Bevosita tut - Morus avlodini turlarga ajratishda bir qancha qiyinchiliklarga duchor bo‘lingan. Ayrim mualliflar tut avlodini 120 tagacha turga bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchilari uning miqdorini 2-3 taga kamaytirishgan. Bunday bo‘lishga bir tomondan sistemani tuzishda birlamchi materialning xarakteri turlicha bo‘lishi va ikkinchi tomondan mualliflarning tut avlodini tur va tur xillarga bo‘lishda har xil darajada yondoshishi sabab bo‘la oladi. - Bevosita tut - Morus avlodini turlarga ajratishda bir qancha qiyinchiliklarga duchor bo‘lingan. Ayrim mualliflar tut avlodini 120 tagacha turga bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchilari uning miqdorini 2-3 taga kamaytirishgan. Bunday bo‘lishga bir tomondan sistemani tuzishda birlamchi materialning xarakteri turlicha bo‘lishi va ikkinchi tomondan mualliflarning tut avlodini tur va tur xillarga bo‘lishda har xil darajada yondoshishi sabab bo‘la oladi.
- Masalan, Karl Linney 1753 yilda Morus avlodini beshta turga ajratadi:
- 1 - Morus alba L. – Oq tut
- 2 - Morus nigra L. - Qora tut
- 3 - Morus rubra L. – Qizg‘ish tut
- 4 - Moirus tatarica L. - Tatar tuti
- 5 - Morus indica L. - Hind tuti.
- 1873 yilda Byuro degan olim uzining tut avlodiga bag‘ishlangan monografiyasida Linneyning birinchi uchta turini saqlab, Tatar tuti va Hind tuti turlarini yangi uchta turlar bilan almashtiradi, ayni vaqtda Oq tut turiga kiruvchi tutlarning urg‘ochi gul belgilariga qarab 16 xil tur tuzadi. Byuro sistemasining kamchiligi shundaki, jinsiy organlarining tuzilishi jixatidan har xil bo‘lganlarini bitta turga kiritgan. Bu sistemada tutning geografik tirqalish sharoitlari to‘liq hisobga olinmagan (A.I. Fedorov, 1954).
Tut (Morus) avlodiga tegishli qoniqarli ma’lum bir sistemaning yo‘qligi, ya’ni u yoki bu turlar va tur xillarga bo‘lishdagi, eng asosiy kamchiliklardan yana biri, ko‘pchilik daraxt xillari duragay tutlardan ro‘yobga kelganligidandir. Chunki tutning ayrim turlari yashash shiroiti, tuzilishi va xususiyati jihatidan boshqalaridan farqlansa ham ular o‘zaro juda oson chatishish qobiliyatiga ega. Shu sababli va tut chetdan changlanuvchi o‘simlik bo‘lganligi tufayli tabiiy ravishda uning bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tuvchi xillari paydo bo‘ladi. Tut daraxtlarini madaniylashtirish, ya’ni ularning barg hosilini oshirish va sifatini yaxshilash maqsadida har xil fizikaviy va kimyoviy moddalar hamda agrotexnik tadbirlarni qo‘llash va ipak qurtiga oziq sifatida foydalanish uchun bargli novdalarni kesish usullari tutni ma’lum sistemaga solishda yana qiyinchilik tug‘diridi. - Tut (Morus) avlodiga tegishli qoniqarli ma’lum bir sistemaning yo‘qligi, ya’ni u yoki bu turlar va tur xillarga bo‘lishdagi, eng asosiy kamchiliklardan yana biri, ko‘pchilik daraxt xillari duragay tutlardan ro‘yobga kelganligidandir. Chunki tutning ayrim turlari yashash shiroiti, tuzilishi va xususiyati jihatidan boshqalaridan farqlansa ham ular o‘zaro juda oson chatishish qobiliyatiga ega. Shu sababli va tut chetdan changlanuvchi o‘simlik bo‘lganligi tufayli tabiiy ravishda uning bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tuvchi xillari paydo bo‘ladi. Tut daraxtlarini madaniylashtirish, ya’ni ularning barg hosilini oshirish va sifatini yaxshilash maqsadida har xil fizikaviy va kimyoviy moddalar hamda agrotexnik tadbirlarni qo‘llash va ipak qurtiga oziq sifatida foydalanish uchun bargli novdalarni kesish usullari tutni ma’lum sistemaga solishda yana qiyinchilik tug‘diridi.
- Ozarbayjonda akademik I.K. Abdullaev rahbarligi ostida sun’iy yo‘l bilan turli xildagi tutlarni hosil qilish ishlari olib borildi. 1959 yildan boshlangan va hozirgi kunda davom ettirilayotgan tutdagi poliplodiya (xromosomalar gaploid yigindisining ko‘p marta ortishi)ga tegishli tajribalar bunga yaqqol misoldir. Bu tajribalarda tabiatda uchraydigan diploid va tetraploidli hamda bundan ko‘proq xromosomalar to‘plamiga ega bo‘lgan tut xillarining urug‘i yoki yangidan ko‘karayotgan kO‘rtagiga kimiyoviy modda-kolxitsin ta’sir qilish tufayli uch, besh, olti va hokazo xromosomalar to‘plamiga ega bo‘lgan ko‘p ploidli tutning turli xillari olingan. Bu tutlarning guli va barglarining tashqi hamda ichki tuzilishi dastlabki ona tutnikidan keskin farqlanadi. I.K.Abdullaev (1976) tutlarni tur va kenja turlarga bo‘lishda, ko‘p ploidli tut xillarining o‘zgaruvchanlik belgilarini hisobga olish zarurligini uqtirib o‘tadi. Uning fikricha tut (Morus) avlodini sistematikaga solishda ma’lum bir xromosomalar to‘plamiga ega bo‘lgan tut xillarini ayrim turga; xromosomalar miqdori (14-42-70 va undan ko‘p) toq songa teng bo‘lgan, balans bermaydigan (urug‘lana olmaydigan) tut shakliga kenja tur hamda xo‘jalik jihatidan ahamiyatli bo‘lib, u yoki bu turga, tur xiliga taalluqli tut shakli (formasini nav deb aytishni tavsiya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |