Mavzu: Uch xonali sonlar ustida amallar. 359-365-misol va masalalar. Ta’limiy maqsad


IV.Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish 17 daqiqa


Download 39.68 Kb.
bet3/3
Sana09.05.2023
Hajmi39.68 Kb.
#1448108
1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word

IV.Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish 17 daqiqa.
Sana , mavzu yoziladi.
Chiroyli yozuvdagi shiorimiz:
Hamma :
Chiroyli yoz yozsang xat,
Chunki bu ham zo’r san’at.
Darslik bilan ishlash.
- 359-misolni “Kim chaqqon” o’yini orqali bajaramiz.
1-guruh 2-guruh 3-guruh 4- guruh.
100+ 300= 700-200= 400+500= 900-600=
100 x 3= 800 : 2= 200 x 5= 1000 : 2=
360 –misol. Sonlarni raqamlarda ifodalang. “Bilimingni sina “ oyini orqali guruhda bajariladi.
1-guruh: 1 ta yuzlik , 4 ta o’nlik va 8 ta birlik
2-guruh: 3 ta yuzlik, 7 ta o’nlik va 2 ta birlik
3-guruh: 5 ta yuzlik va3 ta birlik
4-guruh: 6 ta yuzlik va 5 o’nlik
O’quvchilar rangli kartochalar orqali rag’batlantiriladi.
Mustaqil ish :
Berilgan sonlarni xona qo’shiluvchilari ko’rinishida yozing?
1-guruh: 356 , 986;
2- guruh: 378 , 589;
3-guruh: 793 , 391;
4- guruh: 582 , 483;
361-misol. “Tez taqqosla” o`yini.
1- guruh: 700* 600 800 *230 187*158
2- guruh: 400* 500 340*290 328*328
3-guruh: 600* 600 504* 408 578*625
4- guruh: 800* 700 809* 908 964*899
O’quvchilar rangli kartochalar orqali rag’batlantiriladi.
Dam olish daqiqasi:
Bu shoxda bor 100 ta qush
U shoxda bor 150 ta qush
Uchib ketdi 50 ta qush
Shoxda qolar nechta qush? .
(Ingliz tilida qo’shiq kuylanadi)
O’yla, izla, top!
Faqat 8, 0 va 5 raqamlari ishtirok etgan barcha uch xonali sonlarni shunday yozingki, har bir sonning yozuvida raqamlar takrorlanmasin
Bilimingizni tekshiring!
805, 850, 508, 580.
362-masala. Bidonlardagi sut 14 ta 3 litrli va 11 ta 5 litrli bankalarga quyildi.Bankalarga hammasi bo’lib qancha sut quyilgan?
Quyildi- 14ta bankaga 3 litrdan sut
Yana -11 ta bankaga 5 litrdan sut
Hammasi-?, linr sut
Yechish: 1) 14x 3= 42 litr

  1. 11 x 5= 55 litr

  2. 42+55=97 litr

Javob:Hammasi bo’lib 97 litr sut quyilgan.
Sut haqida suhbat o’tkaziladi.
-Sutdan nimalar tayyorlanadi?
-qatiq, sariyog’, qaymoq, sir.
-Sut qanday holatda bo’ladi?
-Sut suyuq holatda bo’ladi.
O’quvchilar rag’batlantiriladi.
363-topshiriq.
Qanday qilib 3 litrli va 5 litrli idishlar yordamida hovuzdan 1 litr suv olish mumkin?
Yechish : 3litrli banka bilan olib 5litrli bankaga quyamiz va yana 3 litrli banka bilan olib 5litrli bankaga quyamiz , 3litrli bankaga 1 litr suv qoladi.
-Suv haqida suhbat o’tkaziladi.
-Suv haqida xalqimiz odatlaridan ayting?
a) Suvga tupurma
b)Suvga axlat tashlama
в) Suvni isrof qilma va boshqalar.
O’quvchilar rag’batlantiriladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:8 daqiqa
-O’quvchilar monitorda yozilgan testlarni bajaradilar.
1.Ortiqcha sonni toping?

  • a) 324 b) 45 d) 543

2. 679 sonida nechta o’nlik bor?

  • a) 67 ta b) 7 ta d) 679 ta

3 . 1 km necha metr ?

  • a) 100 m b) 1000 m d) 10000 m

4. Opa so’zini ingliz tilida tarjima qiling?

O’quvchilar rangli kartochkalar bilan rag’batlantiriladi.
Baholash: 3 daqiqa.

  • O’quvchilar guruhda to’plagan ballari aniqlanadi va o’rinlar belgilanadi.

  • Vazifa. 2 daqiqa

Darslikdagi 364-365- misollar sharti tushuntirilib uyga bajarish uchun beriladi
Download 39.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling