Mavzu: Turli zamonaviy kiyimlar konstruktiv tuzilishi va tashqi shakli xaraktеristikasi Kiyim asosiy siluet va bichimlari. Kiyim yuzasining tipaviy bo’laklanishi. Kiyim bichimi. Kiyim konstruktsiyasini aniqlovchi asosiy bеlgilar


Download 5.39 Mb.
bet3/4
Sana30.10.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1734746
1   2   3   4
Bog'liq
Isayeva-D.X

"Trapesiya" kiyimining silueti - bluzkalar, sarafanlar, ko'ylaklar, shuningdek, pastki qismida biroz kengayadigan ustki kiyimlar - to'la qomatni ozg’in qiladi va kichik bo'yli ayollarga yaxshi ko'rinadi. Pastki qismida yoyilgan va trapesiya shakliga ega bo'lgan yubkalar ko'p ayollarga mos keladi. Quyosh yubka, yarim quyosh, kesilgan klinlar, baland gode, tizzagacha yoki polgacha uzunlikdagi yubkalar har doim diqqat markazida bo'lib, har qanday ayolning garderobida bo'ladi.
Yopishgan siluet barcha nozik ayollar uchun juda mos keladi, lif qismining yopishib turishi, belning yaqqol ko`rinishi, bo`ksa qismi yopishishi kabi xususiyatlarga ega. Bu zamonaviy siluet qum soatiga o'xshaydi. Yopishgan siluetda yubka har doim ham yopishgan bo`lavermaydi. Uni quyosh etagiga qadar yoyish mumkin. Tepasi tor va pastki qismi keng bo`lgan kiyimlarda ayolning qiyofasi yanada chiroyliroq, bel esa ingichka bo'lib ko'rinadi
Oval siluet - to'g'ri siluetning modifikatsiyasi. Bu yerda yelkaning chizig'i yumaloq, qiyalangan va buyumning pastki qismi toraygan. Bu siluetning eng keng qismi bel va bo`ksaga tushadi.
Kiyim bichimi. Kiyim detallarining shakli va о‘lchamlariga ta’sir etuvchi asosiy omillaridan biri uning bichimi hisoblanadi. Kiyim bichimi uning yengini asosiy detallari bilan ulangan о‘miz shakli va bu detallarda mavjud bо‘ylama va kо‘ndalang chiziqlari bilan aniqlanadi.
Bichim yana asosiy detallarda bо‘ylama va kо‘ndalang о‘tadigan choklar mavjudligi bilan xarakterlanadi. Bо‘ylama choklarga asosan old va ort bо‘laklarda yon, о‘rta, relyef choklar, yenglarda old, tirsak, ustki choklar kiradi. Kо‘ndalang choklar asosan kiyimni koketka, lif, yubka, etak qismlarga bо‘ladi.
Quyidagicha yeng bichimlari bо‘ladi:
1. О‘tqazma
2. Reglan
3. Yaxlit
4. Kombinasiyalashgan.
Kombinasiyalashgan yeng bichimi deganda old va ort bо‘laklar turlicha yeng bichimi birikmalaridan hosil bо‘lgan bichimlar xilini tashkil etadi. Masalan: о‘tqazma-reglan, reglan-yaxlit, о‘tqazma-yaxlit yeng bichim birikmalari.
Yeng bichimlari turlari 5.2 - rasmda keltirilgan.

a

b

d

e

5.2-rasm. Yeng bichimlari: a-о‘tqazma; b-reglan; d-yaxltit; e-kombinasiyalashgan
Kiyimning shakli muhim kompozitsion elementlardan biri hisoblanadi. Uning shakliy harakteristikasini siluet, konstruktiv va dekorativ chiziqlar tashkil etadi.
Siluet chiziqlari kiyimning proporsiyalari, hajmiy shakli va uning tashqi kontur chiziqlari bilan aniqlanadi. Kiyim modellashtirish amaliyotida bir necha yetakchi siluetlar qabul qilingan. Ulardan uchtasi – to`g`ri, yopishgan, va nim yopishgan ko`p yillar mobaynida moda o`zgarishiga qaramay, asosiy, klassik siluetlarga aylangan.

Konstruktiv chiziqlar (choklar) konstruksiyalash usullari orqali qomatga mos hajmiy shaklni hosil qilish uchun kiyim sirtini ayrim (5.3- sxema) detallarga bo`ladi. Asosiy konstruktiv chiziqlarni yelka, yon, yelka, etak va yeng o'mizlari hamda yeng chiziqlari tashkil etadi.
Dekorativ chiziqlarga yoqa, bort va bort qaytarmasining kontur chiziqlari hamda turli bezatuvchi detallarning chiziqlari kiradi. Vitachkalar kabi bo`rtma choklarning chizig`i va koketkalarning choklari bir vaqtning o`zida ham konstruktiv, ham dekorativ funksiyalarni bajaradi.

Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling