Mavzu: Turli iqtisodiy sektorlarda ishlab chiqarish hisoblamalardan foydalanish. Reja


Iqtisodiy statistikaning asosiy vazifalari


Download 25.42 Kb.
bet4/6
Sana30.04.2023
Hajmi25.42 Kb.
#1414950
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Turli iqtisodiy sektorlarda ishlab chiqarish hisoblamalardan foydalanish.

Iqtisodiy statistikaning asosiy vazifalari

Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o‘tishi, iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish makro-mikroiqtisodiy statistikaga ma’suliyatli vazifalar yuklaydi. Bu vazifalarning asosiylari qo‘yidagilardir:
• statistika sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro talablar va andozalarga mos keladigan statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta’minlash;
• ilmiy asoslangan, bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillariga javob beradigan, milliy hisobotlar tizimini ta’minlaydigan statistika metodolgiyasi va ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish;
• milliy iqtisodiyot tarmoqlaridagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisobotlarini bozor munosabatlariga moslashtirish, hisobot ko‘rsatkichlarining tezkorligini, ma’lumotlarning ishonchligi va holisligini ta’minlash.
• iqtisodiy reusrlar. ularning tarkibi va dinamikasi, tarmoqlar va sohalar bo‘yicha taqsimlanishi, ulardan samarali foydalanish natijalarini aniqlash;
• iqtisodiy tarmoqlar va sohalari o‘rtasidagi munosabatlarni, tarmoq mahsulotlari hajmi, tarkibi, iqtisodiy rivojlanish sur’atlari iste’mol va jamg‘arish, hamda iqtisodiy faoliyat yakunlarini aniqlash;
• mamlakat aholisi soni, tarkibi. aholi migratsiyasi mehnat resurslari, ish bilan bandlik, sog‘lom avlodni tarbiyalash kabi demografik ko‘rsatkichlarni o‘rganish;
mamlakat milliy boyligi, uning tarkibi, asosiy va aylanma mablag‘lar miqdori va ulardan samarali foydalanishi ko‘rsatkichlarini o‘rganish;
• davlat byudjeti, daromadlari va harajatlari ko‘rsatkichlarini o‘rganish, byudjet daromadlarining bajarilishi va harajatlarining to‘g‘ri va belgilangan me’yorlarda ishlatishini o‘rganish;
• pul muomalasi, moliyaviy kredit operatsiyalari, qimmatbaho qog‘ozlar va fond bozori, sug‘urta jarayonlarini o‘rganish va shu kabilardir. Umuman olganda barcha ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning miqdorini, takibini va dinamikasini kuzatib, bo‘limlar, firmalar, korxonalar ya’ni barcha faoliyat yurituvchi sub’ektlar bo‘yicha, hamda tuman, shahar va viloyatlar, mamlakat miqyosida iqtisodiy ko‘rsatkichlarning rivojlanishini ifodalovchi ma’lumotlarni to‘plash, tezkor qayta ishlash guruhlash va tegishli boshqaruv organlar«Iqtisodiy statistikaning predmeti, usullari va asosiy vazifalari» mavzusi bo‘yicha tayanch iboralar Makroiqtisodiy statistika, mikroiqtisodiy statistika, makro-mikroiqtisodiy statistika predmeti va ob’ektlari, ommaviy hodisa va jarayonlar, statistika usullari, miqdor va sifat, statistika organlari, milliy hisobotlar tizimi.

Download 25.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling