Mavzu: Tuzlar gidrolizi va sanoatdagi ahamyati


(NH4 ) 2 S+H2O = NH4HS + NH4OH (1 bosqich)


Download 103.03 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi103.03 Kb.
#1568966
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu

(NH4 ) 2 S+H2O = NH4HS + NH4OH (1 bosqich)
(NH4 ) 2HS + H2O = H2 S + NH4OH (2 bosqich) Aluminiy sulfid Al2 S3 yoki xrom sulfid Cr2 S3 kabi tuzlar to‘liq gidrolizlanadi, chunki ularning gidrolizlanishi natijasida qiyin eriydigan asos va kam dissotsilanadigan kislota hosil bo‘ladi. Al2 S3 ning suv bilan o‘zaro ta’siri quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Al2 S3 + 6H2O = 2Al(OH)3 Ø + 3H2 SAgar kuchli asos hamda kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuz, masalan, KCl suvda eritilsa, K+ hamda Cl— ionlari suvning H+ va ÎH— ionlari bilan kuchsiz dissotsilanuvchi birikma hosil qilmaydi. Bunda dissotsilanmagan molekulalar bilan suv ionlari orasidagi muvozanat buzilmaydi. Bunday tuzlarning eritmalari neytralligicha qoladi. Demak, kuchli asos bilan kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuz gidrolizlanmaydi. Gidroliz ko‘pchilik tuzlar uchun qaytar protsessdir. Tuzning gidrolizini miqdor jihatidan gidrolizlanish darajasi bilan ifodalash mumkin.
Tuzning gidrolizlangan mollari sonini eritmadagi tuzning umumiy mollari soniga bo‘lgan nisbati shu tuzning gidrolizlanish darajasi deyiladi. Gidrolizlanish darajasini K harfi bilan belgilash qabul qilingan:


Formulasi:


tuzning gidrolizlangan mollar soni
K= ------------------- *100%
Tuzning erigan mollarning umumiy soni


Demak, gidroliz darajasi erigan tuzning qanday qismi gidrolizlanganligini ko‘rsatadi. Masalan, suvda eritilgan tuzning har ikki molidan 0,05 moli gidrolizlangan bo‘lsa, gidroliz darajasi 0,025 yoki 2,5% ga teng bo‘ladi. Eritma temperaturasining ko‘tarilishi natijasida tuzning gidrolizlanish darajasi ortadi. Buni quyidagicha izohlash mumkin. Temperatura ko‘tarilishi bilan suvning dissotsilanishi ortadi, H+ va OH— ionlarining konsentratsiyasi ko‘payadi, natijada tuz ionlarining suv ionlari bilan o‘zaro ta’siri kuchayadi. Masalan, ammoniy asetat CH3COONH4 eritmasi 25° dan 100°C gacha qizdirilsa, tuzning gidrolizlanishi 0,4 dan 9% gacha ortadi, ya’ni taxminan 22 marta ko‘payadi. Odatdagi temperaturada FeCl3 birinchi bosqichda gidrolizlanadi:
FeCl3 + H2O = Fe(OH)Cl2 + HCl Eritma qizdirilsa, gidroliz tezlashib, Fe(OH)2Cl va hatto Fe(OH)3 hosil bo‘lguncha reaksiya boradi: Fe(OH)Cl2 + H2O = Fe(OH)2Cl + HCl Fe(OH)2Cl+H2O = Fe(OH)3 + HCl Eritmani suyultirish ham tuzning gidrolizlanish darajasini orttiradi. Masalan, KSN ning konsentratsiyasi kamaytirilsa, uning gidrolizlanishi quyidagicha ortib boradi:


Yuqorida qayd etilgan fikrlardan shunday xulosa chiqarsa bo‘ladi: tuzning gidroliz muvozanatini boshqa qaytar protsesslardagi kabi siljitish mumkin. Tuz eritmasining temperaturasini ko‘tarib yoki uning konsentratsiyasini kamaytirib, ya’ni eritmani suyultirib, tuzning gidrolizlanishini birmuncha tezlatish va muvozanatni o‘ngga siljitish mumkin. Muvozanatni chapga siljitish, ya’ni gidrolizni susaytirish uchun temperaturani pasaytirish hamda eritmaning konsentratsiyasini oshirish lozim.




Download 103.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling