Mavzu: Turli materiallardan kiyimni konstruksiyalash usullari Reja


Download 93.5 Kb.
bet1/4
Sana15.06.2023
Hajmi93.5 Kb.
#1483868
  1   2   3   4
Bog'liq
Turli materiallardan kiyimni konstruksiyalash usullari


Mavzu: Turli materiallardan kiyimni konstruksiyalash usullari


Reja:


  1. Muynali materiallardan kiyimni konstruksiyalash xususiyatlari

  2. Tabiiy muynadan kiyimni konstruksiyalash xususiyatlari

  3. Sun`iy muynadan, teri va plyonkali materiallardan kiyimni konstruksiyalash xususiyatlari

  4. Muynali va issiqlik qatlamli kiyimlarda tukislik uchun qo`shimcha haqlar miqdori

Muyna sanoati muynali kiyimlarning keng assortimentini ishlab chiqarmoqda:
Muynali ustki kiyimlar, bosh kiyimlari, galanteriya va hakozo;
Muyna kiyimlarining optimal konstruktiv yechimi muynaning fizikaviy-mexanik xossalariga bog`liq.
Mo`yna xossalari xilma-xil bo`lib, ular hayvonlarning biologik xususiyatlariga bog`liqdir.
Mo`ynali kiyimlarni konstruksiyalashda mo`yna tukining balandligi, topografiyasini terining shakli va razmeri, terining qalindligi va yumshoqligini e`tiborga olish kerak.
Ayollar mo`yna paltolari silueti va bichimi juda xilma-xildir.
To`kislik uchun beriladigan qo`shimcha haqlar miqdorini aniqlashda moda tavsiyalari bilan bir qatorda mo`yna tukining balandligi ham hisobga olinadi: tuk balandligi qancha katta bo`lsa, to`kislik uchun qo`shimcha haq, shuncha kichik bo`lishi kerak, chunki baland tukli mo`yna kiyim hajmini sezilarli yiriklashtiradi. Mo`yna tuki balandligini hisobga olgan holda, to`kislik uchun qo`shimcha haq miqdori ayollar kiyimi uchun: 5-12 sm., bolalar kiyimi uchun esa 12-15 sm. chegarasida bo`lishi mumkin.
Bir dona ayollar paltosiga teri turiga qarab 5 donadan to 200 donagacha teri sarflanadi.
Terilar uzunlik, kenglik va yuza ko`rsatkichlari bilan o`lchanadilar.
Muyna kiyimlarni yuqori issiqlikni ta`minlovchi ko`rsatkichlarga qaramasdan, shimol tumanlarda issiqlik qatlamlari ham qo`shiladi.
Issiqlik qatlamining mo`yna qalinligi mo`yna turiga qarab qo`yidagicha bo`lishi kerak:
I guruh uchun - 0...1 mm
II guruhuchun - 1...3 mm
III guruh uchun - 3...5 mm
IV guruh uchun - 5...7 mm
V guruh uchun - 7...9 mm
Ko`krak chizig`I bo`yicha qo`shimcha haqlari miqdorini qo`yidagicha taqsimlaydilar:
45-55 % - yeng o`miziga,
25-35 % - ort bo`lakka,
20 % - old bo`lakka,
Mo`ynali kiyimlarni chiqarishda namlab-isitib ishlov (NII) berish jarayonlari ishlatilmaydi, shuning uchun ularga hajmiy shakl faqat konstruktiv usullar bilan hosil qilinadi, kiyim detallari soni ham mumkin qadar kamaytiriladi.
Sun`iy mo`ynadan, teridan va plyonkali materiallardan kiyim loyihalashda birinchi navbatda ularni namlab-isitib ishlov berish operasiyalariga umuman dosh bermasligini hisobga olish lozim.
Bu materiallardan kiyimni loyihalashda moda yo`nalishi e`tiborga olinadi albatta, lekin birinchi o`rinda ekspluatatsion talablar va badiiy ko`rkamlik suriladi. Turli xil bezaklar qo`llanilishiga va furnituraga katta ahamiyat beriladi.
Bu materiallardan tayyorlangan kiyimlarga hajmiy shaklni faqatgina konstruktiv usullar bilan ta`minlaydilar, choklar va vitochkalar shular jumlasidandir. Yenglar bichimi turli bo`lishi mumkin: raglan, o`tqazma, yaxlit bichilgan.
Qo`shimcha haq - Пг ning qiymati teri va plyonkali materiallardan tayyorlangan kiyimlar uchun ularning cho`ziluvchanligi sababli gazlamadan tayyorlangan kiyimlarga qaraganda ancha katta: Пг = 12 - 14 sm ni tashkil etadi.
Teri va plyonkali materiallardan kiyimni konstruksiyalashda ularni xossalarini, ya`ni igna teshishiga sezgirligi, havo va bug`ni yomon o`tkazuvchanligini hisobga olish lozim. Bu materiallardan Bu materiallardan tayyorlangan kiyimni gigiyenik xossalarini yaxshilash uchun koketkalar ostida va qo`ltiq tagida ventilyasion blokchalar ko`zda tutish lozim.
Ishlab chiqarish texnologiyasiga qarb trikotaj kiyimlar regulyar, yarim regulyar va bichilgan bol`ishi mumkin [23,24].
Regulyar kiyimlar (tanlangan razmer va shakliga qarab) to`quv mashinalarида toladan butun to`qilib chiqariladi.
Yarim regulyar kiyimlar xaltasimon trikotaj matolardan, yon choklarisiz, yoqa va yengo`mizlarini bichish yo`li bilan tayyorlanadilar.
Trikotaj kiyimlarning 60% dan ko`prog`i bichilgan kiyimlardir. Trikotaj kiyimlarni modellashtirishda va konstruksiyalashda ularning zarur xususiyatlaridan biri bo`lmish - suvga kirishishini, cho`ziluvchanligi darajasini e`tiborga olish shart.
Moskva trikotaj ilmiy tekshirish instituti MTITI (ВНИИТП) tomonidan ishlab chiqarilgan klassifikasiya bo`yicha cho`ziluvchanlik darajasiga qarab trikotaj matolar 3 guruhga bo`lingan; I-kam, П-o`rta, III-katta cho`ziluvchanlik darajali матоlar. Trikotaj kiyimlarni konstruksiyalashda bu ma`lumotlar asos tariqasida olinadi.
Ko`krak chizig`I bo`yicha qo`shimcha haq - Пг miqdorini tanlashda trikotaj matolarning deshaklision xossalari e`tiborga olinadi. Trikotaj kiyimlarining oddiy kiyimlardan farqi shundaki, Пг miqdori ularda gazlamadan tayyorlangan kiyimlarga qaraganda ancha kichik.
Sanoatda ko`krak chizig`I bo`yicha qo`shimcha haq - Пг qiymati djemperlar uchun - 1 - 4 sm, jaketlar uchun - 2 - 4 sm, kurtkalar uchun -4-6 sm, ichki kiyimlar uchun esa Пг = 0.
Yenglarni konstruksiyalash usullarida to`rt xil dastlabki ma`lumotlar qo`llanadi. Tayyor kiyimning o`lchamlar qiymatti modelga qarab yoki normativ xujjatlarning talablariga asoslanib tanlanadilar. To`kislik uchun qo`shimcha xaklar qiymati kiyimning badiiy pardozlashidagi moda yunalishiga muvofik kabo` kilinadilar. Dastlabki ma`lumotlarga kiyimning yengiga mos bo`lgan o`mizning o`lchamlari kiradi (jadval 8.1).
MTILP da ishlab chikarilgan yengning tashki kurinishi shablonini o`miz chizmasida kurishning universal usuli turli xil siluet asosli yenglarni (erkaklar, ayollar va bolalar kiyimi) qurish uchun tasiya qilish mumkin. Yengning aniq konstruksiyasini qurishda qo`lning vertikal yunalishiga nisbatan joylanishi, qo`lning old konturining shakli e`tiborga olinadi, bundan tashqari yeng boshi o`lchamlari xamda tuzilishini o`miz o`lchamlari va tuzilishi bilan chambarchas bog`lanadi. Bu shartlarga rioya qlmaslik kiyimni konstruksiyalash amaliyotida ko`pchilik qyinchiliklar va xatolarga olib keladi.
Yengning chizmasini qurishda qo`yidagi dastlabki ma`lumotlarni aniqlash shart: yengning tirsakkacha uzunligi, yeng o`mizi chizig`i bo`ylab yengning kengligi, yeng uchining kengligi va yeng boshining chimlar normasi. Yeng chizmasini chizishdan oldin kiyimning yeng o`mizining nusxasini oladilar. Old va orqa detallarning ko`krak chizig`i bir gorizontalda yotishiga e`tibor berish kerak. O`mizning yo`qori yoylari P1 va P2 belgilardan boshlab aniqlansa va pastki qismlarining nusxasini olish bilan chegaralansa kifoya.
Yengning o`miz chizmasida konstruksiyalashning xususiyatlari yeng boshi chizig`ini qirish yengning vertikal o`qini chrtga burishdan iborat.
MTILPda o`tkazilgan izlanishlar shuni ko`rsatadilarki, yeng boshi balandligini egiladigan lineykali yon tomoniga yotqizib, yeng o`mizini bog`lash jarayonini modellashtirish usuli bilan aniqlash mumkin.
Yeng boshi balandligi P1,P2 belgilardan boshlab, o`mizning yo`qori qismlarining yoylar summasiga teng bo`lgan lineykaning eng yo`qori egilgan nuqtasiga qarab aniqlanadi. Yoyning eng yuqori nuqtasi belgilab qo`yiladi.
Yengning old perekati O1 G1 vertikal chiziqga nisbatan o`mizning old qismiga nisbatan Ml M11 bo`ak qiymattiga teng bo`lgan masofaga siljitiladi: Ml M10 = Ppos= Sd* Npos; Ml Ml1 = 0,5 Ml M10,bu erda Ppos - yeng boshining yo`qori qismidagi chimlarga qo`shimcha haq;
Sd - old va orqa belgilardan boshlanadigan o`mizning yo`qori yoylarining uzunligi summasi;
Npos - 1 sm o`mizga to`g`ri keladigan chimlar normasi,
Нпос = 0,05 -0,15 см.
Orqa o`mizdagi P2 belgisining joylanishi xisobdan aniqlanadi.

Download 93.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling