Mavzu: turli joylarda o’suvchi o’simliklarning morfologik farqlari reja


Download 19.13 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi19.13 Kb.
#224839
  1   2   3
Bog'liq
GWpX3zCCg4p6-MvDnWR-L9IOGVI vBSO (3)



MAVZU: TURLI JOYLARDA O’SUVCHI O’SIMLIKLARNING MORFOLOGIK FARQLARI

Reja:

  1. Suvda o’suvchi o’simliklarni morfologik tuzilishi.

  2. Quruqlikda o’suvchi o’simliklarni morfologik tuzilishi.


Ishning maqsadi: Suvda va quruqlikda o’suvchi o’simliklarning morfologik tuzilishini o’rganish va ular orasidagi farqni aniqlash.

Kerakli material va jihozlar: Turli hamjamoalarni aks ettiruvchi jadvallar, har bir hamjamoaga xos bo’lgan o’simlik gerbariylari, o’simlik namunalari, lupa, daftar, qalam, chizg’ich.

Nazariy material: Barcha organizmlarning yer yuzida tarqalishida namlik omili muhim ahamiyatga egadir. Namlikning etishmasligi quruqlikdagi hayotning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Kserofil o’simlik va hayvonlar qurg’oqchil muhitdagi ekologik guruhni tashkil etadi. O’rtacha namlik sharoitida mezofil, ortiqcha namlikda esa gidrofil organizmlar yashaydi.

Barcha o’simliklar suv bilan ta’minlanishi yoki namlik sharoitiga moslanishiga ko’ra 5 ta ekologik guruhga ajratiladi: gidatofitlar, gidrofitlar, gigrofitlar, mezofitlar, kserofitlar.

Gidatofitlar – hayoti doimo suvda o’tuvchi bu guruhga asosan suvo’tlari kiradi.

Gidrofitlar esa tanasining bir qismi suvdan tashqarida, qolgan qismi suv qatlamida joylashgan o’simliklardir. Bu guruhga suv nilufarlari, g’ichchak, nayzabarg, suv ayiqtovoni, o’qbarglar kiradi. Ular yashash sharoitiga ko’ra suzib yuruvchi yuzasining katta bo’lishi, vegetativ organlarining shilimshiq parda bilan qoplanishi, mexanik to’qimaning kuchsiz rivojlanganligi, xujayralarning havo bo’shliqlariga ega bo’lishi, ildiz tizimining kuchsiz taraqqiy etganligi kabi qator moslanishlarga ega bo’ladi.

Mezofitlarga ko’pchilik madaniy va yovvoyi o’simliklar kiradi. Mezofit o’simliklarning ildiz tizimi odatda yaxshi rivojlangan, barglari ko’pincha yirik, yassi, yumshoq, etsiz, to’qimalari o’rtacha rivojlangan bo’ladi, barglari ko’pincha tuksiz bo’ladi.

Kserofitlarga dasht, cho’l va chala cho’l zonalarida keng tarqalgan. Ular o’z navbatida ikki guruhga bo’linadi: sklerofitlar va sukkulentlar. Sklerofitlar qurg’oqchilikka chidamli, ko’p yillik, dag’al, ko’pincha barglari reduktsiyalashgan va tikanlarga aylangan, qalin kutikula qavatiga ega va yaxshi rivojlangan mexanik to’qimaga bo’ladi. Ularga saksovul, yantoq, chalov, shuvoq, betaga va boshqalar kiradi. O’rta Osiyoning qumli cho’llarida o’suvchi turlar o’z tanasidagi umumiy suv miqdorini 50% gacha kamaytirishi mumkin. Ildiz tizimi xilma-xil (yantoqda 30 metrgacha bo’ladi), poyalari yog’ochlashgan. Ba’zi turlar yozgi tinim davrini o’tkazgan holda noqulay sharoitga moslashagn. Sukkulentlar – tanasi sersuv, etli, ko’p yillik o’simliklardir. Ular bargi va poyasida suv jamg’arishi mumkin. Masalan: kaktus 1-3 tonnagacha suv saqlashi mumkin. Moslanish belgilari: barg va poyalari odatda tuksiz, kutikula va mum qavatlari qalin, ildiz tizimi tuproqning yuzasida joylashgan.

Download 19.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling