Mavzu: Turli zamonaviy kiyimlar konstruktiv tuzilishi va tashqi shakli xaraktеristikasi Kiyim asosiy siluet va bichimlari. Kiyim yuzasining tipaviy bo’laklanishi. Kiyim bichimi. Kiyim konstruktsiyasini aniqlovchi asosiy bеlgilar


Download 5.39 Mb.
bet2/4
Sana30.10.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1734746
1   2   3   4
Bog'liq
Isayeva-D.X

Konstruktiv chiziqlar - buyum ichidagi choklar: bo'rttirmalar, vitachkalar, burmalar, taxlamalar, o`mizni yeng bilan ulaydigan chiziqlar va boshqalar. Konstruktiv chiziqlar kiyimning yaxshi moslashishini, uning joylashish darajasini, kerakli harakat erkinligini ta'minlaydi. Konstruktiv chiziqlar ham modadan ta'sirlangan bo`ladi. Bir mavsumda yelkadan tushgan tekis rel’eflar, ikkinchisida yeng o`mizidan tushgan, uchinchisida esa – bo`yin o`mizidan tushgan va h.k. bo`lishi mumkin .
Konstruktiv chiziqlar konstruksiyalash usullari orqali qomatga mos hajmiy shaklini hosil qilish uchun kiyim sirtini ayrim detallarga bо‘ladi. Asosiy konstruktiv chiziqlarni yelka, yon, yoqa, etak va yeng о‘mizlari hamda yeng chiziqlari tashkil etadi.
Dekorativ chiziqlar - bu mahsulotni dekorativ bezatish. Kiyimlar bu chiziqlarsiz bo'lishi mumkin, chunki ular funktsional jihatdan ahamiyatsiz. Lekin dekorativ chiziqlar narsalarga chiroylilik, nafislik va o'ziga xos "ko`rk" beradi. Bularga kokil’ye, volan, qiziqarli bichiqdagi yoqalar, har xil bichiq detallari kiradi. Mato bezaklari, kupon ham kiyimning bezak elementidir. Dekorativ chiziqlarga yoqa, bort va bort qaytarmasining kontur chiziqlari hamda turli bezatuvchi detallarning chiziqlari kiradi.
Siluet chiziqlari kiyimning proporsiyalari, hajmiy shakli va uning tashqi kontur chiziqlari bilan aniqlanadi. Siluet chiziqlari qatoriga yelka, bel, etak hamda kiyimning old va yon tashqi qiyofasini idrok qilishga yordam beradigan chiziqlar kiradi.
Kiyim quyidagi siluet kо‘rinishiga ega (5.1-rasm) :
1. Odam gavdasiga yopishib turadigan (a).
2. Yarim yopishib turadigan (b).
3. Tо‘g‘ri (d).
4. Trapesiyasimon (etagi toraygan yoki kengaytirilgan) (e).
5. Ovalsimon (f).
a b d e f
5.1- rasm. Kiyim siluetlari
To'g'ri siluetli kiyimlar modellari geometrik shaklida mahsulot uzunligiga qarab to'rtburchaklar yoki kvadratga yaqin bo`ladi. To'g'ri siluet kiyimlarida belga urg'u berilmaydi va konstruktiv chiziqlar (releflar) buyumga mos kelmaydi. Ko'pincha to`g’ri siluetli kiyimlar faqat ko'krak vitachkasiga ega yoki ularsiz tikiladi.
Kiyimdagi yarim yopishgan siluet inson qomatining tabiiy nisbatlariga yaqin, tananing shaklini takrorlaydi, lekin tanaga yopishmaydi. Bel chizig'i bu erda seziladi, lekin harakat qilish uchun ma'lum erkinlikka ega. Yarim yopishgan siluetli kiyimda ayol o'zini juda qulay his qiladi, chunki kiyimda qomat shakli yo'qolmagan, beliga urg'u berilgan, lekin korsetga mahkamlanmagan. Bu siluet har qanday tana turiga mos keladi va hammaga yoqadi.
Kengaygan kiyimlar uchun trapesiyasimon siluet xosdir. Geometrik shaklda u trapesiyaga to'g'ri keladi, bu yerda yelkalar qisqa, buyum etagi esa keng bo`ladi. Ushbu siluetdagi ayollar kiyimida kengayish darajasi har xil bo'lishi mumkin, ammo bel chizig'i ta'kidlanmaydi va umumiy hajmda yo'qoladi.

Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling