Mavzu: Turlar paydo bo'lishi va uning yo'nalishlari
Download 0.62 Mb.
|
tur paydo bo‘lishi
Mavzu:Turlar paydo bo'lishi va uning yo'nalishlari. Tabiatda yangi turlarning hosil bo‘lish jarayoni mutatsiyalarga boy bo‘lgan populatsiyalarda boshlanadi. Olimlar tur paydo bo‘lishini uchta asosiy usulini farq qiladilar. Birinchi usulda turlar soni oshmagan holda bir tur o‘rnini ikkinchi yangi tur egallaydi. Ikkinchi usulda ikki xil turga oid organizmlar chatishishi natijasida uchinchi turning kelib chiqishi kuzatiladi. Uchinchi usul belgilarining ajralishi – divergensiya bilan bog‘liq Individlar bir tur doirasida har xil populatsiyalarga mansub bo‘lsa va erkin chatishib, nasl bersa, tur yaxlit va butun hisoblanadi. Yangi tur hosil bo‘lishi uchun esa populatsiyalar orasida alohidalanish yuzaga chiqishi kerak. Alohidalashgan populatsiyalarning belgi va xossalari orasidagi farqlar kuchayib boradi, yangi turlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.Turlarning paydo bo‘lishini tushuntirishda ikkita qiyinchilik uchraydi: ulardan biri tur paydo bo‘lishining uzoq muddatli ekanligi va tajribada o‘rganishning qiyinligi bo‘lsa, ikkinchisi – tur paydo bo‘lishining har xilorganizmlarda turlicha bo‘lishi bilan izohlanadi.Yashash sharoitining o‘zgarishi bilan tabiiytanlanish tufayli bir turga mansub populatsiyalaro‘rtasidagi farqlar tobora ortib boradi. Oqibatda bir tur doirasida bir-biridan belgi-xossalari bilan farq qiluvchi bir necha guruhlar hosil bo‘ladi. Yashash uchun kurash ko‘pgina hollarda oraliq formalarining sekin-asta kamayib, qirilib ketishiga, o‘zgargan muhitga moslashganlarining esa yashab Yangi turlar qolishiga sababchi bo‘ladi. Yangi turning paydo bo‘lishi ajdod turning yagona, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan genlar, xromosomalar majmuasini buzib, yangi genofondini vujudga keltirish orqali amalga oshadi. Tur paydo bo‘lishining tiplari ikki xil yo‘nalishda kechadi. 1. Allopatrik yoki geografik tur paydo bo‘lishi. 2. Simpatrik yoki ekologik tur paydo bo‘lishi. Tur paydo bo‘lishining birinchi turida geografik to‘siqlarning paydo bo‘lishi, ikkinchi turida reproduktiv to‘siqlarningpaydo bo‘lishi populatsiyalar o‘rtasida genlaralmashinuvining to‘xtashiga sabab bo‘ladi.Allopatrik yo‘nalish yoki geografik A – allopatrik tur paydo alohidalanish bilan tur paydo bo‘lishi. bo‘lishi; B – simpatrik tur Tur areali kengayganda yoki yirik geologik jarayonlar: qit’alarning surilishi, tog‘hosil bo‘lishi, suv to‘siqlari natijasida bir nechta alohidalashgan populatsiyalar paydo bo‘ladi. Populatsiyalardagi irsiy o‘zgarishlar, yashash uchun kurash vatabiiy tanlanish natijasida asta-sekin populatsiyalardagi gen tarkibida farq paydo bo‘la boshlaydi. Bu jarayon yangi tur hosil bo‘lishiga olib keladi. Qirg‘ovullarning xiva, yettisoy, murg‘ob, kavkaz, manjur, yapon kenja turlarixuddi shu yo‘l bilan kelib chiqqan. Galapagos orollaridagi tog‘ vyuroklariham har bir orolda o‘ziga xos ko‘rinishga ega ekanligi geografi k alohidalanishNatijasidir. Baykal ko‘lida molluskalar, qisqichbaqasimonlar,baliqlar, chuvalchanglarning boshqa joylarda uchramaydigan juda ko‘p turlari uchraydi. Chunki 20 mln yil ilgari Baykalko‘li boshqa suv havzalaridan tog‘larhosil bo‘lishi natijasida ajralib qolgan. Shuningdek, Sirdaryo, Amudaryodayashovchi soxta kurakburun baliq turi ham geografi k alohidalanish natijasi hisoblanadi. U qadimgi osyotrsimon baliqlarga kiradi. Unga yaqin bo‘lgan baliq turlari Shimoliy Amerikaning Missisipi daryosida yashaydi. G‘o‘za avlodi ham geografi k alohidalanish yo‘nalishidagi turning paydo bo‘li shiga yorqin misoldir. Bu avlodning turlari bo‘r davridan boshlab bir-biridanalohidalashgan va Amerika, Osiyo, Afrika, Avstraliyaga tarqalgan. Simpatrik yo‘nalishda tur paydo bo‘lishi ajdod tur areali doirasida alohidalanish sodir bo‘lishi bilan bog‘liq. Alohidalashgan populatsiyalar ajdod tur bilan bir arealda tarqalgan bo‘ladi. Odatda alohidalashgan individlar guruhi ajdod tur vakillaridan urchish muddati yoki yashash joyi, yoxud jinsiy jihatdan farq qilishi bilan ajralib turadi. Shundayusul da alohidalashgan populatsiyalardan keyinchalik mutatsion o‘zgaruvchanlik,tabiiy tan la nish tufayli yangi turlar paydobo‘ladi. Filippinda 10 ming yil oldin paydo bo‘lgan Lanao ko‘lida yagona bitta ajdod baliq turidan simpatrik yo‘nalish bilan18 ta baliq turi, yonsuzar qisqichbaqa turkumining bir ajdod turidan 250 ta yangi tur paydo bo‘lgani ma’lum Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling