Ipak qurti uchun oziq sifatida tutning asosan M. alba (Oq tut), M. multicaulis (Sershox tut), M. Kagayamae (Kagayama tuti) va M. bombycis (Ipak qurti tuti) turlariga mansub navlar ko‘prok; o‘stiriladi. - Ipak qurti uchun oziq sifatida tutning asosan M. alba (Oq tut), M. multicaulis (Sershox tut), M. Kagayamae (Kagayama tuti) va M. bombycis (Ipak qurti tuti) turlariga mansub navlar ko‘prok; o‘stiriladi.
- Tutning mevasi uchun ekiladigan M.nigra (qoratut) turiga kiruvchi Shotut navi O‘rta Osiyo va Kavkazorti jumxuriyatlari hamda RSFSRning janubiy rayonlarida keng tarqalgan.
- Biz yuqorida ko‘rsatilgan 5 ta turni ta’riflaymiz.
- Oq tut. Moros alba L. Bu turga mahalliy sharoitda (keng tarqalgan ko‘pchilik tut navlari kirib, ular xo‘jalik jihatidan katta akamiyatga ega. Oq tut tabiiy holatda, ya’ni bargli novdalari ipak qurti boqish uchun kesilmasdan o‘stirilganda daraxtning bo‘yi 15-18 m, ayrimlari esa 20 m gacha yetib, har tomonga taralib o‘sadi. Bu turga kiruvchi tutlarning tanasi mustahkam, po‘stlog‘i och jigar rang, shox-shabbasining shakli supurgisimon, kosasimon yoki sharsimon ko‘rinishda bo‘lib, asosiy shoxlari ko‘plab yon novdalar hosil qiladi. Oq tutning ko‘pchilik navlari ikki uyli bir jinsli, bir uyli ikki jinslilari ham uchraydi. Erkak daraxtining to‘pguli unchalik katta bo‘lmagan, uzunligi 2-3 sm kuchaladan, urg‘ochi guli esa kalta pocha (ustuncha)dan iborat. To‘pmevasi o‘rtacha kattalikda, dumaloq shaklda yoki cho‘zinchoq, silindr ko‘rinishda, serurug‘ (ba’zilari puch urug‘li yoki urug‘siz, oq, qoramtir binafsha yoki pushti rangli bo‘lib. Ko‘pchilik navlarida barglari mayda yoki o‘rtacha kattalikda bo‘lib. Barg shapalogi tuxumsimon yoki chuzinchoq yuraksimon shaklda, qirrasi esa ko‘pincha kertikli bo‘ladi, ba’zan yaxlit holda ham uchraydi. Bargi yupqa, och rangi och yashildan to‘q yashilgacha, sirti tekis xira yoki yaltiroq. Bargning tagi oz tukli bo‘ladi. Oq tut O‘rta Osiyo sharoitiga juda moslashgan bo‘lib, sovuqqa ancha chidamlidir. Bu turga O‘rta Osiyoda Xasak, Qatlama, Marvarid tut, Bedona tut, Surx tut, Tojikiston urug‘siz tuti, Safed tut, Nor tut, SANIISH-6, SANIISH-7, Pioner, Oktyabr, Lixi-5 va boshqa navlar, Yaponiyada Ichinose, Tagovasa, Kayrio-dzyumondzi Kokuso-27 va boshqa navlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |