Mavzu: turkmaniston respublikasi tabiiy geografik o’rni mundarija kirish I bob. Turkmaniston respublikasining geografik o`rni, chegaralari va geografik o`rni, chegaralari
Download 45.28 Kb.
|
TURKMANISTON TABIIY GEOGRAFIK O\'RNI
2.2. Xo`jaligining umumiy ta`rifi
Matlakat xalq xo’jaligi ko’p tarmoqlidir. Sanoatda gaz, neft qazib olish va ularni qayta ishlash, ximiya va yengil sanoat yetakchilik qiladi. Mashinasozlikning ko’pgina turlari, me tallni qayta ishlash va Qurilish materiallari sanoati ham tarkib topgan. Turkmaniston o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan mamlakat iqtisodiyotini tubdan qayta qurmoqda. Mamlakaning tabiat resurslaridan foydalanishda, qayta ishlash sanoatini rivojlantirishda, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishda xorijiy davlatlar bilan bevosita aloqalar o’rnatilmoqda, sarmoyalar olinmoqda, ishbilarmon mutaxassis kadrlar moddiy ishlab ciqarishning turli sohalariga jalb qilinmoqda. Mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo’jaligining ulushi katta. Barcha ekin maydonlarining 54 foiziga paxta ekiladi. Bu yerda yiliga 530-540 ming gektar yerga paxta ekiladi va 1250-1275 ming tonna atrofida yalpi paxta hosili yig’ishtirilib olinadi. Turkmakiston paxta tolasi ishlab chiqarish bo’yicha jahonda ilg’or paxtakor mamlakatlar qatorida, MOD da esa ikkinchi o’rinda turadi. Paxtachilikni izchillik bilan rivojlanttirish uning issiq iqlimga moslashgan “Ash” va “Iolotan” navlarini yaratish va rayonlashtirish mamlakat iqtisodiyotini ko’tarmoqda va valyuta fondini boyitmoqda. Qishloq xo’jaligida mamlakat o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan donli ekinlar, xashaki ekinlar, sabzavot, meva va uzum yetishtirishga katta e’tibor bermoqda. Mamlakatda yiliga 1109 ming tonna don, 370-380 ming tonna sabzavot, 390-400 ming tonna meva, 150-160 ming tonna uzum yetishtirilmoqda (1995 Turkmaniston chorvador mamlakat. Bu yerda asosan yaylov chorvachiligi yetakchilik qiladi. Negaki, mamlakatda qishloq xo’jaligiga yaroqli bo’lgan yerlar 34,8 mln. ga ning katta qismi 30,6 mln gektari yaylovzorlardan iborat. Turkmanistonda 5,5 million bosh qo’y va echki 1995- yil bor. Shularniig yarmidan ko’pi qorako’l qo’ylaridir. Mamlakatda jahon bozorida yuqori baholanadigan hamda ko’zni qamashtiradigan qorako’l terilari ko’p yetishtiriladi va maxsus zavodlarda qayta ishlanadi. Aynuqsa qora, kulrang, moviy, sur terilari Qoraqumning janubi-sharqiy qismi ayniqsa Badxiz qo’riqxonasi regionida ko’p yetashtirqiladi. Qoramol va parrandachilik mamlakatning sug’orqiladigan zonasida rayonlashtirilgan. Turkmaniston chorvachiligida tuyachilik va yilqichilikning ham ulushi bor. Sanoat geografiyasi. Mamlakatning iqtisodiy geografik o’rni. O’tgan asrdayoq Turkmanistonning dengiz transporti rivojlanishiga asos solindi. Kaspiy dengiziniig bo’yida qad ko’targan Krasnovodsk port shahri shunday asos edi. Bu portning qad ko’tarishi Turkmanistonga “capital” yo’lining ochilishiga va undan mamlakat ichkarisiga temir yo’l o’tkazishga imkoniyat tug’diradi. 1880—1886- yillarda mamlakatning g’arbiy qismi Krasnovodskdan uning eng sharqi Chorjo’ygacha temir yo’l qurib o’tkazildi. Natijada mazkur temir yo’l bo’yida qator sanoat korxonalari qad ko’tardi. misol. Mamlakatning g’arbiy va sharqiy qutbida port shaharlarning qad ko’tarishi uning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirib yubordi. Turkmanboshidan Kaspiy dengizi orqali Kavkazorti davlatlari, Eron bilan shuningdek, G”arbiy Qozog’iston va Rossiyaning qator iqtisodiy rayonlari bilan aloqa qilish imkoniyati tug’ildi. Endilikda bu xil aloqa samarali natijalar bermoqda. Turkmanistonda xalq xo’jaligini mustaiqillik asosida qayta qurish katta qiyinchiliklar bilan kechmoqda. Ayniqsa sanoat ishlab chiqarishda texnologiyani qayta ta’mirlash va yangilash, yangi-yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish sohasida rivojlantirishning turli bosqichlarida bo’lgan davlatlar bilan texnikaviy va iqtisodiy hamkorlik o’rnatish hamisha ham silliq kechmaydi. Shu boisdan ham Turmaniston iqtisodiy taraqqiyotida jiddiy kamchiliklar, mahsulot ishlab chiqarish sohasida orqaga chekinishlar yuz bermoqda. Ushbu xulosamizni xorijda chop qilingan ayrim statistika ko’rsatkichlari asosida tahlil qiladigan bo’lsak, bir jihatdan mamlakat sanoat tarmoqlarida milliy valyuta hisobida mahsulot ishlab chiqarishning o’sib borganligini ko’ramiz. Agar masalaga chuqurroq yondashadigan bo’lsak mamlakat pul birligi-“monat”ning qadrsizlanib borishini inobatga olsak, sanoatning aksariyat sohalarida ishlab chiqarishning o’sishi emas, balki orqaga chekinishini ko’ramiz. Mamlakat sanoatining yetakchi tarmoqoqlari: yoqilg’i-energetika va elektroenergetikada regionlarning mavjud xomashyio’yo texnikaviy imkoniyatlari darajasiga ishga solinmayapti. Natijada ishlab chiqarish ko’rsatkichlari pasayib bormoqda. M., 1990 -yilda mamlakatda 5,4 mln. tonna neft qazib olingan bo’lsa, u 1995 -yilda 4,1 mln tonnaga tushib qoldi. Shu yillar ichida tabiiy gaz qazib olish 84.3 mlrd, kub.m.dan 55,6 mlrd.kub.m.ga elektroenergiya ishlab chiqarish 15 mlrd, kvt soatdan 10,5 mlrd. kvt soatga tushib qoldi. Ikkikchi omil—Tabiiy resurs. Mamlakat taraqqiyotida tabiiy resurs—ayniqsa neft va tabiiy gaz muhim omil bo’lib maydonga chiqadi. Bu yerda neft va gaz zahirasi nihoyat darajada ko’p. G’arbiy Turkmaniston ayniqsa neftga boy. Kaspiy bo’yidagi kata neft havzasi mamlakatning janubiy qismidan sharqqa toki Amudaryogacha Kopetdog’ning shimoliy yonbag’ri bo’ylab cho’zilgan. Hozircha “qora oltin” mamlakatning g’arbiy va janubi-g’arbiy qismida joylashgan 7 ta kondan qazib olinadi. Ularning eng muhimlari: Qotirtepa, Borsa-Kelmas, Okarem, Cheleken yarim oroli, Turkmaniston tabiiy gaz zahirasiga ham boy. Uning Qoraqumdagi Darvaze-Zeaglin. Ochagli, Bayramali, Kuggurtli va yana yigirmaga yaqin konlaridan gaz qazib olinmoqda. Mamlakatda yiliga 4-5 million tonna neft va 55-84 mlrd kubometr tabiiy gaz qazib olinadi. Turkmaniston sanoatida bevosita ishlatiladigan yana bir tabiiy resurs omil bu Qora-Bo’g’oz-Go’l tuz xazinasi. Unint zahirasi juda katta. Mamlakat tog’-ximiya sanoati mazkur mineral tuzini qazib olish va qayta ishlashga moslashtirilgan. Chelekenda yod, brom, ozokerit qazib olinadi va qayta ishlanadi. Mamlakat sanoati asosan tabiiy resurslarga tayanib rivojlangan deyish mumkin. Jumladan energetika sanoatini olaylik. U ham o’z yoqilg’i resursi asosan tabiiy gazga tayanib rivojlantirilgan. Bu yerda yiliga 10-14 mlrd kvt soat elektroenergiya ishlab chiqariladi. Bezmein, Turkmanboshi, Chorjo’y issiqlik elektrostansiyalari bazasida mamlakatda yagona elektrosistema barpo qihlinmoqda. Turkmaniston sanoati hududiy joylashishi va rivojlanihi Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridan farq qiladigan o’z xususiyatlariga ega. Sanoat korxonalari, tugunlari va markazlari hududi juda notekis joylashgan. Uning aksariyat qismi temir yo’l atrofida hamda eng yirik shaharlarida joylashgan. Mamlakatniig poytaxti Ashgabad shahrining sanoat yalpi mahsuloti ishlab chiqarishda hissasi ancha yuqori bo’lishiga qaramasdan u yagona sanoat markazi emas. Bunday markaz rolini poytaxtdan keyin Turkmanboshi neftni qayta ishlash zavodi, neftoximiya, baliq zavodi va boshqalar, Chorjo’y neftni qayta ishlash zavodi, ximiya sanoati korxonalari, Mari GRES, to’qimachilik sanoati, Doshovuz elektrod zavodi va boshqa shaharlar asosiy hisoblanadi. Shuningdek, tuman markazlarida qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan ko’pgina oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari ishlab turibdi. Qishloq xo’jalik geografiyasi: tabiiy sharoit omili va dehqonchilik regionlari. Turkmanistonning tabiiy sharoiti uning katta qismida dehqonchilik qilish uchun jiddiy qiyinchiliklar tug’diradi. Yer fondining 80 foizdan ko’proq qismini qum barxanlari-yaylovzorlar ishg’ol qiladi. Bu yerlar qo’ychilik va tuyachilik uchun qulay yaylovzorlardir. Bu o’rinda mamlakat hududining aksariyat qismini ishg’ol qilgan Markaziy Qoraqum, Janubi-sharqiy Qoraqum, Zaunguz Qoraqum massivlarini tilga olish o’rinli. Mamlakat hududiiing atigi 2,5-3 foizi dehqonchilik qihlinadigan zonada joylashgan. Shunga qaramasdan qishloq xo’jaligida ishlab chiqariladigan yalpi mahsulotning 3/5 qismi dehqonchilikdan. Iqlim va termik ko’rsatkichlari dehqonchilikni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.Quruqlik iqlimga ega bo’lgan Turkmanistonning dehqonchilik regionlarida havo harorati o’ta baland. Har bir kv. sm. yuzaga o’rtacha 160 katta kaloriya quyosh nuri tushadi. Bu ko’rsatkich Qozog’istonning shimoliy rayonlarinikidan ikki marta ko’pdir. Yoz issiq, quruq va uzoq davom etadi, qish qisqa va nisbatan sovuq. Havo haroratining yillik o’rtacha ko’rsatkichi 14-16 daraja, iyul oyniki 35 darajadan baland. Qoraqumda harorat soyada 50, ochiq havoda 80 darajaga boradi. Yiliga 220-270 kun ichida biron marta sovuq bo`lmaydi. Havo haroratining ijobiy va foydali yigindisi ham Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng baland. +10 daraja va undan ortiq bo’lgan kunlardagi havo haroratining yillik ijobiy yigindisi Doshavuzda 4500, Turkmanboshida—5000-5250, Chorjo`yda - 5000-5250, Marida - 5550, Qizil Artek va Taxta-Bozorda 5500 darajadan yutori. Shuning uchun ham Turkmaniston dehqonchiligida janubiy mamlakatlar iqlimiga xos qimmatbaho qishloq xo’jalik ekinlari yetishtiriladi. Jumladan bu yerda issiqsevar ekinlar jumladan ingichka tolali paxta ko`p ekiladi. Biroq, yaqin o`tmishda dehqonchilik qilishda namgarchilikning kam bo`lishi, yog`in-sochinning kam tushishi daryolarning kamligi halaqit berib keladi. Turkmaniston xalq xo’jaligini yuritishda ko`ndalang turgan-suv muammosini ijobiy hal qildi. U Amudaryodan mamlakatning eng sharqiy qismidan 1200 km uzunlikdagi Qoraqum kanalini qazdi. Bu kanal Turkmanistonning aholisi zich joylashgan, tuprog`i dehqonchilikka yaroqli bo’lgan rayonlardan kesib o`tib Kaspiy dengizi mamlakatning g`arbiy nuqtasi bilan tutashtirildi. Qoraqum magistral kalalining qazilishi mamlakat hayotida, ayniqsa uning agrosanoat majmuida keskin burilish yasadi. Turkmanistonning iqlimi dehqonchilik nuqtai nazaridan o`ziga xos xususiyatli. Uning issiq iqlimi va yozning uzoq olti oygacha davom qilishi ingichka tolali paxta etishtirishga katta imkoniyat yaratgan. Qish fasli dekabr-yanvar qisqa va quruq keladi. Yog`in-sochinning kam tushushi tufayli qishda ham sug`orishni taqozo qiladi. Suv Turkmanistonda hayot mamot masalasidir. Iqlimiy sharoiti bilan bog`liq holatda mamlakat agrosanoat majmui uning hududining turli qismida farqli rivojlantirilgan. Shu jihatdan mamlakat ASMda muhim o`rin tutadigan ikkita rayonni qayd qilamiz. Birinchisi Murgobtedjon rayoni. Bu rayon Turkmanistonning janubiy-sharqiy qismida joylashgan bo`lib, u havo haroratining juda balandligi, 10 darajadan yuqori bo’lgan kunlar—vegetatsiya muddatining ko`p 240-250 kunligi va shu muddatda havo harorati yig`indisi 5250-5500 darajaning baland bo`lishi bilan ko`zga tashlanadi. Bunday iqlimiy sharoit termik imkoniyat mazkur rayonda qimmatbaho dehqonchilik—ingichka tolali paxta yetishtirish uchun qulay. Ikkinchi rayon mamlakatning janubi-garbiy qismida joylashgan Kopetdogning ortidagi Subtropik rayonidir. Turkmaniston subtropigi bir tomondan Kopetdog bilan shimoldan esadigan sovuq oqimidan himoya qilingan, ikkinchi tomondan esa Kaspiy bo`yi yumshoq havo oqimiga tutash. Geografik o`rni bilan bog`langan bu xususiyatiga ko`ra uni Janubiy Krimga qiyos qilishadi. Bu rayonda subtropik va sitrus mevalari yetishtiriladi. Biroq Turkmanistonda subtropik va sitrus mevalari yetishtirishdagi muammoli masala mazkur regionda oqar suvlarning yetishmasligi, sersuv daryolarning kamligiga borib taqaladi. Markaziy Osiyoning boshqa barcha davlatlariga nisbatan Turkmanistonda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi yaxshi rivojlanib bormoqda. Ziroatchilikning ko’p tarmoqlarida hamda mamlakat chorvachiligida sezilarli darajada o`sish kuzatilmoqda. Turkmaniston hukumati va uning Prezidenti mustaqillikning dastlabki yilidan boshlab mamlakat qishloq xo’jaligini qayta qurishga kirishdi. Bunda bosh masala qilib mamlakatni qishloq xo’jalik xom ashyosi yetkazuvchi region emas, balki mahalliy aholi va mahalliy sanoatning ehtiyojini qondirish maqsadida qayta qurish kun tartibiga qo`yilgan edi. Jumladan mamlakatda don yetishtirish midorini aholi ehtiyojini rivojlantirish to`la qondirishga muvofiqlashtirish, mamlakatning valyuta fondini ta’minlab turadigan paxta tolasi ishlab chiqarish hajmini saqlab turish va aholining chorvachilik mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqib mahsuldor chorva mollari tuyoq sonini ko`paytirib borish ko`zda tutilgan edi. Mamlakat qishloq xo’jaligini isloh qilish natijasida Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab samarali natijalar qo’lga kiritildi. M., 1990-1995-yillarda mamlakatda toza don yetishtirish 449 ming t.dan 1109 ming t.ga, shu jumladan kuzgi bug`doy yetishtirish 130 ming t.dan 879 ming t.ga, sholi yetishtirish 42 ming t.dan 89 ming t.ga yetkazildi. Mahsulot chorva mollari tuyoq soni, ham shu yillar ichida tez o`sdi. M., qoramollar soni 144,7 foizga va shu jumladan sog`in sigirlar soni 171,3 foizga, qo’y va echkilar soni 119,9 foizga, yilqilar soni 136,8 foizga o’sdi. XULOSA Yer yuzida tashqi dunyodan uzilib qolgan davlatlar barmoq bilan sanarli. Ularning eng mashhuri, so‘zsiz, Shimoliy Koreyadir. Jahonning diqqat-e’tibori doimo shu davlatda bo‘ladi, hamma undan xavfsiraydi, uni yanada chuqurroq bilishga qiziqadi. Lekin shunday “yopiq” davlatlar ham borki, ular ko‘zdan panada, hattoki, ko‘pchilik ularning mavjudligidan ham bexabar. Bunday davlatlardan biri, yon qo‘shnimiz – Turkmanistondir. Turkmaniston haqida avtoritar rejim, g‘alati tabiatli diktatorlar, yopiq siyosat, abadiy betaraflik, qattiqqo‘l rahbarning oltin haykali, ulkan uglevodorod zahiralari kabi ma’lumotlardan ortiq narsani deyarli bilmaymiz. Bu davlatni o‘rganish ham ko‘pchilik uchun qiziq emas. Turkmaniston, hattoki, Markaziy Osiyoda ham aytarli ta‘sirga ega emas. Lekin oxirgi vaqtga kelib o‘ziga xos tendensiyani guvohi bo‘lmoqdamiz: Turkmaniston “ochilmoqda”. Turkmanlar, tarixan ham, Markaziy Osiyoda o‘z so‘zini siyosiy elitaga o‘tkaza oladigan kuchga ega bo‘lishmagan. Garchi, mustaqil turkman hukumati “buyuk tarix va ulug‘ millat” siyosati doirasida Kichik Osiyoda asoslangan qudratli Usmoniylarning ajdodlari hisoblanmish Saljuqiylar Imperiyasi, hattoki, Erondagi Safaviylar sulolasining asoschilari turkmanlar bo‘lganligini davlat darsliklarida targ‘ib qilsa-da, aslida, zamonaviy Turkmaniston hududi arablar, mo‘g‘ullar, keyinchalik, o‘zbek xonliklari va, nihoyat, Rus Podsholigi hamda Sobiq Ittifoq nazorati ostida bo‘lgan. Asosan, sahrodan iborat bo‘lgan Turkmaniston “Qizil Imperiya” davrida ham boshqa hududlarga nisbatan kamroq ahamiyatga ega bo‘lgan. Barcha Markaziy Osiyo davlatlari kabi iqtisodiyoti qishloq xo‘jaligiga qaram bo‘lgan Turkmanistonda ulkan miqdordagi uglevodorod zahiralari aniqlangandan so‘ng bunday davlatning mavjudligi ma’lum bo‘la boshladi. Turkmanistonning o‘ziga xos “mashhurligi” va siyosiy yo‘li, so‘zsiz, marhum prezident, Buyuk Turkmanboshi Saparmurod Niyozov bilan bog‘liq. 1985-yildayoq hukumat tepasiga kelgan Niyozov SSSR qulagandan so‘ng mamlakatda to‘liq nazoratni o‘z qo‘liga olib, cheksiz qudratga ega bo‘ldi. Mustaqil rahbar sifatidagi ilk yillaridanoq jamiyat ustidan kuchli davlat nazorati, o‘ta markazlashtirilgan siyosiy boshqaruv va yopiq siyosatni joriy qildi. Turkmanboshining bu amallari uning xarakteri bilan chambarchas bog‘liqdir. Ma’lumki, Turkmaniston Sobiq Ittifoq tarkibidan eng oxirgilardan bo‘lib – 1991-yil 27-oktyabrda o‘z mustaqilligini e’lon qilgan. Bu shuni ko‘rsatadiki, Niyozov SSSR davrida mustaqil siyosat yuritish ko‘nikmasini shakllantira olmagan va Imperiyaning qayta oyoqqa turish ehtimolidan xavotirlangani sababli voqealar rivoji qaysi o‘zanda ketishini kutishga majbur bo‘lgan. Ahamiyatlisi, 1990-yillarning boshida Markaziy Osiyo davlatlarining ichida faqat Turkmaniston geosiyosiy o‘yinlar, kuchli etnik ziddiyatlar, islomiy fundamentalizmning bosh ko‘tarishi kabi muammolar bilan yuzlashmadi. Bunga sabab asrlar davomida turkman milliy davlatchiligi asoslari shakllanmaganligi, milliy o‘zlikni anglash jarayoniga tashqi kuchlar to‘siq bo‘lganligi edi. Aynan turkman xalqining siyosiy ong jihatdan “bo‘shligi” Saparmurod Niyozov hokimiyati mavjudiyatining suyangan tog‘i bo‘ldi. Yangi mustaqil hukumat milliy o‘zlikni anglash va millat shakllanishi jarayonining bosh tashabbuskorigi aylandi, butun jarayonni qattiq nazorat ostiga oldi. Noshaffof saylovlar orqali qudratga kelgan, korrupsiyaga botgan siyosiy rejim uchun ongiy jihatdan boshqariluvchi, o‘ta sadoqatli olomon suv va havodek zarur edi. Albatta, dunyoda mavjud barcha avtoritar rejimlar yuqoridagi amallar orqali o‘zini saqlab qolishga urinadi. Turkmaniston bu yo‘lda yanada olg‘a qadam bosdi: 15 yil davomida Saparmurod Niyozov shaxsi oliy tangri darajasiga ko‘tarildi, shaxsga sig‘inish aql-bovar qilmaydigan darajaga yetdi. Lekin bu ham diktatura sharoitida yangilik emas – Shimoliy Koreyadagi Kimlar oilasi 60 yildan ziyod vaqtki, xalqning ibodat qiluvchi mehrobiga aylangan. Niyozov rejimi esa zamonaviy dunyo davlatchiligi tarixida umuman uchramagan siyosat – “Abadiy Betaraflik”, sodda til bilan aytganda, do‘stsiz-dushmansiz yo‘lni e‘lon qildi. Bu betaraflikni Shvetsariya yoki Avstriyaning tashqi siyosatidagi betaraflik bilan solishtirib bo‘lmaydi, albatta. Download 45.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling