Mavzu; Turli bozor ko’rinishlarida narxlarning shakllanishi kirish


Download 257.88 Kb.
bet14/20
Sana09.01.2022
Hajmi257.88 Kb.
#261398
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
Turli bozor ko’rinishlarida narxlarning shakllanishi

Iqtisodiy resurslar taklifi. Resurslarning jami taklifi muayyan bir davrda tamoman aniq bo’ladi. Masalan, ma’lum bir yilda ish kuchi «A» mln kishi, sug’oriladigan er «B» mln ga va hokazo. Respublikamizda qidirib topilgan gaz zaxiralari 2 trillion kubometr, ko’mir 2 mlrd tonna, 4,28 mln ga sug’oriladigan er maydoni mavjud. Albatta, resurslar miqdori keskin bo’lmasa-da, o’zgarishlarga uchraydi. Shubhasiz, ko’plab tabiiy resurslar cheklangan. Biroq, bu bilan ular qat’iy, o’zgarmas degan ma’no bermaydi. Yangi konlar qidirib topilib ishga solinadi. Respublikamizda 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga umumiy mineral xom ashyo potentsiali 3,3 trillion AQSh dollaridan ortiq baholanmoqda. Demak, ular ishga tushirilgach taklif ham o’zgaradi. Erning taklifini ham irrigatsiya, melioratsiya va boshqa tadbirlar bilan ko’paytirish mumkin. Mehnat resurslari ham cheklangan bo’lsa-da, qator omillar tufayli o’zgaradi. Mehnat taklifini aholining mehnatga layoqatli qismi cheklaydi. Ammo ish haqi, ish kuni, ish haftasi uzunligi, mehnat sharoiti va boshqalarga qarab mehnat taklifi ham o’zgaradi. Shunday qilib, resurslar taklifini ko’paytirish mumkin. Lekin ma’lum bir davr mobaynida mavjud imkoniyat darajasida resurslar doimo cheklangan. Resurslar taklifini ehtiyojlar o’sishiga ko’ra ko’paytirib bo’lmaydi.

Download 257.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling