Mavzu: Turli iqtisodiy sektorlarda ishlab chiqarish hisoblamalardan foydalanish. Reja


«Iqtisodiy statistikasining predmeti, usullari va asosiy vazifalari» mavzusi bo‘yicha o‘z-o‘zini nazorat qilish va muhokama uchun savollar


Download 25.42 Kb.
bet5/6
Sana30.04.2023
Hajmi25.42 Kb.
#1414950
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Turli iqtisodiy sektorlarda ishlab chiqarish hisoblamalardan foydalanish.

«Iqtisodiy statistikasining predmeti, usullari va asosiy vazifalari» mavzusi bo‘yicha o‘z-o‘zini nazorat qilish va muhokama uchun savollar.

1. Iqtisodiy statistika fanining predmeti.


2. Iqtisodiy statistika fanining ob’ektlari
3. Iqtisodiy statistika fanining usullari
4. Iqtisodiy statistikaning vazifalari
5. O‘zbekistonda statistik ishlarining tashkil etilishi
6. Iqtisodiy statistikaning boshqa iqtisodiy va ijtimoiy fanlar bilan
bog‘liqligi.
Statistik ma’lumotlar, ko‘pincha davlat va nodavlat sektorlariga guruhlanib ko‘rsatilsada, nodavlat sektori, shu jumladan deb nomlanib, xususiy mulk, jamoa mulki, qo‘shma korxonalar va chet el fuqarolari mulki va shu kabi guruhlarga ajratilib ko‘rsatiladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektalrning mulk shakli bo‘yicha bunday guruhlar bo‘lib faoliyat ko‘rsatkichlarining ifodalanishi mamlakat yalpi ichki mahsulotini yaratishda ularning o‘rnini, qanday o‘zgarayotganligini aniqlash imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi hududi 447,4 ming kv.km. bo‘lib, tabiiy, iqlim sharoiti, aholi joylanishi, iqtisodiy salohiyati har xildir. Shuning uchun ham makroiqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlarini statistik o‘rganishda iqtisodiy hududlar va ma’muriy bo‘linishlari bo‘yicha guruhlash lozim bo‘ladi. O‘zbekiston hududi tabiiy joylanishi va iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha 8 ta iqtisodiy rayonga bo‘linadi. Bular: Toshkent, Mirzacho‘l, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro-Qizilqum, Qashqadaryo, Surxandaryo va Quyi-Amudaryo iqtisodiy rayonlaridir. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy jihatdan 12 ta viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘linadi. Ular o‘z navbatida tumanlarga, shaharlarga bo‘linadi. Bunday hududalr bo‘yicha guruhlab o‘rganish, mamlakat iqtisodiyotida hududlarning to‘tgan o‘rni va rivojlanishini, hamda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, hududlararo iqtisodiy aloqalarni yanada yaxshilash imkonini beradi.
Mamlakatda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar juda ko‘p bo‘lib, ularni ishlab chiqarayotgan mahsulot turlari, bajarayotgan xizmatlarining bir xilligi, texnologik jarayonlarning o‘xshashliklari (ma’muriy-hududiy jihatdan qayerda faoliyat ko‘rsatishiga qaramasdan) bo‘yicha guruhlash mumkin. Misol uchun, non ishlab chiqarish texnologiyasi barcha hududlarga bir xil. Non ishlab chiqarish uchun un, yog‘ va shu kabi mahsulotlar ishlatilib, tez tayyor bo‘ladi va tez sotilib iste’mol qilinadi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bir turdagi ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha birlashtirilib xalq xo‘jaligi tarmoqlarini tashkil etadi.
Tarmoqlar bajaradigan ishlarining mohiyati, xususiyati va ijtimoiy mehnat taqsimotiga qarab guruhlanadi.
Xalq xo‘jaligi tarmoqlari ijtimoiy mehnat taqsimoti va mahsulot yaratishdagi qatnashishiga qarab 2 ta guruhga: moddiy ne’matlar ishlab chiqaradigan va moddiy ne’matlar ishlab chiqarmaydigan soha tarmoqlariga bo‘linadi.
Xalqaro miqiyosda xalqaro andozaviy tarmoqlar tasnifi qo‘llanadi. XATT – ishlab chiqarish jarayonlarining ketma-ketligi qoidasi bo‘yicha tuzilib, natural tabiiy resurslardan foydalanuvchi tarmoqlardan (qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, baliqchilik va shu kabilar) boshlanib, qazib oluvchi, qayta ishlovchi sanoat, qurilish, aloqa, transport, moliya va hokazo tarmoqlarga bo‘linadi.
Makrodarajada yagona tarmoq tasnifidan foydalanish firma, korxonalardan to yirik tarmoqlargacha, hamda mamlakat milliy iqtisodiyotigacha axborotlarni to‘plash, iqtisodiy ko‘rsatkichlarning holatini va o‘zgarishini nazorat qilish natijasida mamlakatni to‘g‘ri boshqarish va oqilona iqtisodiy siyosat yuritishga imkon beradi.
Iqtisodiy faoliyat xalqaro andozaviy tarmoqlar tasnifi BMT tomonidan qabul qilingan bo‘lib, nafaqat alohida olingan mamlakat, balki dunyo miqyosida mamlakatlararo iqtisodiy va sotsial rivojlanish ko‘rsatkichlarni taqqoslash va xalqaro mehnat taqsimotini yanada yaxshilash imkonini yaratadi.
Ma’lumki xalq xo‘jaligi balans tizimi uchun asos qilib, moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar olingan. Shuning uchun ham xizmat ko‘rsatuvchi, sog‘liqni saqlash, fan va boshqa tarmoqlar mehnati va ko‘rsatkichlari XXBda to‘liq o‘z aksini topmagan.
Bozor munosabatlari sharoitida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarga katta ahamiyat berilib, yuqori sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Mamlakatda xalqaro miqiyosda qo‘llanadigan milliy hisoblar tizimi joriy qilindi. Milliy hisoblar tizimida (MHT) moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, taqsimlash va iste’mol qilishda qatnashuvchilar bajaradigan iqtisodiy vazifasiga qarab guruhlarga ajratilgan.
MHTda iqtisodiy faoliyat olib borish huquqiga ega sub’ekt institutsion birlik deb ataladi. Institutsion birlik o‘z mol-mulkiga ega bo‘lib, ularni o‘z ixtiyori bilan foydalana oladigan, mustaqil faoliyat yuritib, daromad oluvchi hamda barcha moliyaviy majburiyatlarini bajaruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektdir. Ularning banklarda hisob raqamlari bo‘lib, hisob-kitob ishlarini to‘liq o‘zlari yuritadi.
Iqtisodiy ko‘rsatkichlar – iqtisodiy munosabatalarda bo‘layotgan voqeahodisalarni ifodalaydi. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar muhim ahamiyatga ega, chunki ular moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, ularni taqsimlash va iste’mol bilan bog‘liqdir. Bunday iqtisodiy ko‘rsatkichlar nafaqat ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonlarini, bilki ular bilan bog‘liq aholi soni,ish bilan bandlik, aholi daromadlari,harajatlar va 16 boshqa madaniy-ma’rifiy sohada bo‘ladigan voqea-hodisalar bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Har qanday iqtisodiy ko‘rsatkichlarda voqea –hodisaning nomi (tavsifi), makon (qayerda sodir bo‘lganligi) va zamon (qachon sodir bo‘lganligi) jihatlarini bildiruvchi hamda miqdoriy tavsifini bildiruvchi raqamlar (sonlar) bo‘ladi.



Download 25.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling