Mavzu: Turli iqtisodiy sektorlarda ishlab chiqarish hisoblamalardan foydalanish. Reja


Iqtisodiy statistikaning usullari


Download 25.42 Kb.
bet2/6
Sana30.04.2023
Hajmi25.42 Kb.
#1414950
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Turli iqtisodiy sektorlarda ishlab chiqarish hisoblamalardan foydalanish.

Iqtisodiy statistikaning usullari

Har qanday fan o‘zining predmetini turli xil o‘ziga xos usullardan foydalanish o‘rganadi. Shuning uchun ham fanning uslubi qanday? Qanday qilib? degan savollarga javob beradi. Ximiya Fani o‘z ob’ektining ximik tarkibini tahlil qilib, astronomiya – falokiyotni teleskop yordamida va hоkаzolar (eksperiment, sinov o‘tkazish) bilan o‘rganiladi. Lekin barcha fanlar uchun umumiy uslub, falsafaning dialektikasi hisoblanadi. Unga asosan barcha iqtisodiy-ijtimoiy hodisalar harakatda, bir-biri bilan bog‘liq holda o‘zgarishda, rivojlanishda deb qaraladi.
Makro-mikroiqtisodiy statistika fanining o‘ziga xos usullari statistika nazariyasida asoslab berilgan, hodisa voqealarni kuzatish, undan olingan ma’lumotlarni jamlash va maqsad asosida guruhlash, tegishli ko‘rsatkichlarni hisoblash va tahlil qilishdir. Statistikaning bu bosqichlari bir-biri bilan juda bog‘liq. Statistik kuzatishdan olingan ma’lumotlar voqea, hodisalarni to‘g‘ri va to‘liq ifodalashi lozim. Agarda kuzatishdan olingan ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lmasa iqtisodiy ko‘rsatkichlar holati va o‘zgarishi to‘g‘risida noto‘g‘ri xulosalar chiqarilishi mumkin, agarda kuzatishdan olingan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa ham, bunday ma’lumotlardan chiqarilgan xulosalar to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin. Ma’lumki statistik kuzatish 2-shaklda: 1. muntazam ravishda va belgilangan muddatlarda to‘ldirib, topshiriladigan hisobotlar, 2 – mahsus tashkil etiladigan kuzatish olib boriladi. Statistik hisobotlar xalq xo‘jaligi tarmoq xususiyatlarini hamda o‘rganilayotgan hodisa mohiyatga qarab mahsus ko‘rsatkichlar kiritilgan jadvallardir. Bu hisobotlarni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish faoliyatlari davrida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan qanday foydalanganliklari to‘g‘risida tegishli ko‘rsatkichlarni to‘ldirib ma’lumot beradi. Bu ma’lumotlarning to‘g‘riligi tegishli hujjatlar bilan asoslanadi va korxona rahbarlari javobgarligida amalga oshiriladi.




    1. Download 25.42 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling