Talabga javob beradigan tut avlodining sistemasini tuzish hozirgi kunning amaliy jihatdan hal qilinishi kerak bo‘lgan muhim vazifadir. Buni ro‘yobga chiqarish uchun so‘nggi yillargacha yig‘ilgan ma’lumotlarni hozirgi zamon turga tegishli to‘g‘ri nazariyaga suyangan holda qayta ko‘rib chiqilishini taqozo etadi. - Talabga javob beradigan tut avlodining sistemasini tuzish hozirgi kunning amaliy jihatdan hal qilinishi kerak bo‘lgan muhim vazifadir. Buni ro‘yobga chiqarish uchun so‘nggi yillargacha yig‘ilgan ma’lumotlarni hozirgi zamon turga tegishli to‘g‘ri nazariyaga suyangan holda qayta ko‘rib chiqilishini taqozo etadi.
- Yaponiya botanik olimi G. Koydzumining 1923 yilda tuzgan tut (Morus) avlodining sistematikasi, bir qator kamchiliklari bo‘lishidan qati nazar hozirgi kundagiga nisbatan durustoq turkumlash hisoblanadi.
- Koydzumi o‘zidan oldingi tuzilgan tut daraxti sistemasi va Tokiodagi ipakchilik tajriba stansiyasining juda ko‘p kolleksiya materiallaridan foydalanib tutlarni 24 ta turga bo‘lib. Koydzumi tutning asosan urgochi guli ustunchasini uzun-qisqaligiga qarab yuqoridagi turlarini ikkita bo‘linmaga:
- I - uzun bo‘yinli - Dolichostylae va II - qisqa bo‘yinli - Macromorus (yirik mevali)ga ajratadi.
Tut daraxtining u yoki bu belgisiga qarab turlarga bo‘lish bilan bir qatorda, ularni dunyo bo‘yicha, jumladan SSSRning pillachilik rayonlarida tarqalishini o‘rganish ayrim turlarga to‘liq ta’rif berishda katta ahamiyatga egadir. - Tut daraxtining u yoki bu belgisiga qarab turlarga bo‘lish bilan bir qatorda, ularni dunyo bo‘yicha, jumladan SSSRning pillachilik rayonlarida tarqalishini o‘rganish ayrim turlarga to‘liq ta’rif berishda katta ahamiyatga egadir.
- O‘simliklarni dunyo bo‘yicha tabiiy tarqalishini fan tilida areal - lotincha “area’ (maydon), ya’ni tarqalish maydoni deyiladi. Tut turlarining areali deyilganda, ularga dastlabki baho berish tushunilib, bu esa tutning tashqi muhitga bo‘lgan talabiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Bundan tashqari tut turlarini geografik jixatdan tarqlishini o‘rganish seleksiya ishlari va tutni iqlimlashtirishda katta rol o‘ynaydi.
- Tut turlarining geografik tarqalish darajasi u yoki bu yerning tuproq-iqlim sharoitiga hamda insonning xo‘jalik faoliyatiga bog‘langaniga qarab o‘zgarmoqda. So‘nggi yillarda dunyo bo‘yicha va ayniqsa SSSR territoriyasida tut turlarining tarqalish doirasi kengayib, yangidan-yangi tut xillari o‘stirilmoqda.
- Dunyo bo‘yicha tut (Morus) avlodining tarqalishi G. Koydzumi (1923) va S. Xamada (1971) tuzgan sistematikalari asosida bayon etamiz G. Koydzumi sistematikasida tutning 24 ta turi sharqiy, janubiy-sharqiy va janubiy Osiyo, Janubiy Yevropa, Amerika qitasining Shimoliy qismini janubiy va Janubiy qismining shimoli-garbiy maydonida hamda qisman Afrika qitasida joylashgan. Oq tut (M. alba) turi yuqoridagi maydonlarning deyarli hammasida uchrasa, Arab (M. arabica) va Mesozidiya tutlari (M. mesozigia) turlari esa ma’lum tor doira maydonida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |