Mavzu: turkmaniston respublikasi tabiiy geografik o’rni mundarija kirish I bob. Turkmaniston respublikasining geografik o`rni, chegaralari va geografik o`rni, chegaralari


Download 45.28 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi45.28 Kb.
#1549548
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TURKMANISTON TABIIY GEOGRAFIK O\'RNI



MAVZU: TURKMANISTON RESPUBLIKASI TABIIY GEOGRAFIK O’RNI


MUNDARIJA


KIRISH…………………………………………………………………………….3
I BOB. TURKMANISTON RESPUBLIKASINING GEOGRAFIK O`RNI, CHEGARALARI VA GEOGRAFIK O`RNI, CHEGARALARI.......................6
1.1. Turkmaniston respublikasining geografik o`rni, chegaralari..............................6
1.2. Tabiiy resurslari va ulardan xo`jalikda foydalanish masalalari.........................11
II BOB. TURKMANISTONNING AHOLISI VA MEHNAT RESURSLARI VA XO’JALIGI......................................................................................................15
2.1. Turkmanistonning aholisi va mehnat resurslari.................................................15
2.2. Xo`jaligining umumiy ta`rifi.............................................................................23
XULOSA…………………………………………………………………………30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………...32

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Turkmaniston hududi kattaligi jihatidan Markaziy Osiyoda ikkinchi o’rinda turadi. Markaziy Osiyo hududining 12,5 foizi Turkmaniston davlatiga to’g’ri keladi. Uning hududi Rossiya, Qozog’iston yoki Ukraina davlatlarinikidan kichik bo’lib, o’z navbatida Avstriya, Belgiya, Gollandiya, Gretsiya, Daniya, Portugaliya va Shvetsariya davlatlarining hududlrini birga qo’shib hisoblaganda ham ulardan kattadir.
Turkmanistonning yer ustki tuzilishi orografik xususiyatlari va tabiati g’oyat rang-barang, balandligi 3 km. ga boradigan tog’lar, chuqurligi dengiz sathidan 100 metr keladigan cho’kmalar, poyonsiz Qoraqum barxanlari, gadimiy daryolarning qoldiq o’zanlari, sho’r ko’llar, daryo vodiylari, quruq subtropik mintaqali zonalar ko’zga tashlanadi. Turkmaniston Markaziy Osiyoning g’arbidagi eng katta tekislikni ishg’ol qilgan davlat. Hududining 4/5 qismi Turon pasttekisligida joylashgan.
Turkmaniston shimoldan Qozog’iston, shimol va shimoli sharqdan O‘zbekiston, janubdan Eron va Afg’oniston bilan chegaralanadi. Mamlakatning katta masofa 800 km. atrofidagi chegarasi g’arbda Kaspiy dengizi orqali o’tadi. Univg mazkur geografik o’rni xalq xo’jaligini rivojlantirish uchun bir qator qulayliklar tug’diradi. Kaspiy dengiz orqali o’tgan chegarasi Turkmanistonning o’nlab xorijiy mamlakatlarga bevosita chiqish imkoniyatini beradi. Quruqlik orqali esa Turkmaniston temir yo’l, avtomobil yo’li va quvur transporti bilan Markaziy Osiyo davlatlari hamda Eron, Afg’oniston va boshqa xorijiy davlatlarga chiqish imkoniyatiga ega.
Turkmaniston dunyoning qadimiy davlatlaridan biri hisoblanadi. O’tgan asrning 70-yillarida u chor Rossiyasi tomonidan ishg’ol qilindi, 1917-1991-yillarda esa sobiq SSSR tarkibida bo’ldi. Turkmaniston o’z mustaqilligini 1991 -yilda qo’lga kiritdi. Davlatning nomi Turkmaniston deb qabul qilindi. 1991-yil 27 oktabr kuni Turkmanistonning mustaqillik kuni deb e’lon qilindi. Davlatni Prezident boshqaradi. Prezident umumxalq tomonidan 5 yil muddatga saylab qo’yiladi. Turkmaniston Respublikasi Ashgabad, Krasnovodsk, Mari, Chorjo’y, Doshavuz viloyatlarini o’z ichiga oladi. Turamaniston MODga kiradi. O’z navbatida u Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaxshi qo’shnichilik aloqalarini olib boradi.
Turkmaniston hududi qadimda Ahomaniylar davlati, Aleksandr istilosidan soʻng vujudga kelgan Salavkiylar davlati, Parfiya, YunonBaktriya podsholigi, Eftaliylar, Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, Tohariylar davlati, Somoniylar, Saljuqiylar davlati, Xorazmshohlar davlati, Moʻgʻullar davlati tarkibida boʻlgan. 14-a.ning 70—80-yillaridan T. hududi Temuriylar tasarrufiga oʻtgan. 16-a. oxiri — 17-a.da Xiva va Buxoro xonliklariga qaram boʻldi, bir qismi Eron tarkibiga oʻtib qoldi. 1869—85 yillarda T. hududini Rossiya bosib oddi. 1917 y. noyab. —dek.da sovet hokimiyati oʻrnatildi, 1918 y. 30 aprel
da Turkiston muxtor sovet sotsialistik respublikasi tashkil etilgach, T.ning asosiy qismi (Zakaspiy viloyati, 1921 y. avg .dan T. viloyati) uning tarkibiga kirdi. 1924 y. Oʻrta Osiyoda "milliy davlat chegaralanishi" deb atalgan boʻlib tashlash siyosati natijasida 1924 y. 27 okt.da Turkmaniston SSR tashkil topdi va SSSR tarkibiga kiritiddi. Shundan keyingi yillarda turkman xalqi KPSSning qishloq xoʻjaligi.ni jamoalashtirish, mamlakatni industriyalash siyosati va qatagʻonlar azobuqubatlarini tortdi. 1991 y. okt.da Mustaqillik haqida deklaratsiya qabul qilindi, mamlakat Turkmaniston deb atala boshladi. T. —1992 yildan BMT aʼzosi, 1993 y. 7 yanvarda OʻzR suverenitetini tan olgan va diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 27 okt. — Mustaqillik kuni (1991).
Siyosiy partiyasi. Rasmiy ravihda 1 partiya roʻyxatga olingan: Turkmaniston demokratik partiyasi (sobiq Kommunistik partiya negizida 1991 y. tuzil gan).


Download 45.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling