Mavzu: tvarog va yogurt mahsulotlari
Download 1.32 Mb.
|
XOM ASHYO JAYXUN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quruq sutli mahsulotlar
- MUZQAYMOQ Muzqaymoq
SUTLI KONSERVALAR
Sutli konservalar – ushbu turdagi sutli mahsulotlarga quyultirilgan sutli konservalar hamda quruq sutli mahsulotlar kiradi. Quyultirilgan sutli konservalar sut tarkibidagi suvni bug‘latish va shakar qo‘shish yo‘li bilan sterilizasiya qilish natijasida hosil qilinadi. Quyultirilgan sutli konservalarning yog‘sizlantirilgan, qaymoq shakarli, kakaoli, kofeli kabi assortimentlari mavjud. Quyultirilgan sutli konservalar germetik metall bankalarga 400 g hajmda qadoqlanadi. Banka tubida ishlab chiqarish indeksi, zavod raqami va konservaning assortiment raqami, ishlab chiqarilgan kuni, oyi va yili tamg‘alanadi. Quyultirilgan sutli konservalarning yaroqlilik muddati 0-10C haroratda 12 oyni tashkil etadi. Kakaoli, kofeli quyultirilgan sutli konservalar 6 oygacha saqlanadi. Quruq sutli mahsulotlar sut tarkibidagi suyuqlikni to‘liq bug‘latish natijasida hosil qilinadi. Bunday mahsulotlar vakuum-apparatlarda quyultirilib, quritiladi. Quruq sutlar 400-500 g hajmda metall yoki qog‘oz xaltachalarga qadoqlanadi. Quruq sutlar 1-10S haroratda 8 oy, 20S haroratda esa 3 oy saqlanadi. Saqlanadigan xona havosining nisbiy namligi 75% dan oshmasligi lozim MUZQAYMOQ Muzqaymoq – sutga shakar, asal, tuxum mahsulotlari, ta’m beruvchi va xushbo‘y moddalar qo‘shish natijasida hosil qilinadi. Qadoqlanishiga ko‘ra muzqaymoqlar kg li, donali va yirik (karton qutilardagi tortlar, kekslar) tarzda qadoqlanadi. Muzqaymoqlarni -12C haroratda 5 kun saqlash tavsiya etiladi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling