari, velosipedlar, kaloriferlar(issiq suv, bug‘ yoki issiq havo o‘tadigan trubalardan iborat isitish moslamasi). Elektrotexnika sanoati ham rivojlanmoqda. Elektr o‘lchagich, maishiy elektr priborlarni ishlab chiqarish g‘arb firmalarining litsenziyasi asosida amalga oshiriladi. Radio va elektronika sanoati sezilarli sur’atda rivojlanmoqda – telefon, radio va teletexnika, elektronika apparatlarini ishlab chiqarish, kompyuterlar yig‘ish. Elektroenergetika. Turkiyada energetika ob’ektlarini qurish, ishlatish va elektr energiyani taqsimlash rasmiy ravishda davlat qo‘lidadir. Agar 1960-70 yillarda asosan elektr energetikani rivojlantirish quyiq yoqilg‘i (neft) asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirda o‘zidagi mavjud energiya manbalariga asoslanmoqda: lignit (past nav qo‘ng‘ir toshko‘mir), gidroresurslar, tabiiy gaz, geotermal quyosh energiyasi va shamol energiyasi. Elektr energiyani ishlab chiqarish 1963 yilgi 4 mlrd. kvt/soatdan 1995 yili 86,3 mlrd. Kvt/soatgacha yetdi. Uning katta qismi sanoat korxonalarida iste’mol qilinadi, ammo maishiy ehtiyojlar uchun ham uning iste’moli oshib bormoqda. Ma’lumki, aholi punktlari, qishloq joylarini ham qo‘shgan holda, elektrlashtirilgan. 1995 yili mamlakatdagi barcha elektr energiyaning 3/5 qismi issiqlik elektr stansiyalari(IES)da, qolgan qismi esa gidrostansiyalarda ishlab chiqarilgan. Turkiyada yirikroq gidroenergetika ob’ektlari bo‘lib Yevfrat daryosidagi Keben GESi va Kizil-Irmak daryosidagi Xirfanli GESi hisoblanadi. Atom energiyasidan foydalanish sohasida tadqiqotlar olib borish uchun atom energiyasi bo‘yicha Komissiya faoliyat olib bormoqda. AES qurilishi bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilmoqda. Mamlakatda 50ta GES va 30ta IES mavjud. 90-yillarda elektr energiya ishlab chiqarish 54,3 mlrd. kvt/soatni tashkil qilib, aholi jon boshiga 926 kvt/soat to‘g‘ri kelgan. Mamlakatda elektr energiya tanqisligi mavjud.
Barqarorlashtirish siyosatining asosiy vositasi bo‘lgan iqtisodiyotni tubdan liberallashtirish siyosatini va Jahon Banki tomonidan Turkiya uchun ajratilgan 13.6 mlrd. dollar miqdorida mislsiz moliyaviy yordam asosida XVF tavsiyalari bo‘yicha keskin pul siyosatini amalga oshirdi. 1-jadval. Yalpi ichki mahsulot
ma’lumotlarga ko‘ra inflyatsiya sur’atlari 68 %dan 20 %gacha kamaydi, oltin-valyuta zahirasi 25 mlrd. AQSh dollaridan 35 mlrd. AQSh dollarigacha, YaIM 2003 yildagi 5.9%dan 2014 yilda 9% ga oshganini ko‘rish mumkin. Sanoat ishlab chiqarishing o‘sish sur’atlari quyidagi jadvalda keltirilgan: 2-жадвал. Sanoat ishlab chiqarishing o‘sish sur’atlari (1997 й.га нисбатан)
II.3. Turkiya qishloq xo’jaligining rivojlanishi. Turkiya xukumati mamlakatda qishloq xo‘jaligining rivojlantirishni inqilobdan keyinoq boshlagan edi. 1923-31 yillarda Turkiyaning iqtisodiy rivojlanishida davlatning iqtisodiy siyosati qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirishdan iborat bo‘lgan edi. Mamlakat subtropik iqlimda joylashgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining deyarli barcha sohalari rivojlangan. Qishda, aniqrog‘i yanvar oyida 5C issiqdan -15C sovuq bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan asosiy daryolari Yevfrat, Tigr, Qizil Irmoq va Sakarya daryolaridir. Shu bilan birga Turkiyada ikkita ko‘l mavjud bo‘lib, ulardan qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydi, ya’ni Van va Tuz. Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi bilan mamlakat aholisining oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qoplaydi. Mamlakatda 6700 ga yaqin turli hil o‘simlik turlari mavjud. 1945 yilda mamlakatda agrar islohot qabul qilinib, ushbu islohotda dehqonlarga yer ajratish haqidagi qonun qabul qilinadi. Qonunga muvofiq 5 gektargacha yerga ega bo‘lganlar fermerchilik, 5 gektardan 50 gektargacha – o‘rta, 50 gektardan ortiq yer egalarini yirik yer egalari hisoblandi. Turkiyada qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga qadimdan katta ahamiyat berib kelingan. Bu tarmoq hozirgi kunda ham barcha siyosatchilar va davlatning diqqat markazida turadi va xalq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i hisoblanadi. Aholining aksariyat qismi (60%) hamon qishloqlarda istiqomat qiladi. Umumiy ishlayotgan ishchi kuchining 50 %i qishloq xo‘jaligida band. Qishloq xo‘jaligi nihoyatda keng qirrali bo‘lib, bu Turkiyaning mintaqaviy xususiyatlaridan, tabiiy sharoiti, iqlim va relefining xilma-xilligidan kelib chiqadi. Turkiya tog‘li mamlakat, lekin u chegarasiz qir-adirlar, serhosil tekisliklar, suv xavzalariga ham ega. Jami maydonning 1/3 qismi o‘tloq va yaylovlar, yana 1/3 qismi ishlanadigan yerlardan (25,5 mln. gektar) iborat. Ekin maydonining 80%i donli ekinlar, 15%ga yaqini texnik ekinlar egallaydi. Bog‘ va tokzorlar 3,3 mln. gektarni tashkil etadi. 1-jadval. Yalpi ichki mahsulot tarkibi. (foiz hisobida).
Qishloq xo‘jaligida yalpi ichki mahsulotning deyarli 13%i yaratiladi. Bu miqdorning 60%dan ko‘prog‘i dehqonchilikda, 37%ga yaqini chorvachilikda (shundan 1,8%i baliqchilikda) va 2,1%i o‘rmonchilikka to‘g‘ri keladi. Turkiya qishloq xo‘jaligi hozirgi kunda o‘z aholisini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlabgina qolmay, balki chet ellarga ko‘plab xar xil mahsulotlarni, shu jumladan don va don mahsulotlarini, sitrus va mevalarni va har xil qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan ishlab chiqarilgan konservalarni ham eksport qilmoqda. Turkiya yerlari notekis va jami maydonning 80 %i tog‘li bo‘lib, tuproq va ekin ekish uchun uncha yaroqli bo‘lmagani uchun ekin ekiladigan yerlar va ayniqsa sug‘oriladigan yerlar nihoyatda qadrlanadi. Shuni hisobga olgan holda Turkiya hukumati 2 mln.ga yaqin yangi yerlarni kelajakda o‘zlashtirish vazifasini qo‘ygan. Buning uchun yangi suv havzalari, omborlari va boshqa suv inshootlari barpo etilmoqda. Bu borada bizning respublikamiz ancha oldinlab ketganligi ma’lum. Shunday ekan, biz o‘z tajribamiz va xizmatimizni turkiyalik do‘stlarimizga o‘rtoqlashish uchun taklif etsak, har ikkala mamlakat uchun ma’qul ish bo‘lar edi. Turkiya qishloq xo‘jaligida ham umumiqtisodiyot modeli ziddiyatlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biz bu tarmoqda ba’zi xo‘jaliklarda eng yangi agrotexnika va texnologiya yutuqlaridan, vertolyot va samolyotlardan ham keng foydalanilayotganligini ko‘rsak, boshqa birlarida hamon yog‘ochdan yasalgan omoch va ot qo‘shilgan pluglar ishlatilayotganligini ko‘ramiz. 1990 yilda 600 mingdan oshiq yog‘och omoch, 400 mingga yaqin donni ajratadigan yog‘och moslamalar, 600 mingga yaqin ot omochlari bilan bir qatorda, 11,8 ming kombayn, 59 ming samolyot va vertolyot, 79,8 ming yomg‘ir yog‘dirgich uskunalari ishlatilgan. Biroq bu bizga Turkiya qishlog‘ida bo‘layotgan o‘zgarish, rivojlanish tendensiyasi haqida bahs qilish uchun ham imkon beradi. Yog‘och omoch kabi eski mehnat qurollarini ham miqdor, ham nisbiy jihatdan yil sayin qisqarib borayotganligidan va ular o‘rnini yangi zamonaviy ilg‘or texnika va texnologiya egallayotganligidan dalolat beradi. Hozirgi kunda mamlakat qishloq xo‘jalik mashinalari parki 750 mingga yaqin traktor, 12 ming kombayn, 263 ming kultivator, 350 ming separatorlar va shukabi mashina texnikalarga egalar. Eng muhimi shundaki, bu texnikaning ko‘pgina qismini Turkiyaning o‘z korxonalarida ishlab chiqarilmoqda. Masalan, shu kunlarda Turkiya qishloq xo‘jalik mashinasozlik sanoati yiliga 30 mingga yaqin traktor va 30 mingdan ortiq pluglar yetkazib berish, tayyorlash quvvatiga ega. Kimyo sanoati esa 7 million tonna mineral o‘g‘it ishlab chiqarmoqda. Bular mamlakatning o‘sib boryotgan ehtiyojini to‘liq qondira olmasligi tabiiy. Lekin bu ishlab chiqarish bazasini Turkiyaning o‘zida yaratilganligi yaqin kelajakda bu ehtiyojni qondiribgina qolmay, balki chet ellarga ham eksport qilish mumkinligiga ishonch tug‘diradi. 80-yillar boshidan qishoq xo‘jaligida o‘tkazilgan iqtisodiy, tashkiliy, xuquqiy o‘zgarishlar, yangi texnika va texnologiya yutuqlarini; mineral o‘g‘it, hashoratlarga qarshi gerbitsid va boshqa kiyoviy yangiliklarni, yuqori hosildor navli urug‘larni va zotdor mollar va parranda turlarini keng joriy qilinishini Turkiya qishloq xo‘jaligida “Yashil inqilobni” amalga oshirish imkonini berdi. O‘simlikchilik va chorvachilik mahsuldorligi deyarli ikki barobarga o‘sdi. Turkiya hukumati xorijiy kapitalni jalb etishning o‘z siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblab, uning maqsadi iqtisodiy munosabatlarda ilg‘or o‘rinlardan birini egallashdir. 1980 yilgacha mamlakat iqtisodiyotiga 280 mln. AQSh dollari miqdorida kapital qo‘yilgan bo‘lsa, 20-asr oxirlariga kelib ushbu raqam 23,8 mlrd. AQSh dollariga o‘sdi. Turkiyadagi asosiy sarmoyadorlar – Fransiya, AQSh, Niderlandiya, Germaniya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Italiya va Yaponiya. Barcha xorijiy qo‘yilmalarning 64,3 %i Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Xorijiy investitsiyalarning deyarli 57 %i – qayta ishlash sanoatiga, 40 % - xizmat ko‘rsatish sohasiga(birinchi navbatda turizm va tijoart ko‘chmas mulkka), 1,7 % - qishloq xo‘jaligiga va 1,1 % - tog‘-kon sanoatiga qo‘yilgan edi. Jahon banki o‘z e’tiborini 2002 yilda qishloq xo‘jaligi va qishloq joylarini rivojlantirish strategiyasi doirasida qishloq joylarini rivojlantirishga qaratgandan boshlab, qishloq joylarini rivojlantirishga qo‘yilayotgan investitsiyalar 2002 yil budjet yilidagi 5 mlrd. AQSh dollaridan 2004 yil budjet yilidagi 7 mlrd. AQSh dollariga yetdi, ya’ni deyarli 40 %ga oshgan. Qishloq joylarini rivojlantirishga qo‘yilayotgan investitsiyalarning uchdan biri infratuzilma sektoriga yo‘naltirigan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi esa barcha kaptallarning beshdan biriga ega bo‘lgan. Bankning ijrochi direktorlar kengashi tomonidan qishloq xo‘jaligi va qishloq joylarini riojlantirish – “Qishloq joylarida kambag‘al aholini qamrab olish” – strategiyasi beshta asosiy holatlarga asoslanadi. Ushbu strategiya rivojlantirishning yuqori samarsini ta’minlovchi beshta o‘ziga xos xususiyatlarga ega: 1. Asosiy e’tibor – kambag‘allar. Bank mehnat va yerdan katta daromadni ta’minlovchi kambag‘allarga yo‘naltirilgan qishloq joylarini rivojlantirish dasturini amalga oshiradi. 2. Keng miqyosda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash. Garchi qishloq xo‘jaligi qishloq joylarida iqtisodiy o‘sishni asosiy dvigateli hisoblansada, shuningdek Bank rivojlanishni jadallashtirishda nofermer iqtisodiy faoliyat ahamiyatini va xususiy sektor rolini tan oladi. 3. Qishloq joylaridagi barcha muammolarni xal etish. Bank uzoq muddatga mo‘ljallangan sektorlar o‘rtasidagi yondoshuvga o‘tadi, ammo bir vaqtning o‘zida avvalgi barcha manfaatdor tomonlarning qiziqishlarini qamrab ola olmagan “yuqoridan pastga” yondoshuvining kamchiliklarini bartaraf etish bilan ham shug‘ullanadi. 4. Barcha manfaatdor tomonlar birlashuvini shakllantirish. Bank dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishida barcha manfaatdor tomonlarni keng miqyosda ishtirok etishini ta’minlaydi. 5. Mijoz – mamlakatdagi global vaziyatlar bilan bog‘liq muammolarni xal etish. Bank rivojlanayotgan mamlakatlarga tegishli bo‘lgan xalqaro global muammolarga katta e’tibor qaratadi. Masalan, savdo siyosati masalalari, qishloq xo‘jaligi subsidiyalari va global iqlim o‘zgarishlari.
Shuning uchun u yoki bu darajada rivojlangan va umu- man e’tiborga loyiq bozor iqtisodiyotining barcha modellarinn o‘rganish, chuqur tahlil etish va to‘g‘rn, ob’ektnv xulosalar chiqarish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Bu borada respublikada keng va izchil ish- 'lar amalga oshnrilmoqda. Respublikamiznnng taniqln iqtisodchilarn, olimlari chet ellar- da bo‘lib, ularning bozor iqtiyoodiyoti tajri-basi bnlan yaqindan tanishmoqdalar. Respublikamnznnng bir guruh yettakchi iqtpsodchi olimlari Turkiyada bo‘lib, u yerda ko‘plab xoldinglar, firma- lar, birjalar, fermer xo‘jaliklarida bo‘lib, Turkiya modeli asoslarini o‘rgandilar va bozor nqtnsodiyoti xususiyatlarinp tahlil qildilar. Biz uchun Turkiya tajribasi qo’l keladi. Lekin Turkiyaning o‘z muammolari ham bor. Mamlakatnnng tog‘lik yerda joylashganligi qnshloq xo‘jaligining rivojlanishida bir muncha qiyinchilik tug‘dirardi. Foydali sazilmalarinnng yetarli darajada tadqiq etilmaganligi esa ko‘pgina sanoat tarmoqlarining tezroq rnvojlanishiga halaqit bermoqda. Bu model G‘arbning rivojlangan mamlakatlari ilg‘or tajribasini o‘zida o‘zlashti- rib aqs ettirish va singdirish bilan birga, jahon iqtisodiyotidagi ilgor g‘oya va amaliyot- ni ham o‘z ichnga olgan. Bu borada Turkiyada 60-yillardan boshlab rejalashtirish yo‘lga qo‘yilganligi va bozor iqtisodiyotiga o‘tishda uning njobiy rol o‘nnaganligini ta’kldla- moq lozim. Foydalanilga adabiyotlar: 1. Жамол Жалолов. “Рнночная экономика: секретн турецкой модели” Тошкент «Адолат» 1994 2. “Туркия иқтисодиёти”фанидан маърузалар тўплами. T DShI.
3. Turkey-2000, Стамбул, 2001 йил. 4. «Азия и Африка», Москва, 1996-2011 йиллар. 5. “Вашингтон таймс” (АҚШ) рўзномаси (1991 йил 21-декабрь). 6. «Мировая экономика», Москва-2010 год. 7. «МЭ и МО» журнали, Москва, сентябрь 1998 йил. 8. «Ҳаёт ва иқтисод» журнали, Тошкент, 1998 йил. 9. «Экономика зарубежных стран», сборник, Высшая школа-1994 год. 10. “Statistical outline of Turkey 1998-2018”, Туркия, Анкара, 2018 йил. 11. «Жахон мамлакатларида», Жахон ахборот агентлиги-2009 йил. 12. «Туркия-2009», Москва, 2009 йил. 13. «Заман» рўзномаси (Анкара, Туркия), 2011 йил, 18 декабрь. 14. Ломакин В.К. Мировая экономика.2013 Internet saytlari: www.ziyouz.com http://www.foreigntrade.gov.tr http://www.tcmb.tr/ –Туркия Республикаси Марказий банки сайти, Статистика бўлими. 1 «Ҳалқаро луғат», Тошкент –1998 йил. 2 Туркия иқтисодиёти. Зуфар Мушаррапов 3 «Международ.экономика и международ.отношения», 2018 йил сентябр. 4 Буниятов З.Н. Актуальные проблемы современной Турции М.2004 6 «Мировая экономика», Москва-2000 год. 7 «Экономика зарубежных стран», сборник, Высшая школа-2018 год. 8 Шодиев Т.Ш. Рыночная экономика Турции Т., 1993 9 Маматказин А.Мухторов А экономика Турции: история и современность Т. 1993 10 Туркия иқтисодиёти Зуфар Мушаррапов Download 80.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling