Mavzu: Uchinchi sinfda matеmatikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish mеtоdikasi. Reja: Kirish


Download 0.67 Mb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1505257
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Uchinchi sinfda matеmatikadan sinfdan tashqari ishlarni t


Mavzu: Uchinchi sinfda matеmatikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish mеtоdikasi.


Reja:


Kirish. (Mavzuni dolzarbligi, maqsadi, maqsadni amalga oshirish uchun
bajariladigan vazifalar).


I.Bob. Boshlang`ich ta`limda mustaqil ishlarni tashkil qilish.


1.1 Boshlang`ich sinf matematika darslarida mustaqil ishlarini tashkil etishning
pedagogik asoslari.


II. Bob. Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning matematikadan mustaqil ishlarini
tashkil qilish metodikasi (1-2-sinflarda)


2.1. Boshlang`ich sinf matematika ta`limida mustaqil ish turlari va ularni tashkil qilish metodikasi


2.2. 1-sinfda o`quvchilarning matematikadan mustaqil ishlarini tashkil qilish
metodikasi.


2.3. 2-sinfda o`quvchilarning matematikadan mustaqil ishlarini tashkil qilish
metodikasi.


Xulosa.


Foydanilgan adabiyotlar.


Kirish

Bugungi kunda yoshlarga ta`lim-tarbiya berish muhim masalalalardan biri hisoblanadi. Bu borada maktablarimizda yangilangan mazmundagi modernizatsiya qilingan dasturlar, takomillashgan standartlar, yangi darsliklar, o`z vaqtida yetkazib berilmoqda. Prezidentimiz SH.Mirziyoyev ta`kidlaganidek: “Bizning asosiy vazifalarimizdan biri bilimga chanqoq, iste`dodli yoshlarni topib, ularni vatanga fidoyi insonlar qilib tarbiyalashdir” deb aytib o`tgan. Ta’lim-tarbiya hayotning mangu abadiy hamrohi,murabbiy va bunyodkoridir. Yurtboshimiz o`z ta’limotida aynan ana shu qonuniyatga asoslanadi: “Ta`limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O`zining qadri-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo`lgan insonlarni imkoniga ega bo`lamiz” Ta`lim islohoti millatni, xalqni demokratik o`zgarishlar, yangi jamiyat barpo etish yo`lidan dadil yetaklovchi, barchamizni harakatlantiruvchi ichki kuchga, tabiiy ehtiyojga aylandi. O`zbekiston respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatni qurish yo`lidan bormoqda. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama rivojlangan barkamol insondir. Axborotlar jadallik bilan integratsiyalashib borayotgan hozirgi davrda zamonaviy ta`limning asosiy vazifalaridan biri atrof-olam, voqea-hodisalarni ta`lim jarayoni orqali mustaqil tahlil qila oladigan shaxsni kamol topdirishda namoyon bo`ladi. Bu maqsadga, albatta,o`quvchilarning ta`lim jarayonidagi faolligini oshirib borish orqali erishish mumkin.


Darhaqiqat, yoshlarni har tamonlama: ham aqlan, ham jismonan barkamol, axloqan
yetuk, ma`naviy pok qilib tarbiyalash shu kunning muhim dolzarb muommalaridan biriga aylanib qoldiki, bu davr va bugungi turmushimizning taqozosidir.
Ulkan iqtisodiy o`zgarishlar ro`y berayotgan hozirgi davrda matematikaning ahamiyati yanada oshdi. Shuning uchun ham matematik ta`lim katta ijtimoiy ahamiyatga ega. Respublikamiz hukumati yoshlarga ta`lim va tarbiya berish tizimini takomillashtirish, ta`lim va tarbiyani turmushning oshib borayotgan talablari darajasiga yetkazish vazifasini qo`ydi. 2020-yil “Ta`lim to`g`risida qonun”ni yangi taxriri qabul qilindi. Bu qonunda ijtimoiy va iqtisodiy o`zgarishlar davrida maktabning roli yanada o`sganligi, maktabning bosh vazifasi-o`quvchilarga fan asoslarida puxta bilm berish ularda iqtisodiy-matematik savodxonligini shakllantirish, hayotga va ongli kasb tanlashga tayyorlash haqida, hamda o`quv reja va dasturlari ta`lim mazmunini hozirgi zamon yutuqlari va talablari darajasiga keltirish to`g`risida fikrlar keltirildi. Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida deyarli barcha predmetlar, jumladan, matematika ham yangi o`quv dasturi kiritdi, o`qitish metodlari takomillashtirildi. Boshlang`ich sinflar uch yil o`rniga to`rt yillik ta`limga o`tkazildi. Boshlang`ich sinflarda matematikadan yangi dasturlarga o`tish munosabati bilan, yangi metodik tizim ishlab chiqildi. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga matematikani muvoffaqiyat bilan o`qitish uchun mehnat faoliyatini boshlovchi o`qituvchi matematika o`qitishning ishlab
chiqilgan tizimini ya`ni boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini egallagan bo`lishi va shu asosida mustaqil ravishda ijodiy ishga kirishishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Jumladan, 1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi.
Har qanday mamlakatning kuchi uning, fuqarolarining ma’naviy yetukligi, intellektual salohiyatga egaligi bilan belgilanadi. Fuqarolarning ma’naviy yetukligi,intellektual salohiyati esa ta’lim tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama shakllanishi uchun xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarning mavjudligi, jamiyatda qaror topgan ijtimoiy sog’lom muhit darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, aholining etnopsixologik xususiyatlari, axloqiy qarashlari va hayotiy e’tiqodlari asosida shakllantiriladi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to‘g’risida”gi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g’ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir1.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish,
uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan
demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi
yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir.
Uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay
davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar ma’lumotlarini
o‘zlashtiradi, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida
kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi.
Xulosa qilib aytganda, buyuk va mustaqil O’zbekistonimizning umidli egalari
bo’lmish yosh avlod ta’lim – tarbiyasiga jiddiy ahamiyat qaratish, har bir o’quvchi
ruhiyatini yaxshi anglagan holda ular bilan va yaqin do’stona munosabatda bo’lish,
buning uchun esa oila – maktab- mahalla hamkorligini yaxshi yo’lga qo’yish,
o’qitishning ilg’or pedagogik texnologiyalar, inavatsion usullar, multimediya
vositalaridan foydalanib, mukammal bilim berish o’qituvchining yutug’i hisoblanadi.
Bu borada yetuk mutaxassislar bilan bir qatorda bo’lajak murabbiylar, yosh kadrlar,
ya’ni biz talabalarning qo’shajak hissamiz esa millatimiz poydevori, kelajak avlod
tarbiyasida ko’zlangan maqsadga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda boshlang’ich sinf o’quvchilarini to’g’ri
tarbiyalash va ta’lim berish muhimdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini matematik
bilimlarini shakllantirishda mustaqil ishlarni tashkil qilish muhim o’rin egallaydi.
Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalash muhim vazifalardan biri sanaladi.Bu
vazifani bajarish asosan, pedagoglarga bog`liq bo`ladi.Shu maqsadda yoshlarni bilim
olishiga katta e`tibor qaratish lozim.Boshlang`ich sinfdanoq alohida mustaqil
shug`ullanish katta samara beradi.Shu sababli boshlang`ich sinflarda o`quvchilarni
matematikadan mustaqil ishlarini tashkil qilish dolzarb mavzu hisoblanadi.
1 - 2 - sinflarda matematika o’qitish jarayonida mustaqil ishlarni tashkil qilishdan
maqsad: o’quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini o’stirish, tafakkur doirasini
kengaytirish, matematika faniga qiziqishni tarbiyalashdan iborat .

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling