Mavzu: turli yosh davrlarida zlashtirish xususiyatlari


Download 52.92 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi52.92 Kb.
#1563361
  1   2
Bog'liq
fizika 12-maruza


12- MAVZU: TURLI YOSH DAVRLARIDA ZLASHTIRISH XUSUSIYATLARI
Reja:

  1. Bolalik va erta davr.

  2. Maktabgacha davr.

  3. Kichik maktab davrida o`qitish.

  4. O`smirlik davrining o`ziga xos hususiyatlari

  5. O`spirinlik davrlarida o`qitish va o`zlashtirish.

  6. O`RTMT: Har bir yosh davrning o`ziga hos ususiyatlari

Tayanch so’z va iboralar Bolalik va erta davr,maktabgacha davr, kichik maktab davrida o`qitish,o’`smirlik va o`spirinlik davrlarida o`qitish va o`zlashtirish.

Yosh rivojlanishini davrlarga bo‘lish . Bolaning rivojlanishi murakkab dialektik jarayondir. U taraqqiyotning turli yosh davrlarida o‘zining sifat xususiyatlariga ega bo‘ladi. Psixologiyada bir necha yosh davrlari farqlanadi:


D.B. Elkonin bo‘yicha yoshni quyidagi davrlarga bo‘lish mumkin:
1Go‘daklik davri – tug‘ilgandan 1 yoshgacha.

  1. Ilk bolalik davri – 1-3 yosh.

  2. Maktabgacha yosh davri – 3-7 yosh.

  3. 3a. Kichik va o‘rta maktabgacha yosh davri – 3 dan 4-5 yoshgacha.

  4. 3b. Katta maktabgacha yosh davri 4-5 dan 6-7 yoshgacha.

  5. Kichik maktab yoshi 7 – yoshdan 11yoshgacha.

  6. O‘smirlik yosh davri 11-15 yosh.

  7. Ilk o‘spirinlik davri 16-18 yosh.

D.B. Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat nazariyasiga, har qaysi rivojlanish pallasida faoliyatning biror turi ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli nazariyaning negizini tashkil qiladi.
D.B. Elkonin bo‘yicha yoshni davrlashtirish
Bola hayotining birinchi kunlaridan boshlab individual hayot kechirish jarayonida tashqi muhit bilan aloqa vujudga keladi. Bola hayotining ikkinchi oyida unda barcha sezgi organlariga xos shartli reflekslar hosil bo‘ladi. Lekin tadqiqotchilarning ko‘rsatishicha, bola hayotining bu davridagi refleks­lar zaif ifodalangan va beqaror bo‘ladi.
Bolaning o‘sishi va rivojlanishi jarayonida egallayotgan reaksiyalari barqaror bo‘la boradi, tez paydo bo‘la boradi va anchagina differensiyalashadi.
Modomiki, bolada shartli reflekslar hayotining birinchi oylarida paydo bo‘lar ekan, bola tarbiyasini ham hayotining bi­rinchi oylaridan boshlab to‘g‘ri tashkil etish lozim. Bu esa bolaning rivojlanishi va xulq-atvorida salbiy xususiyatlar kelib chiqmasligining oldini oladi, bola taraqqiyotining normal bo‘lishini ta’minlaydi. Markaziy nerv tizimining ruhiy bo‘limlari rolining ortib borishini asosiy nerv jarayonlari — qo‘zg‘alish va tormozlanishning ifodalanishida aniqroq ko‘rish mumkin bo‘ladi. Odatda tormozlanish ikki turda: ichki va tashqi turga ajratiladi. Ichki tormozlanishning eng yorqin ifodasi uyqudir. Tormozlanishning tashqi ifodasi bolani tarbiyalash tufayligina hosil bo‘ladi. Buning uchun asosiy ozuqa (masalan, sut) bilan birga, bolaga yana boshqa qo‘shimcha (doimo sut ichiriladigan shishachani almashtirib qo‘yish) ham ta’sir etadi. Chaqaloq tug‘ilgandan boshlab uning atrofidagilari har tomonlama qo‘llab- quvvatlaydilar. Ular bola organizmini jismoniy parvarish bilan ta’minlaydilar, o‘rgatadilar, tarbiyalaydilar, insoniy psixologik va axloqiy jihatlarni o‘zlashtirishga, jamiyatda yashash sharoitlariga moslashuviga yordam beradilar. Bolani ota-onalar va kattalar tomonidan qo‘llab quvatlash, tug‘ilishidan boshlab, toki bola katta bo‘lib, mustaqil hayot tarzini kechira olguncha davom etadi.
Chaqaloq tug‘ilgandayoq amalda qo‘llashga tayyor bo‘lgan sensor va harakat malaka instinktlariga ega bo‘ladi, bu uning olamga moslashib olib o‘z rivojlanishida tezgina o‘sib ketishga yordam beradi. Chaqaloqda tug‘ilganidan boshlab, masalan, ko‘pgina murakkkab harakatlar, asosan organizmni yetilish jarayonida genetik berilgan dastur asosida, shuningdek, reflektor, ya’ni bu harakatlar dasturi kaliti sifatida kodlangan o‘ziga xos ichki va tashqi rag‘batlar ta’sirida hayotining birinchi soatlaridan keyin maxsus tayyorgarliksiz, darhol yuzaga keladi. Go‘daklik davri inson hayotidagi organik ehtiyojlarni (kislorodga, ovqatga, issiq yoki sovuqqa) qondirishga nisbatan yo‘naltirilgan xatti-harakatlarning tug‘ma, instinktiv shakllari sof holda kuzatiladigan yagona davr hisoblanadi. Insonga xos bo‘lgan xatti-harakatlarni va yangi tajribalarni egallash uchun beqiyos imkoniyatlarning borligi go‘dak yoshidagi bolalarning asosiy xususiyatlaridandir. Organik ehtiyojlarning yetarli darajada qondirib borilishi, to‘g‘ri tashkil etilgan kun tartibi, rejim va to‘g‘ri tarbiya natijasida bola psixik rivojlanishi uchun asos bo‘ladigan taassurotlarga ega bo‘lishiga, harakatga, muloqotga, nisbatan yangi turdagi ehtiyojlar turkumi yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bola tug‘ilishining birinchi haftasidanoq, uning ko‘rish va eshitish sezgilari jadal sur’atda rivojlanadi.
Hayotining birinchi oylarida, bola bezovtalangan paytlarda, qo‘l va oyoqlarning harakati juda betartib, bir-biriga moslashmagan, beixtiyor holda bo‘ladi. Keyin harakatlar asta-sekin «ongli»lashib boradi va bu harakatlar yangi sezgilarning manbai bo‘lib xizmat qiladi, bu murakkabroq harakatlarga o‘tishni tayyorlaydi. 3-3,5 oylik bola, unda hali aniq koordinatsiyalashgan harakat bo‘lmasa ham, qo‘llarini o‘yinchoqlarga uzatadi. Aniq koordinatsiyalashgan harakat 4 oyli bolada yaxshi ko‘rinadi. Bola o‘yinchoqni bemalol qo‘liga ololadi. Uni tutib olib, u-bu yog‘iga qaraydi, og‘ziga tegizib ko‘radi va shu yo‘l bilan ko‘plab har xil taassurotlar oladi. Ikki oylik bola, qorni bilan yotqizib qo‘yilsa, boshini ko‘tara boshlaydi. Uch oylikda esa yotgan holda tirsagiga tiranib turadi va bemalol u yoq-bu yoqqa qaray oladi. Shu bilan birga, qo‘ltig‘idan tutib turilsa, oyog‘ida turadi. 8-8,5 oyligida boshqalarning yordamisiz o‘tira oladi, emaklaydi va biror narsaga suyanib oyog‘ida tura oladi. 12-13 oyligida o‘tirib, tura oladi, birovning yordamisiz qadam qo‘ya oladi, demak, bola yura boshlaydi. Bolaning vaqtida yurib ketmasligiga salomatligiiing nochorligi, chaqaloqligida ko‘p kasal bo‘lganligi va umu­miy harakat hamda sezgi organlarining kech rivojlanishi sabab bo‘ladi.
Bolaning harakatlari rivojlanishi hayotini birinchi yilida judayam tez maromda kechadi, o‘n ikki oy ichida erishilgan taraqqiyot hayratlanarli.
Ontogenezda 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha yoshi davri yoki maktabgacha yosh davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga olgan holda 3 davrga: (3-4 yosh) kichik maktabgacha davr, (kichik bog‘cha yoshi), (4-5 yosh) o‘rta maktabgacha davr, (o‘rta bog‘cha yoshi) , (6-7 yosh) katta maktabgacha davr (katta bog‘cha yoshi)ga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida kishilik avlodi tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar olami bilan munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o‘zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog‘i kerak. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Mashhur rus pedagogi Lesgaftning fikricha, insonning bog‘cha yoshidagi davr shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda xarakter xislatlarining namunalari shakllanib, axloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi. Bog‘cha yoshdagi bolalarning ko‘zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri, ularning harakatchanligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz faoliyat ko‘rsatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va surunkaliligidan toliqadi. Kattalar va tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabat orqali bola axloq me’yorlari, kishilarni anglashi, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bog‘cha yoshidagi bola endi o‘z gavdasini yaxshi boshqara oladi. Uning harakati muvofiqlashtirilgan holda bo‘ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi, u yangiliklarni egallashga nisbatan o‘z bilganlarini mustahkamlashga ehtiyoj sezadi, o‘zi bilgan ertagini qayta-qayta eshitish va bundan zerikmaslik, shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. 3-7 yoshli davrida bolalarning asosiy faoliyati quyidagi ketma-ketlikda kechadi:

Download 52.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling