Mavzu: Tuzlarning gidrolizi va uning amaliy ahamiyati Darsning maqsadi: Ta’lim maqsad


Download 79.5 Kb.
Sana08.05.2020
Hajmi79.5 Kb.
#104192
Bog'liq
Tuzlarning gidrolizi


Mavzu: Tuzlarning gidrolizi va uning amaliy ahamiyati

Darsning maqsadi:



1. Ta’lim maqsad: O’quvchilarga tuzlarning formulasiga qarab hosil bo’lishiga ko’ra tuz turiga kirishi, gidrolizlanishi yoki gidrolizlanmasligi, gidrolizlanishni molekulyar to’la iyonli va qisqartirilgan ionli tenglamasini yoza olishi, tuzlarning suvdagi eritma muhiti, tuzlar gidrolizining tirik organizimlardan va qishloq xo’jaligidagi amaliy ahamiyati haqida tushuncha berish.

2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni kimyo faniga bo’lgan qiziqishini kuchaytirish gidroliz tenglamalarini yoza olishga o’rgatish.

Kimyo fanining vatan ravnaqi, xalqning turmush darajasini oshirishdagi ahamiyati haqidagi tushunchalarni kengaytirish.



3. Rivojlantirivchi maqsad: O’quvchilarning elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi, Mendeleyevning gidratlanish nazariyasi, dissotsiyalanish tenglamasini yozish ko’nikmalarini takomillashtirish va o’quvchilarning muammoli vaziyatlarda savollarga javob berish ko’nikmalarini shakllantirish.

Darsning jihozi:

Probirka, lakmus qog’ozi, spirt lampasi, Natriy karbonat, Alyuminiy xlorid, ammoniy atsetat, osh tuzi, eritmaning PH ini aniqlovchi universal indicator qog’ozi.



Darsning uslubi:

Savol – javob, tushuntirish suhbat, bahs munozara.



Dars uslubi: andozasiz.

Dars tipi: aralash

Fanlararo bog’lanish. Bilologiya

Davlat ta’lim standartlari. Bilimga qo’yilgan talab.

Tuzlarning gidrolozi.



Ko’nikmaga qo’yilgan talab: Tuzlarning gidrolizlanish mexanizmini va muhitning asosli, kislotali va neytral muhit bo’lishini yozib tushuntira olish.

REJA:

1. Kuchli asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuzlarning

gidrolizlanishi.

2. Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlarning

gidrolizlanishi.

3. Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuzlarning

gidrolizlanishi.

4. Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlarning

gidrolizlanishi.

5. Muammoli vaziyat.

Дарснинг вақт тақсимоти

1

Ташкилий қисм

7 дақиқа

2

Янги мавзуни баён этиш

15 дақиқа

3

Янги мавзуни мустахкамлаш

10 дақиқа

4

Уй вазифасини сўраш

10 дақиқа

5

Дарсни якунлаш ва ўқувчиларга уйга вазифа бериш

3 дақиқа

Darsning borishi:

Tashkiliy qism: O’quvchilar darsga tayyorlangach, vodorod ko’rsatkich, elektrolit eritmalarida ion almashinish reaksiyasi, elektrolitlar orasida

boradigan ion almashinish reaksiyasini oxirga yetish shartlari haqida bir nechta savollar yozilgan tarqatma materiallar va test topshiriqlari beriladi.



Yangi mavzuni bayon etish: tuzlarni ko’p hollarda asos va kislatalar orasidagi reaksiya natijasida hosil bo’lgan mahsulotlar deb qarash mumkin. Ma’lumki, kislota va asoslar dissotsiyalanish jihatidan ya’ni kuchli va kuchsiz elektrolit ekanligi bilan bir-biridan farq qiladi.

Tuz hosil bo’lishida qatnashadigan kislota va asoslarning kuchli va kuchsiz bo’lishiga qarab, mahsulot turi to’rtta bo’lishi mumkin.



  1. Kuchli asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuzlar.

  2. Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlar.

  3. Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuzlar.

  4. Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlar.

O’quvchilarga tuzlarning formulasi orqali yuqorida qayd etilgan to’rt xil tuzning qaysi biriga kirishini bilishi uchun o’quvchilarga quyidagi savollarni beraman.

1. Kuchli asoslarga qaysi asoslar kiradi?

O’quvchi kuchli asoslarga ishqoriy metallar va ishqoriy yer metallarning gidroksidlari kiradi deb ularning formulasini yozib beradi.

LiOH, NaOH, KOH, RbOH, CsOH, FrOH, Ca(OH)2, Ba(OH)2,

Sr(OH)2, Ra(OH)2 o’quvchilar 10 ta ishqor kuchli asoslarga kirishini bilishi shart.



2. Kuchsiz asoslarga qaysi asoslar kiradi?

O’quvchi–kuchsiz asoslarga ishqorlardan tashsqari barcha suvda erimaydigan asosslar, amfoter gidroksidlar kiradi deb unga bir bechta misol keltiradi. Mg(OH)2, Zn(OH)2, Cu(OH)2, Al(OH)3, Cr(OH)2, Cr(OH)3,

Mn(OH)2, Fe(OH)2, Fe(OH)3, Pb(OH)2, va boshqalar.

3. Kuchli kislotalarga qaysi kislotalar kiradi?

O’quvchi bunga HNO3, HCl, HBr, HF, HJ, H2SO4, HClO4 va boshqalar kirishini aytadi.



4. Kuchsiz kislatalarga qaysi kislotalar kiradi?

O’quvchi H2S, H2SO3, H2SiO3, H2CO3, CH3COOH, H3PO4 va barcha karbon kislotalar kirishini aytadi.

Yuqoridagi savollarga ijobiy javobni olgandan so’ng, sinf taxtasiga bir qancha tuzlarning formulasi yozib qo’yiladi.

NaCl, K2CO3, Na2SO4, K2SO4, CaCl2, NH4Cl, (NH4)2CO3, CH3COONa, NH4CH3COO, AlCl3, CuSO4, CuCl2, BaCl2, Zn(NO3)2, Al2(SO4)3, K2S, Na2SO3, Li2SiO3, Na2CO3, (NH4)2SiO3.

O’quvchilarga sinf taxtasiga yozib qo’yilgan tuzlarning formulasiga qarab tortta guruhga ajratib alohida yozilishini talab qilaman.


  1. Kuchli asos va kuchli kislatadan hosil bo’lgan tuzlar, NaCl, Na2SO4, CaCl2, BaCl2

  2. Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlar K2CO3,

CH3-COONa, K2S, Na2SO3, Li2SiO3, Na2CO3.

  1. Kuchsiz asos va kuchli kislatadan hosil bo’lgan tuzlar

(NH4)Cl, AlCl3, CuSO4, CuCl2, Zn(NO3)2, Al2(SO4)3

  1. Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlar.

(NH4)2CO3, CH3–COONH4, (NH4)2SiO3.

Agar o’quvchi tuzlarning formulasiga qarab to’g’ri ajratganligiga ishonch hosil qilgandan so’ng tuzlarning gidrolizi haqida tushuncha beriladi.

Tuz ionlarning suv bilan o’zaro ta’sir etib kuchsiz elektrolit hosil qilishi tuzning gidrolizlanishi deyiladi.

Kuchli asos va kuchli kislatadan hosil bo’lgan tuzlar gidrozlanmaydi, chunki tuz ionlari suv bilan o’zaro ta’sir etib, kuchsiz elektrolit hosil qilmaydi.

Bunday tuzlarning eritmasi neytral muhitga ega bo’lib, PH=7 bo’ladi.

Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlardagi kislota qoldig’i ioni suvdagi H+ vodorod ioni bilan birikib OH- gidroksid ionini ozod etadi. Bunday tuzlarning eritmasi ishqoriy muhitga ega bo’lib lakmus indikatorini ko’k rangga, fenolftaleinni pushti rangga bo’yaydi.

Kuchli asos va kuchsiz kislatadan hosil bo’lgan tuzlarning gidrolizini qisqartirgan ionli tenglamasi quyidagi umumiy formulaga amal qiladi.

Rn- +H2O – HR(n-1)-+OH-



R – tuzdagi kislota qoldig’i ioni

n- - kislota qoldig’ining manfiy zaryad miqdori.

Na2CO3 tuzning gidroliz tenglamasini yozish uchun quyidagilarga asoslanish mumkin.

Tuz kuchli asos bilan kuchsiz kislatadan hosil bo’lgan, shu sababli CO32-ion (kuchsiz kislota ionini) suvdan vodorod ionlarini bog’laydi.

CO32- ionining ikkita zaryadi bo’lganligi uchun gidrolizlanishning ikki bosqichini va har bir bosqichda uchtadan tenglama



a) qisqartirilgan shaklda b) ion shaklda va d) molekulyar shaklda yozish mumkin. Bunda odatdagi almashinish reaksiyalarining ion tenglamalarini yozish qoidalarini e’tiborga olish lozim.

I – bosqich:

a) Gidrolizlanishning qisqartirilgan ion tenglamasi CO32-+H2O ↔ HCO3- +OH-

b) Gidrolizlanishning to’la ion tenglamasi 2Na++CO32-+H2O ↔ Na++HCO3-+Na++OH-

d) Gidrolizlanishning molekulyar tenglamasi Na2CO3+H2O↔NaHCO3+NaOH

Shunday qilib qisqartirilgan ion tenglamadan to’liq ion tenglamaga o’tish uchun birinchi tenglamadagi (a) ionlarga teskari ishorali ionlarni (b) qo’shib yozish lozim (b) tenglamadagi ionlarni molekula tarzida birlashtirib, gidrolizlanishning molekulyar tenglamasini (d) hosil qilamiz.

II – bosqich:

a) HCO3- +H2O ↔ H2CO3+OH-

b) Na++HCO3- + H2O ↔H2CO3+Na++OH-

d) Na HCO3+H2O ↔ H2CO3+NaOH

Kuchsiz asos va kuchli kislatadan hosil bo’lgan tuzlar gidrozlanganda tuzdagi metal ioni suvdagi OH- gidriksid ionini bog’lab H+ vodorod ionini ozod etadi.

Bunday tuzlarning eritmalari kislotali muhitga ega bo’lib, PH < 7 bo’ladi. Lakmus indikatorini qizartiradi, metiloranj indikatorini pushti rangga o’tqazadi.

Kuchsiz asos va kuchli kislatadan hosil bo’lgan tuzlarning gidrozining qisqartirilgan ionli tenglamasi quyidagicha bo’ladi.

Men++H2O MeOH(N-1)++H+

Misol - AlCl3 gidrozlanish tenglamasini tuzishda tuz, kuchsiz asos bilan kuchli kislotadan hosil bo’lganiga asoslanamiz.

Al3+ ion (kuchsiz asos kationi) suvdan gidroksil ionlarini bog’lab oladi. Lekin Al3+ ning uchta zaryadi borligi sababli gidrolizlanish uchta bosqich bo’yicha boradi.

Tenglamalar avvaldagi misoldagi kabi tuziladi

I – bosqichi:

a) Al3+ +H2O → AlOH2+ +H+

b) Al3++3Cl-+H2O → AlOH2++2Cl-+H++Cl-

d) AlCl3 +H2O → AlOHCl2+HCl

2 –bosqichi:

a) AlOH2+ +H2O → Al (OH)2+ +H+

b) AlOH2+ +2Cl-+H2O → Al(OH)2+ +2Cl- +H+ +Cl-

d) AlOHCl2 + H2O → Al(OH)2 Cl+HCl



3 – bosqichi:

Ikkinchi bosqich deyarli – reaksiya deyarli bo’lmaydi (vodorod ionlari to’planishi sababli jarayon chapga siljiydi). Lekin eritmani suyultirish, temperaturani oshirish gidrolizlanishni kuchaytiradi.

Bu holda gidrolizlanish tenglamasini uchinchi bosqichini ham yozish mumkin.

a) Al(OH)2++H2O ↔ Al(OH)3 +H+

b) Al(OH)2++Cl-+H2O ↔ Al(OH)3+H++Cl-

d) Al(OH)2Cl + H2O ↔ Al(OH)3+HCl

Kuchsiz kislota bilan kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuzlar, masalan, CH3–COONH4 yanada oson gidrozlanadi, Bu tuzlarning ionlari bir vaqtning o’zida H+ va OH- ionlarni bog’lab, suvning dissotsiyalanish muvozanatini siljitadi

CH3 – COO- + NH4+ +H2O ↔ CH3 – COOH+NH4OH

yoki


CH3 – COONH4 +H2O ↔ CH3 – COOH+NH4OH

Bu holda eritmaning muhiti gidrozlanish mahsulotlarining kislota bilan asosning dissotsiyalanish darajasiga bog’liq bo’ladi: agar OH- ionlar ko’p bo’lsa – eritma ishqoriy, H+ ionlar ko’p bo’lsa eritma netral bo’ladi. Gidrolizlanish natijasida hosil bo’ladigan CH3-COOH va NH4OH ning dissotsiyalanishi darajalari taxminan teng bo’lganligi sababli, eritmaning muhiti netraldir PH=7 lekin (NH4)2 CO3 ning kuchsiz kislota bilan kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuzning suvdagi eritmasi kuchsiz ishqoriy muhitga ega.

(NH4)2 CO3 +H2O ↔ NH4OH + NH4 H CO3

Chunki NH4OH ning dissotsiyalanish darajasi H-CO3 ionlarning dissorsiyalanish darajasidan kattadir ko’pchilik tuzlarning gidrozlanishi qaytar jarayondir. Shu sababli, kuchsiz elektrolitning dissotsiyalanish darajasi bilan xarakterlangani kabi, gidrolitik muvozanat miqdori jihatdan gidrolizlanish darajasi bilan xarakatlanadi.

Tuzning gidrolizlanish darajasi h–bu gidrolizlangan molekulalarning umumiy soniga nisbatidir.

Agar, masalan, suvda 2 mol tuz erigan, shundan 0,01 moli gidrolizlangan bo’lsa, gidrolizlanish darajasi quyidagiga teng bo’ladi:

h = 0,01:2=0,005 yoki 0,005 ∙ 100=0,5%

gidrolizlanish darajasining kattaligiga temperatura va tuz eritmasining konsentratsiyasi ta’sir etadi. Termperatura qanchalik yuqori va erutma suv bilan qanchalik ko’p suyultirilgan bo’lsa, gidrolizlanish darajasi shunchalik katta bo’ladi.

Tuzlar gidrolizning amaliy ahamiyati qishloq xo’jaligida yaqqol ko’zga tashlanadi. Bunga ayrim misollar keltiramiz.

1. Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan davlatlar, xususan O’zbekiston Respublikasi xududidagi ko’pchilik dehqonchilik maydonlarida karbanatli tuproqlar mavjud, karbonatli tuproqda suvda eriydigan karbonat kislotaning o’rta va nordon tuzlari (masalan Na2CO3,

Na HCO3, Mg(HCO3)2 ning ko’p miqdorda bo’lishi va ularning namlik ta’sirida gidrolizlanishi tufayli tuproq eritmasida OH- ionlarning miqdori ortiq, ishqoriy muhitni hosil bo’lishiga olib keladi.

Ishqoriy muhit o’simlikni ildizdan oziq moddalarning tanasiga o’tishini qiyinlashtiradi, fosforli o’gitlarning samaradorligini kamaytiradi.

2. Alyuminiyning suvda eriydigan tuzlari (masalan, AlCl3) ko’p bo’lgan tuproq eritmasida H+ ionlari ko’p bo’lsa, ekinlardan yuqori hosil olib bo’lmaydi. Bunday tuproqning unumdorligini oshirish uchun tuproqqa ohaktosh solinadi.

3. Ro’zg’orda kir yuvishda ishlatiladigan kir sodasi Na2CO3 va sovun (C17H35 – COONa) ning yuvish xossalari ham ularning suvdagi eritmada gidrolizlanib, ishqorli muhit hosil qilishga bog’liq.

Yangi mavzuni mustahkamlash.

Dars mavzuni bayon etib bo’lgandan so’ng o’quvchilarning qay darajada dars mavzusini o’zlashtirilganligini aniqlash maqsadida quyidagi savollar beriladi.

1. Quyidagi tuzlarning qay biri gidrolizlanadi?

1) K2SO4 2) K2CO3 3) CuCl2 4) NaNO3

2. Quyidagi tuzlarning qay birining eritmasi ishqoriy muhitga ega ekanligini aniqlang?

1) K2S, 2) Al Br3, 3) Li2CO3, 4) K2SO4, 5) CuCl2,

a) 1,2 b) 3,4 c) 1,3 d) 2,5 e) 1,5

3. Quyidagi tuzlarning qay birining eritmasi kislotali muhitga ega ekanligini aniqlang.

1) ZnCl2 2) Na2CO3 3) Cu(NO3)2 4) LiCl 5) CH3-COOK

a) 1,2, b) 1,3, c) 2,3, d) 3,4, e) 1,5.

4. Quyidagi tuzlarning qay birining eritmasi neytral muhitga ega ekanligini aniqlang.

1) KNO3 2) K2CO3 3) Na2SO4 4) MgCl2 5) NaClO4 6) CuSO4



a) 1,2 b) 2,3 c) 2,3,4 d) 1,3,5 e) 4,5,6

5. K2S tuzning I–bosqich gidrolizining qisqartirilgan ionli tenglamasini umumiy formuladan foydalanib yozib bering.

6. CrCl3 tuzning I–bosqich gidrolizining qisqartirilgan ionli tenglamasini umumiy formuladan foydalanib yozing.

7. Quyidagi tuzlardan gidrolizi oxirigacha boradigan tuzlarni aniqlang.

1) K2SO3 2) CH3-COONH4 3) (NH4)2S 4) (NH4)2CO3

5) Cu (NO3)2 6) Na2S

a) 2,3,4 b) 1,5,6 c) 1,3,4 d) 3,4,5 e) 2,3,6

Muammoli vaziyat:

K2CO3 tuzi eritmasini tayyorlang va uni biroz qizdirib, unga lakmus qog’ozini tekizing, Lakmus qog’ozini rangi o’zgarishidan tuz eritmasi muhitni aniqlang. gidroliz teglamasini yozing.



Uy vazifasini so’rash: Sinf o’quvchilarining iqtidoriga qarab ulardan uy vazifalarini og’zaki savol – javob va tarqatma materiallardan foydalanib so’raymiz.

1. Neytrallanish reaksiyalarini oxirigacha borishiga sabab numa?

Fikringizni misollar bilan tushuntiring.

2. Cho’kma hosil bo’lishi bilan boradigan reaksiyalarga misollar

keltiring. Reaksiya tenglamalarini molekulyar, ionli va qisqa ionli

shakllarda yozing.

3. Quyidagi kimyoviy reaksiyalarning molekulyar, ionli va qisqa ionli tenglamalarini yozing. Oxirigacha boorish sabablarini tushuntiring.


  1. Pb(NO3)2+NaCl →

  2. Na2CO3 + H2SO4

D) KOH + HNO3

E) CuSO4 + 2NaOH →

F) KCl + AgNO3

Dars jarayonida faol qatnashgan sinf o’quvchilarini rag’batlantiramiz va o’quvchilarga uyga vazifa beramiz.


Uyga vazifa: Darslikning § 27. 62-66 bet.

Tuzlar gidrolizi va uning amaliy ahamiyati ZnCl2 va K2CO3 tuzining



I – bosqich gidrolizini

  1. qisqartirilgan ionli tenglamasi

  2. to’la ionli tenglamasi

  3. molekulyar tenglamasini yozib keling.

Download 79.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling