Mavzu: Uchinchi sinfda matеmatikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish mеtоdikasi. Reja: Kirish


II Bob. Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning matematikadan mustaqil


Download 0.67 Mb.
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1505257
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Uchinchi sinfda matеmatikadan sinfdan tashqari ishlarni t

II Bob. Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning matematikadan mustaqil
ishlarini tashkil qilish metodikasi (1-2-sinflarda)
2.1. Boshlang`ich sinf matematika ta`limida mustaqil ish turlari va ularni tashkil
qilish metodikasi.
Umyumiy ta`lim maktabining eng muhim maqsadi o`quvchilarga ularning
xotirasida uzoq vaqt saqlanadigan bilimlar berishdir. O`quvchi vaqt o`tishi bilan
maktabda olgan bilimlarining bir qismini unutadi. Lekin ular izsiz yo`qolmaydi.
Olingan bilimlar, garchi o`quvchilar unutganda ham, aqliy kamolotda ma`lum
darajada iz qoldiradi. Ko`pincha bolalar o`zlarining amaliy faoliyatlariga
bog`lanmagan maktab materialini eslaridan chiqaradilar. Ba`zan o`rganish jarayonida
mashq va mustaqil ishlar kam bajarilishi sababli, materiallar xotirada mustahkam
saqlanmaydi. Bulardan tashqari, oldingi mashg`ulotlarda o`zlashtirilgan bilim,
ko`nikma va malakalar yanada murakkabroq materialni o`rganish uchun bir pog`ona,
tayanch bo`ladi. Ana shu tayanchsiz o`quvchilarning o`sishi va olg`a siljishi mumkin
emas. Ilmiy bilimlarni egallash o`quvchilarning xotirasini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy
faolligi va turli ishlarni bajarishdagi mustaqilligini rivojlantiradi. Lekin olingan
bilimlar, hosil qilingan ko`nikma va malakalar keyinchalik, ilmiy bilimlar tizimini
o`rganishda tayanch sifatida xizmat qilishi uchun ular puxta o`zlashtirilishi, asosli
mustahkamlanishi va o`quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanishi kerak. Bu
mustahkamlik prinsipining talabi bo`lib, unga rioya qilinmasa, o`quvchilarning
o`zlashtira olmasligi va o`qishdagi qoloqligi kelib chiqadi. Bilimlar, ko`nikma va
malakalarning mustahkamligiga butun o`quv jarayoni mobaynida erishiladi.
Mustahkamlik prinsipining amalga oshishi, eng avvalo, o`quvchilarning o`quv
materialini idrok etishiga bog`liqdir.
O`quvchilarga ko`rsatmali, yaqqol, jiddiy mantiqiy izchillikda berilgan bilimlar
ularning xotirasida yaxshiroq mustahkamlanadi. Shu tariqa o`quvchilarning bilim,
ko`nikma va malakalarni puxta o`zlashtirishi, izchillik va tizimlilik, nazaryani

amaliyot bilan bog`lash, ko`rsatmalilik, o`quvchilarning ongliligini amalga oshirish


orqali ta`minlanadi. Shular bilan birga, o`qitish jarayonida mustahkamlik prinsipining
amalga oshishini ta`minlaydigan maxsus didaktik vositalar ham qo`llanadi. Ularga
mazkur darsda bayon qilinganlarni mustahkamlash kiradi. Bu ish o`quvchilar bilan
suhbatlar, mashqlarni tashkil etish, ta`limiy masalalarni hal qilish va har xil amaliy
topshiriqlarni bajarish orqali o`tkaziladi.
O`quvchilar materialni esdan chiqarishining oldini olish, ular unutgan bilimlarni
qayta tiklash, o`zlashtirgan bilimlarini tizimlashtirish va chuqurlashtirish uchun
takrorlashning har xil turlari amalga oshiriladi. Har bir mashg`ulotda oldingi dars
materialini joriy takrorlash o`tkazilib, u yangi material bilan bog`lanadi. O`quv yili
moboynida mavzu yoki bo`lim bo`yicha o`rganilgan materialni takrorlash uchun
maxsus darslar ajratiladi va uni tizimlashtirib, chuqurlashtirib hamda mustahkamlab
boriladi. Ana shu maqsadda o`quv yili oxirida eng muhim masalalarga doir
materiallar umumiy yo`sinda takrorlanadi. Agar mazkur predmetni o`rganish keyingi
sinfda ham davom etsa, yangi o`quv yilida unga doir mashg`ulotlar oldingi
materiallarni takrorlashdan boshlanadi.
Takrorlash passiv amalga oshirilmasligi kerak. Takrorlashda qo`shimcha
fakt va misollarni keltirish, o`rganilgan narsa va hodisalarning yangi tomonlarini
ko`rib chiqish, ularni chuqurroq tahlil qilish, bilimlarni murakkab ta`limiy va
amaliy masalalarni hal qilishda qo`llash kerak. Mana shularning hammasi
o`quvchilarning materialga qiziqishini oshiradi, mantiqiy taffakurini, ishdagi faolligi
va mustaqilligini rivojlantiradi.
O`quvchilarning bilimlarini puxta o`zlashtirishiga ko`nikma va malakalarni
mustahkamlash hamda chuqurlashtirishda yordam beradigan mashiqlarni bajarish
orqali erishiladi. Shu bilan birga, ularning fikri takomillashadi, bilimlari kengayadi va
chuqurlashadi. O`quv mashg`ulotlari davomida o`qituvchi bolalarning xotirasini
rivojlantirish ishlarini ham amalga oshirishi kerak. Ana shu maqsadda ularga

so`zlarni, ta`riflarni, har xil qoidalarni yodlash topshiriqlarini berishi lozim. Yodlash


quruq va ma’nosini anglab yodlashdan iborat bo’ladi. Ma`nosini anglab yodlash yangi
materialni ilgaridan ma`lum materialga, nomlarga mantiqiy bog`lash asosida amalga
oshadi. U quruq yodlashga nisbatan o`quvchilar xotirasida materialni kamroq vaqt
sarflangan holda ko`proq musthkamlashni ta`minlaydi. Shuning uchun o`quvchilarda,
avvalo, mantiqiy ma`nosini anglab xotirlashni rivojlantirish zarur.
Birinchi sinf o`quvchisi ta`limning dastlabki oylaridagi o`qish darslarida
o`qilgan hamma narsani to`la yodlashga, matnlarni yoddan gaprib berishga harakat
qiladi.Chunki u asosiy fikrni ajrata olmaydi.
O`qituvchining vazifasi o`quvchilar o`zlashtiradigan materialning
mustahkamligini ta`minlashdan, darsni tushuntirish tizimidagi asosiy fikr ajraladiga
yo`sinda tashkil qilishdan iboratdir.
Yuqoridagilardan xulosa sifatida aytish mumkinki, o`quvchilar o`zlashtiradigan
bilimlar mustahkam bo`lishi uchun :
1. O`qituvchi o`quv materialidagi asosiy fikrni ajratishi shart.
2. O`quv materialidagi asosiy fikr o`quvchi o`rganilgan masala bo`yicha biladigan
g`oyaga bog`langan bo`lishi kerak.
3. Bilimlar o`quvchilarning qarashlari va e`tiqodlari tizimini o`z ichiga olishi lozim,
shundagina ular bolaning boyligiga, yutug`iga aylanadi va u bilimlarni esidan
chiqarmaydi.
4. O`quv materialini o`quvchining amaliy ishlari va mashiqlariga bog`lab,undagi
bilimlarning mustahkamligini ancha oshirish zarur.
Ta`limning hozirgi sharoitida bolalarning individual hususiyatlarini o`rganish va
ularga yakka tartiba yondashishni amalga oshirish tobora katta ahamiyat kasb
etmoqda.

Hozirgi kunda yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish vazifalarini bajarish


uchun ota-onalar va bolalarga maktabdan tashqari qo`shimcha vositalarni tanlash
bo`ycha keng imkoniyatlar tug`ulmoqda.
Boshlang`ich sinflarda, ayniqsa, o`qitishning birinchi bosqichida o`qituvchining
bevosita boshchiligida bajariladigan o`quv ishlaridan keng foydalaniladi, o`qituvchi
o`quvchilarning ishlarini kerakli ishga mohirlik bilan yo`naltirib turishi kerak.
Ammo hozirgi vaqtda o`qitish samaradorligini oshirishga imkon beruvchi
ta`sirli metod sifatida o`quvchilarning mustaqil ishlariga borgan sari ko`piroq e`tabor
berilmoqda. O`quvchilarning mustaqil ishlari hozir o`qitishning hamma bosqichlarida,
shu jumladan, yangi bilimlarni berish bosqichida ham kuzatiladi. Bu muhim hodisa
hozirgi zamon ta`limining o`quvchilarning umumiy rivojlanishlariga
yo`naltirilganligini yana bir karra ta`kidlaydi.
Didaktik adabiyotlarda mustaqil ish tushunchasini har xil ta`riflanadi.
Mustaqil ishning B.P.Esipov bergan ta`rifini eng to`g`ri ta`rif deb tan olish kerak:
“O`quvchilarning o`qitish protsessiga qo`shiluvchi mustaqil ishlari bu o`qituvchining
bevosita qatnashuvisiz, maxsus ajiratilgan vaqt davomida uning topshiriqlari bo`yicha
bajariladigan ishdir: bunda o`quvchilar topshiriqda qo`yilgan maqsadga erishishga
o`z kuchlarini sarflaydilar, aqliy yoki jismoniy(yoki ikkalasini birgalikda) harakatlar
natijasini biror formada ifodalab, ongli ravishda intiladilar”.
Mustaqil ishlar quyidagilarga ko`ra o`zaro farq qilinadi:
a) didaktik maqsadlar bo`yicha. Bu ishlar o`quvchilarni yangi materialni qabul
qilishga (idrok qilishga) tayyorlashga, yangi bilimlar o`zlashtirishga,
mustahkamlashga, ilgari o`tilgan materialni takrorlashga yo`naltirilgan
bo`lishi mumkin.
b) o`quvchilar mustaqil ishlayotgan material bo`yicha: darslik bilan, didaktik
material ustida, bosma asosli daftar ustida ishlash va hokazo;

v) o`quvchilardan talab qilinadigan faoliyat xarakter bo`yicha: bu nuqtai


nazardan ishlarni berilgan namuna bo`yicha, berilgan qoida bo`yicha va hokazo
bir-biridan farq qilinadi;
g) tashkil qilinish usuliga ko`ra: umumsinf ishi (frontal ish), bunda sinfning
hamma o`quvchilari bitta ishning o`zini bajarishadi; gruppaviy ish
(differentsiatsiyalashgan ish), bunda o`quvchilarning har xil gruppalari har xil
topshiriqlar ustida ishlashadi, individual ish, bunda har xil topshiriqlar ustida
ishlashadi, individual ish, bunda har bir o`quvchi maxsus topshiriq ustida ishlaydi.
Matematikadan deyarli har bir darsda 2-3 ta qisqa vaqtli mustaqil ish o`tkazish
maqsadga muvofiq ekanligini ta`kidlab o`tamiz. Shu vaqtning o`zida o`quvchilarni
mustaqil ishlashga yetarlicha tayyorlamay turib, ularga topshiriqni bajarishda
mustaqillik berish ko`pincha o`quv vaqtini isrof qilishga olib keladi.
Faollashtiruvchi (interfaol) darslar.
O‘qituvchi boshchiligada bajariladigan o‘quvchilarning mustaqil ishlari
o‘quvchilarning umumiy rivojlanishlariga yo‘naltirilganligini yana bir karra
ta’kidlaydi.
Didaktik adabiyotlarda mustaqil ish tushunchasini har xil ta’riflanadi.
Mustaqil ishlar quyidagilarga ko‘ra o‘zaro farq qilinadi:
a) didaktik maqsadlar bo‘yicha: o‘quvchilarni yangi materialni qabul qilishga
(idrok qilishga) tayyorlashga, yangi bilimlarni o‘zlashtirishga,
mustahkamlashga, ilgari o‘tilgan materialni takrorlashga yo‘naltirilgan
bo‘lishi mumkin;
b) o‘quvchilar mustaqil ishlayotgan material bo‘yicha: darslik bilan, didaktik
material ustida, bosma asosli daftar ustida ishlash va hokazo;
d) o‘quvchilardan talab qilinadigan faoliyat xarakteri bo‘yicha: bu nuqtayi
nazardan bajariladigan ishlarni berilgan na`muna, qoida bo‘yicha va
hokazo bir-biridan farq qilinadi;
O‘quvchi maxsus topshiriq ustida ishlaydi. Matematikadan deyarli har
bir darsda 2–3 ta qisqa vaqtli mustaqil ish o‘tkazish maqsadga muvofiq
ekanligini ta’kidlab o‘tamiz.
Pedagogikada mustaqil ishlar muammosi juda uzoq tarixga ega. O`quvchilarda
mustaqillikni shakillantirish K.D.Ushinskiy pedagogik tizimining asosiy
muammolaridan biri edi. U tarbiyachi o`z shogirdlarining mustaqil ishlashiga ko`piroq
imkoniyat yaratib bermog`i, o`quvchini tayyor xulosalar bilan qurollantirishga
ko`ra,uning o`ziga xulosalar izlashni o`rgatmog`i kerak,- deb ta`kidlagan edi:
Ta`limda faollik va mustaqillik muammosi bir-birini to`ldiradigan,o`zaro uzviy
bog`langan pedagogik kategoriyalar hisoblanadi. Har qanday aktiv faoliyat asosida
mustaqil aqliy faoliyat yotadi. Mustaqil ishlarsiz hech qanday faol faoliyat
bo`lmaydi.
Ammo bu faollik va mustaqillik bir xil tushuncha ekan, degan fikrga olib
kelmasligi kerak. Faollik mustaqillik tushunchasiga nisbatan ancha kengroq sohani
o`z ichiga oladi. Faollik to`g`risida gapirganda,o`qituvchi tushuntirishi, mavzuni
diqqat bilan tinglash, turli xil vositalar: ko`rgazma qurol, mustaqil ish yordamida
o`quvchilarning faolligini oshirish, ijtimoiy va ma`naviy hayotda faollik bilan
ishtirok etish, moddiy ne`matlarni ishlab chiqarishda ijodkorlik, tashabbuskorlik
ko`rsatish kabilar tushuniladi. Demak, faollik tushunchasi xoh o`quv-tarbiya,xoh
ijtimoiy va ma`naviy hayot sohasida bo`lmasin, kishining ongli, aqliy faoliyatini
ifodalash uchun ishlatiladi. Darslarda o`tkaziladigan mustaqil ishlar
o`quvchilarning faolligini oshirishning asosiy vositalaridan biri sanaladi.
Kishi mustaqil aqliy faoliyat ko`rsatish, mustaqil o`rganish orqaligina fan
asoslarini puxta egallaydi. Kitob ustida mustaqil ishlay olish malakalari, dastavval,
boshlang`ich sinflarda hosil qilinadi,bu malakalar yuqori sinflarda yanada
takomillashtiriladi. Darslarda tashkil etiladigan mustaqil ishlar o`quvchilarda kitob
ustida ishlash malakasini shakllantirishning yetakchi omilidir.
Didaktika va xususiy metodikaga oid adabiyotlarda mustaqil ishlar muammosi
uch tomondan talqin qilinadi: fan asoslarini egallashdagi mustaqillik – didaktik
prinsip; mustaqil ishlash – o`qitish metodi; mustaqil ishlar – darsda tashkil
etiladigan topshiriq - o`quvchi shaxsini shakillantirish vositasi.
Umumiy ta`lim predmetlaridan biri sanalgan “Matematika” o`quvchilarda
mustaqillikni taraqqiy ettirish uchun juda boy imkoniyatlarga ega.
O`quvchilarning mustaqil ishlari matematika darslarining barcha
bosqichlarida o`tkaziladigan, o`quvchilarning bevosita ishtirokisiz, ammo uning
ko`rsatmalari va rahbarligida bajariladigan, o`quvchilarning ongli ravishda faoliyat
ko`rsatishini ta`minlaydigan grammatik vazifalardir.
Ilg`or o`quvchilar darslarni ijodiy uyushtirishda o`quvchilarning mustaqil
ishlariga tayanadilar. Kuzatishlar shuni tasdiqlaydiki, aksariyat o`quvchilar mustaqil
ishlarning o`ziga xos xususiyatlaiga yetarli ahamiyat bermay, uni nafasni rostlab
olish uchungina o`tkazadilar. Ba`zi maktablarda matematikadan o`tkaziladigan
mustaqil ishlar o`quvchilarning bilimi, hayotiy tajribasi,individual xususiyatlariga
to`g`ri kelmaydi.
1. Darslarda o`tkaziladigan mustaqil ishlar dars tipiga,dars jarayonining turli
bosqichlariga,o`quv materialining mazmuniga bog`liq bo`ladi.Matematikadan
o`rganiladigan har bir mavzuga xarakteriga muvofiq mustaqil ishlar uyushtiriladi.
Matematika darslarida o`tkaziladigan mustaqil ishlarga quyidagi talablar
qo`yiladi:
a) mustaqil ishlar pedagogik va psixologik tomondan, asoslangan, o`quvchilarning
yosh va individual xususiyatlariga, bilimiga mos bo`lishi, o`quvchilarga tilni

o`zlashtirishga qiziqtirishi lozim; b) o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriq


bolalarning o`quv materialini faol idrok etishini ta`minlashi zarur; d) mustaqil
ish hayotiy bo`lishi,o`rganilgan nazariy bilimlarni amaliy tatbiq etishning
vositasi bo`lmog`i kerak.
Ta`lim ilgarilab ketgan sari mustaqil ishlarning hajmi, murakkabligi oshira
boriladi.
O`quvchilarning ish tempi, mustaqillik darajasi o`sadi. Boshlang`ich sinflarda
tashkil qilinadigan mustaqil ishlar hajmi va murakkabligi jihatidan uch guruhga
bo`linadi: tayyorlovchi; yarim mustaqil yoki oraliq; natijasi matnga teng mustaqil
ishlar.
1. Tayyorlovchi mustaqil ishlar. Pedagogik – psixologiyadan ma`lumki,
boshlang`ich sinf o`quvchilari vazifalarni mustaqil bajarishga ancha qiynaladilar.
Ular berilgan topshiriqlarni taqlid qilish yo`li bilangina bajara oladi. Ilg`or
o`quvchilar birinchi sinfda dastlabki mustaqil ishlarni quyidagicha tashkil etishadi:
avvalo, o`qituvchi o`quv qurollariga muomala qilish, o`quv qurollaridan foydalanish,
o`qish va yozish paytida partada o`tirish qoidalarini amaliy ravishda ko`rsatib beradi.
O`quvchilar o`qituvchiga ergashib, uning qilgan harakatlarini takrorlaydi.
2. Yarim mustaqil yoki oraliq ishlar. Mustaqil ishlarning bu turi yetaklovchi
savollar, darslik, bosma asosli tarqatma materiallar, ko`rgazma qurollardan
foydalanish asosida bajariladi.
3. Natijasi matnga teng mustaqil ishlar. Ta`lim ilgarilagan sari o`quvchilar
yanada murakkabroq vazifalarni bajara oladilar. Bunday ishlar hajmining kattaligi,
bajarish uchun ko`p vaqtni talab qilishi bilan mustaqil ishning oldingi turlaridan farq
qiladi. Bunday mustaqil ishlarning oldingi turlaridan farqlash uchun “natijasi
matnga teng mustaqil ishlar” terminini ishlatdik. Shunday qilib, matematika
darslarida o`tkaziladigan mustaqil ishlar tizimi o`quv materialining mazmuni, sinf
o`quvchilarining tayyorgarlik darajasi, mustaqil ishni bajarish uchun ketadigan vaqtga
ko`ra aniqlanadi.
4. Darslik materiallari ustida mustaqil ishlarni tayin etish yo`llari. Maktab
darsliklarining oldiga qat`iy ilmiy-izchillik, milliy istiqlol g`oyasini singdirish kabi
qator vazifalar qo`yilmog`i zarur. Stabillashgan, tajribada o`zini oqlay olgan
darsliklargina o`quvchilarga har taraflama yetuk bilim bera oladi, o`quvchilarni
mustaqil ishlashga odatlantira oladi. Maktablarda o`quvchilarning ish tajribasini
o`rganish, o`quvchilarning darslik ustida ishlay olish iqtidorlarini tekshirish shu
xulosaga olib keldiki, darslik materiallari o`quvchilar tomonidan atiroflicha
o`rganilib, murakkabligi jihatidan farqlanmaydi, o`quvchilarga darslik ustida
mustaqil ishlay olish ko`nikmalari singdirilmaydi. Boshlang`ich sinf o`quvchilari
kitob ustida ishlash malakasini hosil qilmasdan yuqori sinfga ko`chirilada . Bu, bir
tomondan, o`quvchining bundan so`ng o`z bilimini oshirish ustida qunt bilan
ishlashiga to`sqinlik qilsa, ikkinchi tomondan, o`qituvchilarni qiynab qo`yadi.
Qisqasi, o`quvchilar maktabni bitirgach, o`zlari faoliyat ko`rsatib mustaqil bilim
olishga poydevor hosil qilmasdan “hayotga yo`llanma” oladi.
Kishining o`z faoliyati evaziga hosil qiladigan shaxsiy sifatlari, bilim olishga
bo`lgan ishtiyoqi uning maktab partasida hosil qilgan shaxsiy sifatlarining (bilim
olish ,tevarak-atrofdagi voqelikka to`g`ri munosabatda bo`lish, irodalilik, mustaqillik,
tashabbuskorlik va shu kabilar) qonuniy davomidir. Kishining o`z faoliyati –
taraqqiyot asosi. Faoliyatdan tashqarida taraqqiyot bo`lmaydi. Bu qonuniyat yosh
avlod uchun alohida ahamiyatga ega. O`quvchi maktabda darslik ustida mustaqil
ishlashni qanchalik puxta o`rgansa, maktabni bitirib chiqqandan so`ng o`z bilimini
oshirish uchun shunchalik muvaffaqiyatli ishlay oladi. Darslik materiallari ustida
o`quvchilarni mustaqil ishlashga o`rgatish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
o`quvchilarda tashkiliy – texnik malakalarni hosil qilish; o`quvchilarga darslikdagi
misol va masalalar ustida ishlash yo`llarini o`rgatish. O`quvchilarni kitob ustida

mustaqil ishlashga o`rgatishning dastlabki bosqichi bolalarni darslik bilan


tanishtirishdir. O`qituvchi kitob bilan tanishtirayotganda, faqat kitob muqovasi,
rasmlarnigina ko`rsatib qo`ya qolmay, balki har bir mayda elementini : kitobning
nomi, muallifiing familiyasi qayerga yozilishi, betlari, mundarijasini ham
tushuntirib berishi zarur. Buning uchun kishi suhbati o`tkaziladi. Suhbatda, avvalo,
o`quvchilar diqqati darslik muqovasiga tortiladi, o`quvchilar o`qiduvchi rahbarligida
kitob mualliflarini, kitob matematikani o`rganish uchun yaratilganligini, uning
“O`qituvchi” nashiryotidan chiqqanligini bilib oladilar. So`ngra o`quvchilar diqqati
darslik materiallariga tortiladi.
Darsning turli bosqichlarida o`tkaziladigan mustaqil ishlarning har biri ma`lum
maqsad uchun xizmat qiladi. Masalan, o`tilgan mavzular yuzasidan o`tkaziladigan
mustaqil ishlar o`quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, bilim va malakalardagi
zaif tomonlarni aniqlash maqsadida tashkil qilinsa, yangi mavzuni o`rganishdan oldin
shu mavzuga oid materiallar asosida uyishtiriladigan ishlar o`quvchilarni yangi o`quv
materialini faol idrok etishga tayyorlaydi. Mavzu o`rganilgach, tashkil qilinadigan
mustaqil ishlar bilimlarni mustahkamlashga va malaka hosil qilishga xizmat qiladi.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling