Mavzu: turkmaniston respublikasi tabiiy geografik o’rni mundarija kirish I bob. Turkmaniston respublikasining geografik o`rni, chegaralari va geografik o`rni, chegaralari


II BOB. TURKMANISTONNING AHOLISI VA MEHNAT RESURSLARI VA XO’JALIGI


Download 45.28 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi45.28 Kb.
#1549548
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TURKMANISTON TABIIY GEOGRAFIK O\'RNI

II BOB. TURKMANISTONNING AHOLISI VA MEHNAT RESURSLARI VA XO’JALIGI
2.1. Turkmanistonning aholisi va mehnat resurslari

Turkmaniston aholisining soni jihatidan Markaziy Osiyo davlatlari ichida to`rtinchi o`rinda turadi. Bu yerda aholi ancha siyrak joylashgan. Markaziy Osiyo davlatlarida har bir kv. km ga 13,8 kishi to`g`ri kelgani holda Turkmanistonda aholi zichligi 9,2 kishiga teng. Aholinnig etnik kelib chiqishi uzoq tarixga borib taqaladi. “Turkman” so`zi birinchi marta arab adabiyotida X asrda tilga olinadi. “Turkmaniston” ya`ni “Turkmanlar mamlakati” so`zi esa o`rta asrlardayoq mavjud bo`lgan.


Turkmanlar tekin, salir, nomut, ersar, keradoshli, chovdur va bochqa qabila urug`lardan tarqalgan. Ular azal-azaldan tog` yon bag`irlari, daryo bo`ylarida yashashgan. Hanuz Turkmanistonning asosiy aholisi vodiylarda, suv va temir yo`l bo`ylarida yashaydi.
Turkmaniston ko`p millatli davlat. Aholisining 70 foizi dan ortig`ini turkmanlar, 12 foizini ruslar,8 foizini o`zbeklar, 3 foizini qozoqlar tashkil qiladi. Shuningdek, bu yerda tatar, ukrain, arman, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining tabiiy o`sishi va uni takror ishlab chiqarish ancha yuqori. Aholining ko`payishi 1990- 1999 yillarda 122,4 foizni tashkil qildi. Shu yillar ichida aholining yillik o`rtacha o`sishi Qozog`istonda salbiy, Qirg`izistonda-0,5, Tojikistonda- 1,9, O`zbekistonda-2,1 foizni tashkil etgan bo`lsa, u Turkmanistonda eng yuqori 4,1 foizga teng bo`ldi.
Misol. 1940 yilda mamlakatda 1,302 ming kishi yashagan edi. 1959 yilda-1,516, 1970 yilda-2,159, 1979 yilda-2,759, 1989 yilda-3,534, 1995 yilning boshida esa 4,478 ming kishiga yetdi.
Mamlakatda aholi tabiiy o`sishining yuqoriligi birinchidan aholi zichligining tez ortib boripshini ta`minlayotgan bo`lsa, ikkinchidan mehnat resursining tez ko`payishiga uning bandlik darajasiga o`z ta`sirini ko`rsatmoqda Bu yerda 1940 yilda har bir kv. km ga aholining ortacha zichligi 2,66 kishini tashkil qilgan bo`lsa, u 1959 yilda 3,10, 1970 yilda-4,42 1979 yilda-5,65, 1989 yilda-7,24 va 1995 yilda esa 9,17 kishiga teng bo`ldi Biroq, mamlakatning ziroatchilik bilan shug`ullanadigan hududlarida aholi zichligi 200- 250 kishiga teng.
Ma`lumki, Turkmaniston SSRning parchalanishi bilan birinchilar qatorida mustaqil taraqqiyot yo`liga tushib qolgan edi. U endilikda aholini moddiy va ma`naviy himoya qilish yo`lida dadil bormoqda. Jumladan, Prezident Farmoni bilan mamlakat aholisi 1992 yildan boshlab ichimlik suvi, tabiiy gaz va elektroenergiya bilan bepul ta`minlanmoqda. Aholi iste`moli uchun ishlatiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining ham xarid narxlarini pasaytirish, aholini ijtimoiy himoya qilish mamlakat Prezidenti dasturidan alohida o`rin olgan.
Turkmaniston aoholisining katta qismi 55 foizi qishloqlarda yashaydi. Shunga qaramasdan Turkmanistonning MOdda urbanizatsiya darajasi ancha yuqori. Uning eng yirik shaharlari: poytaxti-Ashgabad, viloyat markazlari-Chorjo`y, Turkmanboshi, Mari, Doshavuzda shahar aholisining teng yarmi yashaydi.
ASHGABAD - Turkmanistonning poytaxti. Unga 1881 yilda asos solingan. U 1881-1917 yillarda Osxobod, 1917-1992 yillarda Ashxobod, 1992 yildan boshlab esa Ashgabad nomi bilan yuritiladi. 1948 yilning oktabrida shaharda 9 ballik zilzila bo`lgan va shaharning aksariyat binolari zilzila natijasida vayronaga aylangan. Bugungi poytaxt yangidan qayta tiklangan shahardir. Ashgabad MODda eng janubiy poytaxt.
Ashgabad Afrika, Seul, San-Fransisko bilan bir parallelda 38 gradus shimoliy kenglikda joylashgan. Unda 401 ming kishi yashaydi. Ashgabad Turkmanistoning eng industrlashgan shahri
Turkmanboshi - Turkmaniston davlatining yirik port shahri. U o`z nomidagi viloyatnning ma`muriy markazi. Shahar o`tgan asrning oxiri 1896 yilda Kaspiyorti temir yo`l punkti tarzida tarkib topgan. Uning nomi shaharning yonidagi qizil qoyali toshlardan olingan. Turkmanlar “Qizilsu” – “Krasnaya voda” deb qoya yonidagi dengiz suvini atashgan va shu tarzda xaritalarda Krasnovodsk hozirgi Turkmanboshi shahri paydo bo`lgan. Shahar aholisi tez o`smoqda. Mamlakat sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan yalpi mahsulotning 17 foizi Ashgabadda ishlab chiqariladi. U mashinasozlik ayniqsa elektrotexnika, neft sanoati uchun mashina, asbob-uskunalari ishlab chiqarish, to`qimachilik va qurilish materiallari sanoati ayniqsa oyna ishlab chiqarish markazi.
Ashgabad - mamlakatning geografik markazi ham hisoblanadi. Unda g`arbdagi yirik shahar - Turkmanboshigacha 550 km, sharqdagi Chorjo`ygacha 587 km, janubdagi Kushkagacha 500 km, shimoldagi Doshavuzgacha 530 km. Ashgabad Turkmanistoning yirik madaniyat markazi. Unda 1926 yilda 10 ming kishi yashagan bo`lsa, 1992 yilga kelib 70 ming kishi yashamoqda. Turkmanboshi yukchi shahar. U butun Markaziy Osiyoni Kaspiy dengizi orqali xorijiy davlatlar bilan bog`laydi. Shahar davlatlararo ahamiyatga ega bo`lgan yirik port. Unda neftni qayta ishlash, neftoximiiya baliqchilik zavodlari bor.
Chorjo`y shahri. U o`z nomidagi viloyatning markazi. Amudaryo bo`yidagi yirik port. Shahar ko`hna tarixga ega. Dastlab u XVI asrda “Chaharjuy” to`rt oq nomi bilan tilga olinadi. Shaharda 140 ming kishi yashaydi. Chorjo`y ancha sanoatlashgan. Bu yerda paxta tozalash, qorako`l, superfosfat zavodlari, go`st kombinati, to`qimachilik korxonalari, kemalarni ta`mirlash zavodi ishlab turibdi.

Matlakat xalq xo`jaligi ko`p tarmoqlidir. Sanoatda gaz, neft qazib olish va ularni qayta ishlash, ximiya va yengil sanoat yetakchilik qiladi. Mashinasozlikning ko`pgina turlari, me tallni qayta ishlash va Qurilish materiallari sanoati ham tarkib topgan.


Turkmaniston o`z mustaqilligini qo`lga kiritishi bilan mamlakat iqtisodiyotini tubdan qayta qurmoqda. Mamlakaning tabiat resurslaridan foydalanishda, qayta ishlash sanoatini rivojlantirishda, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishda xorijiy davlatlar bilan bevosita aloqalar o`rnatilmoqda, sarmoyalar olinmoqda, ishbilarmon mutaxassis kadrlar moddiy ishlab ciqarishning turli sohalariga jalb qilinmoqda.
Mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo`jaligining ulushi katta. Barcha ekin maydonlarining 54 foiziga paxta ekiladi. Bu yerda yiliga 530-540 ming gektar yerga paxta ekiladi va 1250-1275 ming tonna atrofida yalpi paxta hosili yig`ishtirilib olinadi. Turkmakiston paxta tolasi ishlab chiqarish bo`yicha jahonda ilg`or paxtakor mamlakatlar qatorida, MOD da esa ikkinchi o`rinda turadi. Paxtachilikni izchillik bilan rivojlanttirish uning issiq iqlimga moslashgan “Ash” va “Iolotan” navlarini yaratish va rayonlashtirish mamlakat iqtisodiyotini ko`tarmoqda va valyuta fondini boyitmoqda.
Qishloq xo`jaligida mamlakat o`z mustaqilligini qo`lga kiritishi bilan donli ekinlar, xashaki ekinlar, sabzavot, meva va uzum yetishtirishga katta e`tibor bermoqda. Mamlakatda yiliga 1109 ming tonna don, 370-380 ming tonna sabzavot, 390-400 ming tonna meva, 150-160 ming tonna uzum yetishtirilmoqda (1995
Turkmaniston chorvador mamlakat. Bu yerda asosan yaylov chorvachiligi yetakchilik qiladi. Negaki, mamlakatda qishloq xo`jaligiga yaroqli bo`lgan yerlar 34,8 mln. ga ning katta qismi 30,6 mln gektari yaylovzorlardan iborat. Turkmanistonda 5,5 million bosh qo`y va echki 1995 y bor. Shularniig yarmidan ko`pi qorako`l qo`ylaridir. Mamlakatda jahon bozorida yuqori baholanadigan hamda ko`zni qamashtiradigan qorako`l terilari ko`p yetishtiriladi va maxsus zavodlarda qayta ishlanadi. Aynuqsa qora, kulrang, moviy, sur terilari Qoraqumning janubi-sharqiy qismi ayniqsa Badxiz qo`riqxonasi regionida ko`p yetashtirqiladi. Qoramol va parrandachilik mamlakatning sug`orqiladigan zonasida rayonlashtirilgan. Turkmaniston chorvachiligida tuyachilik va yilqichilikning ham ulushi bor.
Sanoat geografiyasi. Mamlakatning iqtisodiy geografik o`rni. O`tgan asrdayoq Turkmanistonning dengiz transporti rivojlanishiga asos solindi. Kaspiy dengiziniig bo`yida qad ko`targan Krasnovodsk port shahri shunday asos edi. Bu portning qad ko`tarishi Turkmanistonga “capital” yo`lining ochilishiga va undan mamlakat ichkarisiga temir yo`l o`tkazishga imkoniyat tug`diradi. 1880—1886 yillarda mamlakatning g`arbiy qismi Krasnovodskdan uning eng sharqi Chorjo`ygacha temir yo`l qurib o`tkazildi. Natijada mazkur temir yo`l bo`yida qator sanoat korxonalari qad ko`tardi.
misol. Mamlakatning g`arbiy va sharqiy qutbida port shaharlarning qad ko`tarishi uning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirib yubordi. Turkmanboshidan Kaspiy dengizi orqali Kavkazorti davlatlari, Eron bilan shuningdek, G”arbiy Qozog`iston va Rossiyaning qator iqtisodiy rayonlari bilan aloqa qilish imkoniyati tug`ildi. Endilikda bu xil aloqa samarali natijalar bermoqda.
Turkmanistonda xalq xo`jaligini mustaiqillik asosida qayta qurish katta qiyinchiliklar bilan kechmoqda. Ayniqsa sanoat ishlab chiqarishda texnologiyani qayta ta`mirlash va yangilash, yangi-yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish sohasida rivojlantirishning turli bosqichlarida bo`lgan davlatlar bilan texnikaviy va iqtisodiy hamkorlik o`rnatish hamisha ham silliq kechmaydi. Shu boisdan ham Turmaniston iqtisodiy taraqqiyotida jiddiy kamchiliklar, mahsulot ishlab chiqarish sohasida orqaga chekinishlar yuz bermoqda. Ushbu xulosamizni xorijda chop qilingan ayrim statistika ko`rsatkichlari asosida tahlil qiladigan bo`lsak, bir jihatdan mamlakat sanoat tarmoqlarida milliy valyuta hisobida mahsulot ishlab chiqarishning o`sib borganligini ko`ramiz. Agar masalaga chuqurroq yondashadigan bo`lsak mamlakat pul birligi-“monat”ning qadrsizlanib borishini inobatga olsak, sanoatning aksariyat sohalarida ishlab chiqarishning o`sishi emas, balki orqaga chekinishini ko`ramiz.
Mamlakat sanoatining yetakchi tarmoqoqlari: yoqilg`i-energetika va elektroenergetikada regionlarning mavjud xomashyio`yo texnikaviy imkoniyatlari darajasiga ishga solinmayapti. Natijada ishlab chiqarish ko`rsatkichlari pasayib bormoqda. M., 1990 yilda mamlakatda 5,4 mln. tonna neft qazib olingan bo`lsa, u 1995 yilda 4,1 mln tonnaga tushib qoldi. Shu yillar ichida tabiiy gaz qazib olish 84.3 mlrd, kub.m.dan 55,6 mlrd.kub.m.ga elektroenergiya ishlab chiqarish 15 mlrd, kvt soatdan 10,5 mlrd. kvt soatga tushib qoldi.
Ikkikchi omil—Tabiiy resurs. Mamlakat taraqqiyotida tabiiy resurs—ayniqsa neft va tabiiy gaz muhim omil bo`lib maydonga chiqadi. Bu yerda neft va gaz zahirasi nihoyat darajada ko`p. G`arbiy Turkmaniston ayniqsa neftga boy. Kaspiy bo`yidagi kata neft havzasi mamlakatning janubiy qismidan sharqqa toki Amudaryogacha Kopetdog`ning shimoliy yonbag`ri bo`ylab cho`zilgan. Hozircha “qora oltin” mamlakatning g`arbiy va janubi-g`arbiy qismida joylashgan 7 ta kondan qazib olinadi. Ularning eng muhimlari: Qotirtepa, Borsa-Kelmas, Okarem, Cheleken yarim oroli, Turkmaniston tabiiy gaz zahirasiga ham boy. Uning Qoraqumdagi Darvaze-Zeaglin. Ochagli, Bayramali, Kuggurtli va yana yigirmaga yaqin konlaridan gaz qazib olinmoqda. Mamlakatda yiliga 4-5 million tonna neft va 55-84 mlrd kubometr tabiiy gaz qazib olinadi.
Turkmaniston sanoatida bevosita ishlatiladigan yana bir tabiiy resurs omil bu Qora-Bo`g`oz-Go`l tuz xazinasi. Unint zahirasi juda katta. Mamlakat tog`-ximiya sanoati mazkur mineral tuzini qazib olish va qayta ishlashga moslashtirilgan. Chelekenda yod, brom, ozokerit qazib olinadi va qayta ishlanadi.
Mamlakat sanoati asosan tabiiy resurslarga tayanib rivojlangan deyish mumkin. Jumladan energetika sanoatini olaylik. U ham o`z yoqilg`i resursi asosan tabiiy gazga tayanib rivojlantirilgan. Bu yerda yiliga 10-14 mlrd kvt soat elektroenergiya ishlab chiqariladi. Bezmein, Turkmanboshi, Chorjo`y issiqlik elektrostansiyalari bazasida mamlakatda yagona elektrosistema barpo qihlinmoqda.
Turkmaniston sanoati hududiy joylashishi va rivojlanihi Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridan farq qiladigan o`z xususiyatlariga ega. Sanoat korxonalari, tugunlari va markazlari hududi juda notekis joylashgan. Uning aksariyat qismi temir yo`l atrofida hamda eng yirik shaharlarida joylashgan. Mamlakatniig poytaxti Ashgabad shahrining sanoat yalpi mahsuloti ishlab chiqarishda hissasi ancha yuqori bo`lishiga qaramasdan u yagona sanoat markazi emas. Bunday markaz rolini poytaxtdan keyin Turkmanboshi neftni qayta ishlash zavodi, neftoximiya, baliq zavodi va boshqalar, Chorjo`y neftni qayta ishlash zavodi, ximiya sanoati korxonalari, Mari GRES, to`qimachilik sanoati, Doshovuz elektrod zavodi va boshqa shaharlar asosiy hisoblanadi. Shuningdek, tuman markazlarida qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan ko`pgina oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari ishlab turibdi.
Qishloq xo`jalik geografiyasi: tabiiy sharoit omili va dehqonchilik regionlari. Turkmanistonning tabiiy sharoiti uning katta qismida dehqonchilik qilish uchun jiddiy qiyinchiliklar tug`diradi. Yer fondining 80 foizdan ko`proq qismini qum barxanlari-yaylovzorlar ishg`ol qiladi. Bu yerlar qo`ychilik va tuyachilik uchun qulay yaylovzorlardir. Bu o`rinda mamlakat hududining aksariyat qismini ishg`ol qilgan Markaziy Qoraqum, Janubi-sharqiy Qoraqum, Zaunguz Qoraqum massivlarini tilga olish o`rinli. Mamlakat hududiiing atigi 2,5-3 foizi dehqonchilik qihlinadigan zonada joylashgan. Shunga qaramasdan qishloq xo`jaligida ishlab chiqariladigan yalpi mahsulotning 3/5 qismi dehqonchilikdan. Iqlim va termik ko`rsatkichlari dehqonchilikni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.Quruqlik iqlimga ega bo`lgan Turkmanistonning dehqonchilik regionlarida havo harorati o`ta baland. Har bir kv. sm. yuzaga o`rtacha 160 katta kaloriya quyosh nuri tushadi. Bu ko`rsatkich Qozog`istonning shimoliy rayonlarinikidan ikki marta ko`pdir. Yoz issiq, quruq va uzoq davom etadi, qish qisqa va nisbatan sovuq. Havo haroratining yillik o`rtacha ko`rsatkichi 14-16 daraja, iyul oyniki 35 darajadan baland. Qoraqumda harorat soyada 50, ochiq havoda 80 darajaga boradi. Yiliga 220-270 kun ichida biron marta sovuq bo`lmaydi. Havo haroratining ijobiy va foydali yigindisi ham Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng baland. +10 daraja va undan ortiq bo`lgan kunlardagi havo haroratining yillik ijobiy yigindisi Doshavuzda 4500, Turkmanboshida—5000-5250, Chorjo`yda - 5000-5250, Marida - 5550, Qizil Artek va Taxta-Bozorda 5500 darajadan yutori. Shuning uchun ham Turkmaniston dehqonchiligida janubiy mamlakatlar iqlimiga xos qimmatbaho qishloq xo`jalik ekinlari yetishtiriladi. Jumladan bu yerda issiqsevar ekinlar jumladan ingichka tolali paxta ko`p ekiladi. Biroq, yaqin o`tmishda dehqonchilik qilishda namgarchilikning kam bo`lishi, yog`in-sochinning kam tushishi daryolarning kamligi halaqit berib keladi. Turkmaniston xalq xo`jaligini yuritishda ko`ndalang turgan-suv muammosini ijobiy hal qildi. U Amudaryodan mamlakatning eng sharqiy qismidan 1200 km uzunlikdagi Qoraqum kanalini qazdi. Bu kanal Turkmanistonning aholisi zich joylashgan, tuprog`i dehqonchilikka yaroqli bo`lgan rayonlardan kesib o`tib Kaspiy dengizi mamlakatning g`arbiy nuqtasi bilan tutashtirildi. Qoraqum magistral kalalining qazilishi mamlakat hayotida, ayniqsa uning agrosanoat majmuida keskin burilish yasadi.
Turkmanistonning iqlimi dehqonchilik nuqtai nazaridan o`ziga xos xususiyatli. Uning issiq iqlimi va yozning uzoq olti oygacha davom qilishi ingichka tolali paxta etishtirishga katta imkoniyat yaratgan. Qish fasli dekabr-yanvar qisqa va quruq keladi. Yog`in-sochinning kam tushushi tufayli qishda ham sug`orishni taqozo qiladi. Suv Turkmanistonda hayot mamot masalasidir.
Iqlimiy sharoiti bilan bog`liq holatda mamlakat agrosanoat majmui uning hududining turli qismida farqli rivojlantirilgan. Shu jihatdan mamlakat ASMda muhim o`rin tutadigan ikkita rayonni qayd qilamiz.
Birinchisi Murgobtedjon rayoni. Bu rayon Turkmanistonning janubiy-sharqiy qismida joylashgan bo`lib, u havo haroratining juda balandligi, 10 darajadan yuqori bo`lgan kunlar—vegetatsiya muddatining ko`p 240-250 kunligi va shu muddatda havo harorati yig`indisi 5250-5500 darajaning baland bo`lishi bilan ko`zga tashlanadi. Bunday iqlimiy sharoit termik imkoniyat mazkur rayonda qimmatbaho dehqonchilik—ingichka tolali paxta yetishtirish uchun qulay. Ikkinchi rayon mamlakatning janubi-garbiy qismida joylashgan Kopetdogning ortidagi Subtropik rayonidir. Turkmaniston subtropigi bir tomondan Kopetdog bilan shimoldan esadigan sovuq oqimidan himoya qilingan, ikkinchi tomondan esa Kaspiy bo`yi yumshoq havo oqimiga tutash. Geografik o`rni bilan bog`langan bu xususiyatiga ko`ra uni Janubiy Krimga qiyos qilishadi. Bu rayonda subtropik va sitrus mevalari yetishtiriladi. Biroq Turkmanistonda subtropik va sitrus mevalari yetishtirishdagi muammoli masala mazkur regionda oqar suvlarning yetishmasligi, sersuv daryolarning kamligiga borib taqaladi.
Markaziy Osiyoning boshqa barcha davlatlariga nisbatan Turkmanistonda qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi yaxshi rivojlanib bormoqda. Ziroatchilikning ko`p tarmoqlarida hamda mamlakat chorvachiligida sezilarli darajada o`sish kuzatilmoqda.
Turkmaniston hukumati va uning Prezidenti mustaqillikning dastlabki yilidan boshlab mamlakat qishloq xo`jaligini qayta qurishga kirishdi. Bunda bosh masala qilib mamlakatni qishloq xo`jalik xom ashyosi yetkazuvchi region emas, balki mahalliy aholi va mahalliy sanoatning ehtiyojini qondirish maqsadida qayta qurish kun tartibiga qo`yilgan edi. Jumladan mamlakatda don yetishtirish midorini aholi ehtiyojini rivojlantirish to`la qondirishga muvofiqlashtirish, mamlakatning valyuta fondini ta`minlab turadigan paxta tolasi ishlab chiqarish hajmini saqlab turish va aholining chorvachilik mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojidan kelib chiqib mahsuldor chorva mollari tuyoq sonini ko`paytirib borish ko`zda tutilgan edi.
MOD da paxta yetishtirishda Turkmaniston O`zbekistondan keyingi muhim region. Uning termik imkoniyatlari qimmatbaho ingichka tolali g`o`za navlarini yetishtirtish uchun o`ta qulay. Mamlakat valyuta tushimining katta qismi paxta tolasini eksport qilishdan tushadi. Shuning uchun ham mamlakatda paxtachikni rivojlantirish xo`jaligi oldidagi bosh masalalardan biri bo`lib turibdi. Mustaqillik yillarida paxta yalpi hosili yetishtirish hajmi birmuncha tushgan bo`lsa ham, biroq uning hosildorligi ancha yuqori.
Mamlakat qishloq xo`jaligini isloh qilish natijasida Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab samarali natijalar qo`lga kiritildi. M., 1990-1995 yillarda mamlakatda toza don yetishtirish 449 ming t.dan 1109 ming t.ga, shu jumladan kuzgi bug`doy yetishtirish 130 ming t.dan 879 ming t.ga, sholi yetishtirish 42 ming t.dan 89 ming t.ga yetkazildi. Mahsulot chorva mollari tuyoq soni, ham shu yillar ichida tez o`sdi. M., qoramollar soni 144,7 foizga va shu jumladan sog`in sigirlar soni 171,3 foizga, qo`y va echkilar soni 119,9 foizga, yilqilar soni 136,8 foizga o`sdi.


Download 45.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling