Mavzu: Tutchilik
Download 69.81 Kb.
|
Tutchilik
O‘simliklar sistematikasida avlod deb o‘zaro yaqin bo‘lgan, gul, meva va urug‘larning tuzilishiga o‘xshaydigan va ikkinchi darajali xususiyatlari (barg, poya, to‘pgul, sertuklik, gultoj, urug‘ rangli va hokazolar bilan farqlanadigan turlar gruppasiga aytiladi. Bir qancha o‘simliklar barcha asosiy belgilari bilan bir-biriga o‘xshash bo‘lib, lekin ular biri-ikkinchisidan faqat xususiy - o‘ziga xos (kattaligi, gulining miqdori, barglarning soni va boshqalar) belgilari bilangina farqlansa, buni tur deyiladi. Turlar ba’zan asta-sekin, ba’zan tez o‘zgarishi ham mumkin. Turlar uziga xos turg‘un belgilarga qarab biri ikkinchisidan ajratiladi. Turlar tur xillari yoki kenja turlarga bo‘linadi, bu yanada maydaroq sistematik birlik bo‘lib, shu tur ichidagi har xil formalarni ko‘rsatadi. Shuni ham aytish kerakki, botanikada Linney zamonidan beri qo‘shaloq atama bilan, ya’ni lotincha avlod va tur atamasi bilan atab yuritish qabul qilingan. Tur atamasidan keyin odatda turni dastlab ta’riflab bergan olimning nomi qoyiladi.
Download 69.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling