Mavzu: Uchinchi sinfda matеmatikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish mеtоdikasi. Reja: Kirish


-sinfda o`quvchilarning matematikadan mustaqil ishlarini tashkil qilish


Download 0.67 Mb.
bet6/8
Sana16.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1505257
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Uchinchi sinfda matеmatikadan sinfdan tashqari ishlarni t

2.2. 3-sinfda o`quvchilarning matematikadan mustaqil ishlarini tashkil qilish
metodikasi.
Boshlang`ich sinflarda mustaqil ishlarga darslik ichiga kiritilgan uyda bajariladigan misol va masalalar va iqtidorli o`quvchilar uchun boshqotirmalar mustaqil ish sifatida berilgan. Shulardan 2-sinf matematika darslikida berilgan misol va masalalarni ko`rib chiqamiz . Bu darslik ichiga 152 ta iqtidorli o`quvchilar uchun boshqotirmalar sifatida misol va masalalar berilgan. Uyda bajariladigan mashqlar ham 152 ta shundan 76 ta misol va 76 ta masala berilgan. [17] darslikning 4-betidan boshlab mustaqil ish sifatida berilgan misol va salalarni ko`rib chiqamiz.[17,4] 2-sinfda o`tilganlarni takrorlash ” Ikki xonali sonlarni xonadan o`tib qo`shish”mavzusi ichida berilgan 5-misolni ko`rib chiqamiz.Shaklda nechta kvadrat yashiringan?Javob:Bu shaklda 17 ta kvadrat yashiringan.7 – masala Bog`dagi uch tup daraxtdan 48 kg olxo`ri terib olindi. Birinchi daraxtdan 12 kg, ikkinchisidan 24 kg olxo`ri olingan bo`lsa, uchinchi daraxtdan necha kilogramm olxo`ri terib olingan?

Yechish:
Birinchi va ikkinchi daraxtdan terib olingan olxo`rilar sonini qo`shamiz keyin uchala


daraxtdan terib olingan olxo`rilar sonidan chiqqan natijani ayiramiz.
1) 12 + 24 = 36 (kg)
2) 48 – 36 = 12 (kg)
Javob: Uchinchi daraxtdan 12 kg olxo`ri terib olingan.
Bu masalaning javobini to`g`riligini tekshirish uchun masalaga teskari masala tuzib
tekshiramiz.
“ Bog`da uch tup olxo`ri daraxti bor. Birinchi daraxtdan 12 kg, ikkinchisidan,24 kg,
uchinchi daraxdan esa 12 kg olxo`ri terib olindi.Bog`dagi barcha daraxtdan necha
kilogramm olxo`ri terib olingan?”
Yechish:
1) 12 + 24 = 36(kg)
2) 36 + 12 = 48 (kg)
Javob: 48 kg olxo`ri terib olingan. Demak, masalamizning javobi to`g`ri ekan.
[17;6]
14 – masala. Birinchi do`konga 56 kg, ikkinchi do`konga esa undan 12 kg kam go`sht
keltirildi. Ikkiala do`konga hammasi bo`lib necha kilogram go`sht keltirilgan?
Yechish:
56 – 12 = 44 (kg)
56 + 44 = 100 (kg)
Javob: Hammasi bo`lib 100 kg go`sht keltirilgan.

Bu masalani javobini tekshirish uchun unga teskari masala tuzib tekshiramiz.


Ikki do`konga hammasi bo`lib 100 kg go`sht keltirilgan. Birinchi do`konga 56 kg go`sht
keltirilgan. Ikkinchi do`konga necha kilogramm go`sht keltirilgan?
Yechish:
1) 100 – 56 = 44 (kg)
Javob: Ikkinchi do`konga 44 kg go`sht keltirilgan. Demak, javob to`g`ri ekan.
“Qavsli ifodalar” bu mavzudagi miso va masalalarni ko`rib chiqamiz.
Qavsli ifodalarda avval qavs ichidagi amal, keyin boshqa amallar chapdan o`ngga qarab
tartib bilan bajariladi.
19- masala iqtidorli bolalar uchun berilgan masala.
9 ta cho`pdan 3 tasining har biri 3 bo`lakka bo`linsa, jami cho`plar nechta bo`ladi?
Jami: 15 ta cho`p bo`ladi.
[17;7]
20 – 21 – misollar uyda bajariladigan misol va masalalar.
1) (37+14) + 15=51 + 15 = 66
2) 49 +(24 – 17) =49 +7=56
3) 18+(36 –30)= 18+6= 24
4)(50-20)- 10=30-10=20

[17;21] Polizdan 24 ta tarvuz va undan 7 ta kam qovun uzildi. Hammasi bo`lib nechta


tarvuz va qovun uzib olingan.
Yechish:
24 – 7 =17 ta
Javob: 24 ta tarvuz, 17 ta qovun uzib olingan.
“Qo`shishning guruhlash qonuni.”
Qo`shiluvchining o`rin almashtirilgani bilan yig`indi o`zgarmaydi.
Qo`shiluvchilarning o`rnini almashtirish orqali ularni guruhlab qo`shish mumkin.
[17;8]
27 – misol iqtidorli bolalar uchun berilgan misol hisoblanadi.
4 dan 9 gacha bo`lgan 6 ta sonni bo`sh doirchalar ichiga shunday joylashtiringki har bir
qator yig`indisi 17 ga teng bo`lsin.

[17;8]
28 – misol uyda bajariladigan misol hisoblanadi.


1. 6+9+4= 9+6+4= 4+6+9= 4+9+6= 19
2. 8+7+2= 7+8+2= 2+7+8= 2+8+7= 17
3. 14+17+6= 17+14+6= 6+17+14= 6+14+17= 37

4. 25+26+5= 26+25+5= 5+26+25= 5+25+26= 56


5. 27+8+3+32= 8+27+3+32= 3+8+27+32= 32+8+3+7=70
6. 4+38+6+12= 38+4+6+12= 6+38+4+12= 12+6+38+4= 12+38+6+4=
6+4+38+12=60
[17;8]
29 – masala uyda bajariladigan masala hisoblanadi.
Birinchi qopda 46 kg, ikkinchi qopda undan 8 kg kam karto`shka bor. Ikkala qopda
hammasi bo`lib necha kilogramm karto`shka bor?
Yechish:
1) 46- 8 = 38 kg
2) 46 + 38 = 84 kg
Javob: Hammasi bo`lib 84 kg korto`shka bor.
Sondan yig`indini ayrish. Yig`indidan sonni ayrish mavzusi ichida misol va masalalar
berilgan.
[17;9]
34 – masala 12 ta shashka donasini uch qator qilib shunday joylashtiringki, har bir
qatorda 5 tadan shashka donasi bo`lsin.
[17;9] Avval qavs ichidagi amallar bajariladi undan so`ng boshqa amallar bajariladi.
1) 19-(8+9)=19-17=2
2) (32+7)-8=39-8=31
3) 83-(38+45)=83-83=0

4) (28+43)-67=71-67=4


[17;10]
Bog`da 48 tup daraxt bor. Ulardan 23 tupi olma, 12 tupi o`rik, qolganlari esa shaftoli
daraxti. Bog`da nechta tup shaftoli daraxti bor?
Yechish:
1) 48 – 23 = 25
2) 25 – 12 = 13
Javob: 13 ta shaftoli daraxti bor ekan.
Bu masal javobini teskari masala tuzib tekshiramiz.
Bog`da 23 tup olma,12 tup o`rik va 13 tup shaftoli daraxti bor. Bog`da hammasi bo`lib
nechta mevali daraxt bor?
Yechish:
1) 23 + 12 =35
2) 35 + 13 =48
Javob: 48 ta daraxt bor ekan. Demak,masalaning javobi to`g`ri ekan.
Ko`paytirish va bo`lish orasidagi bog`lanish mavzusi ichidagi misol va masalalarni
ko`rib chiqamiz.
Ikki sonning ko`paytmasi ko`paytuvchilardan biriga bo`linsa,ikkinchi ko`paytuvchi hosil
bo`ladi.
[17;12]
49 – misol iqtidorli bolalar uchun berilgan misoldir.

1 dan 9 gacha sonlarni kvadrat kataklariga shunday joylashtiringki, kvadratlarning har


bir qatori va ustuni bo`yicha sonlar yig`indisi 15 ga teng bo`lsin.
[17;12]
50-misol va 51-masala uyda bajariladigan mustaqil ish.
1) 2* x =14 2) x* 6 = 54 3) 48 :x = 8
14 : 2 = 7 54 : 6 = 9 48 : 8 = 6
[17; 12] Rasm asosida masala tuzish.
1) 3 ta likopchaning har birida 5 tadan nok bor. Likopchalardagi jami noklar nechta?
Yechish: 3 x 5 = 15 (ta)
Jami: 15 ta nok bor ekan.
2) 15 ta nok 3 ta likopchaga teng taqsimlandi. Har bir likopchaga nechtadan nok
qo`yilgan?
Yechish: 15 : 3 = 5 (tadan)
Javob: 5 tadan nok bor ekan.
3) 15 ta nok likopchalarga 5 tadan qo`yib chiqildi. Noklar nechta likopchaga qo`yilgan?
Yechish: 15 : 5 = 3(ta)
Javob: 3 ta likopchaga bo`lingan ekan.
Rasm asosida bo`lish va ko`paytirishga doir 3 xil masala tuzish mumkin ekan.
“0 va 1 sonlari ishtirokida ko`paytirish” mavzusi ichiga kiritilgan misol va masalalarni
ko`rib chiqamiz.
Har qanday songa ko`paytirilsa yoki har qanday son 0 ga ko`paytirilsa, 0 hosil bo`ladi.
1 har qanday songa ko`paytirilsa yoki har qanday son 1 ga ko`paytirilsa, shu sonning o`zi
hosil bo`ladi
[17;13] 57-misol iqtidorli bolalar uchun berilgan misol hisoblanadi.
12 ta shashka donasini to`rt qator qilib shunday joylashtiringki, har bir qatorda 4 tadan
bo`lsin.

12 ta shashka donasi joylashtirilgan.


[17;13] 58-misol va 59-masala uyda bajariladigan mustaqil ish hisoblanadi.
1) 5 x 0 +1 x 9 = 0 + 9 = 9
2) 6 x 1 – 8 x 0 = 6 – 0 = 6
3) 3 x 9 + 24 x 1 = 27 + 24 = 51
4) (73 – 34)* 1= 39* 1 = 39
[17;15] Bir jo`yakdan 35 kg, ikkinchi jo`yakdan undan 16 kg ortiq piyoz yig`ishtirib olindi.
Ikkala jo`yakdan hammasi bo`lib necha kilogramm piyoz olingan?
Birinchi jo`yakda – 35 kg
Ikkinchi jo`yakda - ? 16 kg ko`p
Hammasi bo`lib - ? kg
Yechish: 35 + 16 = 51(kg)
35 + 51 = 86 (kg)
Javob: Hammasi bo`lib 86 kg piyoz yig`ishtirib olingan.
“Ko`paytuvchilarning o`rinlarini almashtirish xossosi” mavzusi ichiga kiritilgan
misol va

masalalarni ko`rib chiqamiz.


Ko`paytuvchilarning o`rni almashgani bilan ko`paytma o`zgarmaydi.
[17;16]
7-misol iqtidorli o`quvchilar uchun berilgan misol hisoblanadi.
12 metr arqon teng ravishda uch joyidan qirqilsa, har bir bo`lakning uzunligi necha metr
bo`ladi?
12 : 3 = 4m
I II III IV
[17;16]
7-misol va8-masala uyda bajariladigan mustaqil ish sifatida berilgan topshiriq hisoblanadi,
Jadval bo`yicha misollar tuzing va ularni yeching.
Qo`shiluvchi 2x5 4x8 8x3 3x9
Qo`shiluvchi 6x8 6x7 5x9 7x8
1) 23 + 6 * 8 = 23 + 48 =71
2) 7* 5 + 43 = 35 + 43 = 78
3) 4*8 + 6* 7 = 32 + 42 = 74
4) 8* 3 + 5* 9 = 24 + 45 = 69
5) 3* 9 + 7 * 8 = 27 + 56 =83
[17;16]
Qopda 40 kg kartoshka bor edi. 8 haftadan keyin qopda 16 kg kartoshka qoldi.

Haftasiga necha kilogrammdan kartoshka ishlatilgan?


Bor edi – 40 kg kartoshka
8 haftadan keyin – 16 kg kartoshka qoldi.
Haftasiga ? kg kartoshka ishlatilgan.
Yechish: 40 – 16 = 24(kg)
24 : 8 = 3(kg)
Javob: 3 kg kartoshka ishlatilgan.
“90 : 30 ko`rinishdagi ifodalar.”
Nol bilan tugagan sonni nol bilan tugagan songa bo`lish uchun ularning noldan oldin
turgan sonlarni bo`lish yetarli.
Masalan: 90 : 30 =
9 : 3 = 3 Demak: 90 : 30 = 3
[17;22] Bu masala iqtidorli o`quvchilar uchun berilga masala hisoblanadi.
Uch o`rtoq 100 m ga yugurish bo`yicha musoboqada qatnashdi. Ulardan biri bu masofani
19 sekundda, ikkinchisi 20 sekundda, uchinchisi esa 18 sekundda bosib o`tdi. Agar Azim
Salimdan, Olim Azimdan tez yugurgan bo`lsa, ularning har biri masofani qancha vaqtda
bosib o`tgan?
Yechish: Olim – 18 sekunda bosib o`tgan
Azim – 19 sekunda bosib o`tgan
Salim – 20 sekunda bosib o`tgan.
18<19<20
3-misol va 4-masala uyda bajariladigan mustaqil ish hisoblanadi.
[17;22]
1) 35 – 9 : 3 = 35 – 3 = 32
1. 90 : 10 = 3
2. 35 – 3 = 32
2) 59 + 6 : 2 = 59 + 3 = 62
1. 6 : 2 = 3
2. 59 + 3 = 62
3) 4 : 2 + 40 : 5 = 2 + 8 = 10
1. 4 : 2 = 2
2. 40 : 5 = 8
3. 2 + 8 = 10
[17;23]
Oshxonada kuniga 20 kg dan sabzi ishlatilsa 4 kunda qancha sabzi ishlatiladi?
Agar oshxonada 37 kg sabzi qolgan bo`lsa, 4 kunga yetishi uchun yana qancha sabzi sotib olish
kerak?
Yechish: 1) 20 x 4 = 80(kg)
2) 80 – 37 = 43(kg)
Javob: 43 kg sabzi sotib olish kerak.
“Yig`indini songa ko`paytirish” mavzusi ichidagi o`quvchilar uyda bajariladigan misol va

masalalarni ko`rib chiqamiz.


1-usul
Yig`indini songa ko`paytirish uchun avval qavs ichidagi yig`indi hisoblanadi keyin yig`indi
songa ko`paytiriladi.
(2 + 3) x 4 =
(2 + 3) x 4 = 5 x 4 = 20
2-usul
Qavs ichidagi yig`indini songa ko`paytirsh uchun har bir qo`shiluvchi songa ko`paytiriladi,
keyin ko`paytmalar qo`shiladi.
(2 + 3) x 4 =2 x 4 + 3 x 4 = 8 + 12 = 20
[17;24]
109 - masala iqtidorli o`quvchilar uchun berilgan mustaqil ish.
Shunday to`rtta sonni topingki, bu sonlardan biri 4 ga bo`linganda, ikkinchisi 4 ga
ko`paytirilganda, uchunchisiga 4 qo`shilganda, to`rtinchisidan 4 ayrilganda javob bir xil
4 bo`lishi kerak.
Bular qanday sonlar.
0, 1, 8, 16 – sonlari
1) 16 : 4 =4
2) 1 x 4 = 4
3) 0 + 4 =4
4) 8 – 4 = 4
6-misol va 7-masala uyda bajariladigan mustaqil ish hisoblanadi.
[17;24] Bu misolni 2 hil usulda ko`rib chiqamiz.
1) (7 + 2) x 3 = 9 x 3 =27
(7 + 2) x 3 = 7 x 3 + 2 x 3 = 21 + 6 = 27
2) (6 + 3) x 7 = 9 x 7 = 63
(6 + 3) x 7 = 7 x 6 + 7 x 3 = 42 + 21 =63
3) (5 + 2) x 9 = 7 x 9 = 63
(5 + 2) x 9 = 9 x 5 + 9 x 2 = 45 + 18 = 63
4) (3 + 5) x 8 = 8 x 8 = 64
(3 + 5) x 8 = 8 x 3 + 8 x 5 = 24 + 40 = 64
[17;24]
Sarvar, Shaxnaza va Gulnozaning har birida 4 tadan katak va 5 tadan chiziqli daftar bor.
Ularda jami nechta daftar bor?
Yechish:
(4 + 5) x 3 = 9 x 3 = 27
Yoki, (4 + 5) x 3 = 4 x 3 + 5 x 3 = 12 + 15 = 27
Javob: jami 27 ta daftar bor ekan.
“Harfli ifodalarning qiymatini toping “ mavzusi ichiga kiritilgan uyga vazifa shaklida berilgan misol va masalalarni ko`rib chiqamiz.
[17;28]
a + b va a – b ifodalarining qiymatini toping.
a 24 29 38 47 53 57 66 68 73
b 15 18 23 29 34 38 20 23 27
a – b 9 11 15 18 19 19 46 45 46
a + b 39 47 61 76 87 95 86 91 100

[17;29]
Tenglamalarni yeching.


1) x – 32 = 68 3) 42 : x =7
2) x – 47 = 34 4) 90 : x = 30

“Yuzliklar” mavzusi ichiga kiritilgan uyga vazifalarni ko`rib chiqamiz.


Bir xonali, ikki xonali va uch xonali sonlar, ularning xona birliklari haqida
ma`lumotlar beriladi. O`quvchilarga o`nlikda nechta birlik borligi, yuzlikda nechta
o`nlik borligi, yuzliklar qanday atalishi, ularni sanash haqida ma`lumotlar beriladi va
tushuntiriladi. Yuzliklar va ming sonlari qanday o`qilishi va yozilishi ko`rsatiladi.
[17;54]
9 ga bo`lganda qoldiqda 7 chiqadigan eng kichik sonni toping .
Boshqotirmaning javobi : 16
[17; 54]
Qopdagi 7 kg un 2 kg dan qilib xaltachalarga solindi.
Qopdagi un nechta xaltachaga solingan.
Yechish: 7 :2 =3( 1qoldiq)
Javob:3 ta xaltachaga solingan.1kg ortib qolgan

[3;61]
5 ta 1 raqami yordamida 21 sonini qanday hosil qilish mumkin?


5 ta birdan 21 ni hosil qilish uchun qo`shish va ayrish amallaridan foydalanamiz.
Yechish: 11 + 11 – 1 = 21
[17;61]

Bu rasm asosida quyidagicha masala tuzish mumkin.


Bozorga 8 kg karto`shka keltirildi. Tushgacha savdo qilingandan keyin uning to`rtdan
bir qismi qoldi. Tushgacha necha kilogramm kortoshka sotilgan?
Yechish:
1. qoldi – 8 : 4 = 2 (kg)
2. sotildi – 8 – 2 = 6 (kg)
Javob: Demak, bozorda 6 kg kortoshka sotilgan.
“Massa o`lchov birliklari.Kilogramm.Gramm “mavzusi ichiga kiritilgan misol va masalalarni
ko`rib chiqamiz.
Kilogramm (kg) – massaning asosiy o`lchov birligidir. Jismlarning massasini o`lchashda
Gramm (g) o`lchov birligidan ham foydalaniladi: 1 kg = 1000 g
[17; 90]
Bittadan 1,3 va 5 kg li toshlar bor.Shu toshlardan foydalanib pallali tarozida 500 g, 2 kg,
7 kg guruchni qanday qilib tortish mumkin.
Bu boshqotirmaning yechilishi quyidagicha bo`ladi.
1) tarozida tortilgan 1 kg guruch tarozining ikki pallasiga teng bo`linadi.

2) tarozining bir pallasiga 3 kg li tosh ikkinchi pallasiga tortilayotgan guruch bilan


birgalikda
1 k li tosh ham qo`yiladi.
3) tarozining bir pallasiga 3 va 5 kg li tosh ikkinchi pallasiga tortilayotgan guruch bilan
birgalikda 1 kg li tosh ham qo`yiladi.
Tenglamani yeching.
Bu tenglama o`quvchilarga uyda bajarishi uchun berilgan mustaqil ish hisoblanadi.
1) 18 + x = 35
x = 35 – 18
x = 17
tek: 18 + 17 = 35
35 = 35
2) x + 34 = 56
x = 56 – 34
x = 22
tek: 22 + 34 = 56
56 = 56
3) 47 + x = 85
x = 85 – 47
x = 38
tek: 47 + 38 = 85
85 = 85
4) x + 50 = 90
x = 90 – 50

x = 40
tel: 40 + 50 = 90


90 = 90
7--masala uyda bajariladigan mustaqil ish hisoblanadi.
Do’kondan 20 gr sariyog’ va undan 5 gr ortiq pishloq xarid qilindi. Hammasi
bo’lib necha
gramm mahsulot xarid qilingan?
Yechilishi: 20 (gr) + 5 (gr) = 25(gr)
20 (gr) + 25 (gr) = 45 (gr)
Javob: Hammasi bo’lib do’kondan45 (gr) mahsulot xarid qilingan.
O’nlikdan o’tib qo’shish.
Birliklar birliklarga qo’shiladi va birliklar birliklar tagiga yoziladi, bitta o’nlik dilda
saqlanadi. O’nliklar o’nliklarga, dildagi bitta o’nlik bilan birgalikda qo’shiladi, natija
o’nliklar tagiga yoziladi.
Yuzlik O’nlik Birlik

Sinfdagi o’quvchilarning uchdan bir qismi musiqa to’garagiga choragi


tasviriy sa’nat to’garagiga qatnashadi. Qolgan 15 nafar o’quvchi hech qaysi
to’garakka
qatnashmaydi. Sinfda necha nafar o’quvchi bor?
Ustun shaklida qo’shing.
1) 27 + 26 =53

2)25 + 39 =


3)44 +47 =

4) 67 +25 =


5) 57 + 28 =


6) 68 + 30 =


Ko`ylaklar tikish uchun birinchi kuni 32 m, ertasiga undan 6 m ortiq gazlama sariflandi.


Ikki kunda necha metr gazlama sariflangan?
Bu masalani ikki usul bilan yechish mumkin.
1 – usul: 1) ikkinchi kuni sariflandi -
32 +6 = 38 (ta)
2) ikki kunda sarflandi -
32 + 38 =70 (ta)
2 – usul: 32 + (32 +6) = 32 + 38 = 70 (ta)
Bu misol iqtidorli bolalar uchun berilgan boshqotirmadir.
Ikkita son o`yladim. Bu sonlarning yig`indisi 14 ga ko`paytmasi esa 24 ga teng.
O`ylagan
sonlarimni toping.
Yechish: 2 + 12 = 14
2 x 12 = 24
Bu boshqotirmani javobi 2 va 12 : qo`shganda 14, ko`paytirganda 24 hosil bo`ldi.

Bu boshqotirma iqtidorli bolalar uchun berilgan mustaqil ish hisoblanadi.


6 litrli idishda 4 l, 7 litrli idishda 6 l kvas bor. Ikki kishi shu 10 l kvasni teng ikkiga bo`lib olishmoqchi bo`lishibdi. Qanday qilib shu idishlar va 3 litrli bo`sh idish yordamida kvasni teng ikkiga bo`lish mumkin.
Boshqotirmaning yechilishi:
7 litrli idishdan 3 litrli idishga 3 l, 3 litrli idishdan 6 litrli idishga 2 l, 6 litrli idishdan 7
Litrli idishga 4 l, 7 litrli idishdan 3 litrli idishga 2 l, 3 litrli idishdan 6 litrli idishga 3 l olindi shu tariqa kvas teng ikkiga bo`linadi. Har bir idishda 5 litrdan kvas bo`ladi.
4 litr bor 6 litr bor ?
6 litr 7 litr 3 litr
6 –7 – misol va masala o`quvchilarning uyda bajaradigan mustaqil ishidir.
[17;6]
1) 3 x 8> 7 x 2
2)4*8<5*8
Rasm asosida quyidagicha masala tuzish mumkin.
Do`konga birinchi xil gazlamadan 6 to`p, ikkinchi xil gazlamadan 4 to`p olib
kelindi.Birinchi xil gazlamaning bitta to`pi 18 m dan, ikkinchi xil gazlamaning bitta
to`pi
esa 26 m dan. Do`konga hammasi bo`lib necha metr gazlama keltirilgan?
Yechish:
1 – usul: 1) birinchi xil gazlama – 18 x 6 = 108(m)
2) ikkinchi xil gazlama – 26 x 4 = 104(m)
3) hammasi – 108 + 104 = 212 (m)
2 – usul: 18 x 6 + 26 x 4 = 108 + 104 = 212 (m)
Javob: Do`konga hammasi bo`lib 212 m gazlama keltirilgan.
Rasm asosida quyidagicha masala tuzish mumkin.
Ikkita karamning bahosi 300 so`m. Shunday 6 ta karam necha so`m turadi.
Yechish:
1. 300 : 2 = 150 (so`m)
2. 150 x 6 = 900 (so`m)
Javob: 900 so`m turadi.
Bu masalaning javobini tekshirish uchun masalaga teskari masala tuzib ko`ramiz.
8 ta karam 1200 so`m turadi.2 ta karam necha so`m turadi.
Yechish: 1200 : 8 = 150 (so`m)
2 x 150 = 300 (so`m)
Javob: 300 so`m turadi.
Demak, yuqorida ishlagan masalamizning javobi to`g`ri ekan.
[17;183] Boshqotirma iqtidorli bolalar uchun berilgan mustaqi ish.
1,2,3 va 4 raqamlarini boshqa kataklarda ham shunday joylashtiringki, har bir qator va
ustunda shu raqamlar faqat bir martadan ishtirok etsin.

1 2 3 4
Yechish:


1) I avtomabil 3 soatda - 90 x 3 = 270 (km)
2) II avtomabil 3 soatda – 80 x 3 = 240 (km)
3) 2 soatdan keyin ular orasi – 270+240=510 (km)
Javob: Ular orasidagi masofa 510 km.
1 2 3 4
4 3 2 1
2 4 1 3
3 1 4 2



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling