Mavzu: Tuzlar gidrolizi va sanoatdagi ahamyati
Kuchsiz kislota va kuchli asosdan hosil bo‘lgan tuz. Misol sifatida natriy sianidning gidrolizlanishini ko‘rib chiqamiz
Download 103.03 Kb.
|
Mavzu
2. Kuchsiz kislota va kuchli asosdan hosil bo‘lgan tuz. Misol sifatida natriy sianidning gidrolizlanishini ko‘rib chiqamiz:
NaCN + H2O = HCN + NaOH yoki ionli shaklda NaCN— + H2O =HCN + OH— Gidroliz natijasida eritmada kam dissotsilanuvchi kislota HCN hosil bo‘ladi va OH— ionlari to‘planadi. Demak, kuchsiz kislota va kuchli asosdan hosil bo‘lgan tuzning gidrolizlanishi natijasida eritmada OH— ionlarining konsentratsiyasi ortadi. Bunday tuzning eritmasi ishqor xossasiga ega bo‘ladi: pH > 7. Masalan, KCN 0,1M eritmasining pHi 11,1 ga teng. Kuchli asos hamda ikki yoki ko‘p negizli kislotadan hosil bo‘lgan tuz ham bosqich bilan gidrolizlanadi, masalan, Na2CO3 odatdagi konsentratsiyali eritmalarda amalda faqat birinchi bosqich bilan gidrolizlanib, nordon tuz hosil qiladi: Na2CO3 + H2O = NaHCO3 + NaOH yoki ionli shaklda CO3 2- + H2O =HCO3 — + OH Na2CO3 juda suyultirilgan eritmalarda qisman ikkinchi bosqich bilan gidrolizlanib, karbonat kislota hosil qiladi. NaHCO3 + H2O = H2CO3 + NaOH yoki ionli shaklda HCO3— + H2O = H2CO3 + OH— Bunda ham xuddi NaCN ning gidrolizlanishi kabi gidroksil ionlarining konsentratsiyasi ortadi va eritma ishqoriy xossaga ega bo‘ladi. Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo‘lgan tuz. Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo‘lgan tuzga ammoniy asetat CH3COONH4 ni misol qilib keltirish mumkin. U CH3COO— va NH4 + ionlariga dissotsilanadi. Bunda ikkita kuchsiz elektrolit: sirka kislota va ammoniy gidroksid hosil bo‘ladi: CH3COONH4 + H2O =CH3COOH + NH4OH yoki ionli shaklda: CH3COO— + NH4 + + H2O =CH3COOH + NH4OH Hosil bo‘lgan kislota bilan asosning dissotsilanish konstantalari ayni holda bir-biriga juda yaqin KCH3 COOH = 1,75·10-5; KNH4 OH = 1,8·10–5 bo‘lgani uchun suvning ionlari CH3COO—anionlar hamda NH4 + kationlar bilan o‘zaro deyarli bir xil ta’sirlashadi. Natijada eritmadagi erkin H+ va OH— ionlar konsentratsiyasi deyarli o‘zgarmaydi. Shuning uchun CH3COONH4 eritmasi amalda neytral bo‘lib qoladi. Biroq ammoniy asetat yuqorida ko‘rib o‘tilgan hollardagidan ko‘ra ko‘proq gidrolizlanadi, chunki CH3COONH4 ning gidrolizlanish reaksiyasida hosil bo‘lgan ikkala mahsulot — kislota ham, asos ham kuchsiz elektrolitlardir. Juda kuchsiz kislota va juda kuchsiz asosdan hosil bo‘lgan tuz deyarli to‘liq gidrolizlanadi. Masalan, ammoniy sulfid (NH4 ) 2 S suyultirilgan eritmada 99,9% gidrolizlanadi. Reaksiya quyidagi tenglamalar bilan ifodalanadi: Download 103.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling