Mavzu: umumgeigrafik atlaslarni taxlil qilish bajardi: ramanberganov yodgorbek qabul qildi: xamrayev ergash


Download 0.52 Mb.
Sana30.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#1073033
Bog'liq
umumgeografik.doc YODGOR

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI

GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR YO‘NALISHI 201-GURUH TALABASI RAMANBERGANOV YODGORBEKNING UMUMGEOGRAFIK KARTALARNI LOYIHALASH VATUZISH FANIDAN


12-amaliy ISHI

MAVZU: UMUMGEIGRAFIK ATLASLARNI TAXLIL QILISH


BAJARDI: RAMANBERGANOV YODGORBEK
QABUL QILDI: XAMRAYEV ERGASH
URGANCH-2022

1-rasm. Atlasning ustki muqovasi
1. Men tahlil qilayotgan atlasning aniq nomlanishi “АТЛАС МИРА АМЕРИКА” bo’lib Atlas SSSR oliy soveti huzuridagi Geodeziya Kartografiya bosh boshqarmasi tomonidan Moskvada 1977-yilda nashr qilingan. Karta formati 72/100/8 hajmi 62 bet.
2. Mualliflar jamoasi va muharrirlar:
Redaktor: М.И Свинарекка, С.И Сергеева
Bosh muharrir: Ю.М Иванов
Karta muharriri: А.Г Колесникова, С.Н Первушиска, Н.А Соломатина
Texnik muharriri: Э.А Крюковаб, Р.М Волкова
3. Men tahlil qilayotgan atlas mutaxassislar uchun mo’ljallangan bo’lib qo’llanish usuliga ko’ra stol usti atlasi hisoblanadi.
4. Men tahlil qilayotgan atlasda 1:100000dan 1:25000000 gacha masshtablar ishlatilgan bo’lib 11 xil masshtab qo’llanilgan.
Bundan:
-Shimoliy Amerika tabiiy xaritasi, Shimoliy Amerika kartasi, Janubiy Amerika tabiiy kartasi va Janubiy Amerika kartasi -1:25000000;
-Kanada, Alyaska, Janubiy Amerika , Janubiy Amerika (shimoliy qismi)- 1:15000000;
janubi g’arbiy Kanada,Venetsuela (janubiy qismi), janubi sharqiy Brazilya va Markaziy --Argentina, Urugvay, o’rta Chili -1:7500000;
-Amerika Qo’shma Shtatlari -1:12000000;
-Nyu York shtati -1:500000;
-Yangi Angliya, AQSHning o’rta Atlantika mintaqasi, G’arbiy Pensilvaniya va Sharqiy Ogayo, Ilinoys shtati -1:1500000;
-shimoli-sharqiy AQSH, Puerto-Riko oroli, kichik orollari,Trinidad, Tobago -1:4500000;
-janubi-sharqiy AQSH -1:600000;
-Kaliforniya vodiysi-1:2000000;
-Meksika, Markaziy Amerika – 1:3500000;
-Kuba va Yamayka – 1:4000000 masshtablaridan tuzilgan.
Masshtablar bir-biriga mos ravishda tanlangan. O’rta va mayda masshtablar qo’llanilgan.
5. Kartaning maqsadi hudud to’g’risida umumiy ma’lumotlar berish hisoblanadi. Hududiy qamrovi bo’yicha butun Amerika qit’asini o’z ichiga olgan. Mazmuniga ko’ra umumgeografik atlas hisoblanadi. Obzor va Obzor-topografik kartalar majmuidan tashkil topgan. Ma’lumotlarni yetkazish xususiyatiga ko’ra o’zaro bog’liqlikni ko’rsatuvchi kartalardan tashkil topgan.
6. Men tahlil qilayotgan atlas 2 ta asosiy bo’limdan iborat. Ular Shimoliy Amerika va Janubiy Amerika bo’limlari.

2-rasm. Atlasning mundarijasi

7. Shimoliy Amerika tabiiy kartasidan asosiy o’rinda relyef va gidragrafiya ko’rsatilgan. Aholi punktlari berilgan ikki darajali sifatida o’simlik va grunt qoplamasi, aloqa yo’llari ko’rsatilmagan.


Shimoliy Amerika siyosiy kartasida gidragrafiya , aholi punktlari, yo’llar birinchi darajaga chiqqan va bunda ham o’simlik va grunt qoplam va relyef ko’rsatilmagan.
Janubiy Amerika kartasi esa u ham shunday tartibda tuzilgan. Boshqa tabiiy atlaslarda o’ziga xos xususiyat relyef soya berish usuli keng qo’llanilgan.
8. Men tahlil qilayotgan atlasning xususiyati shundan iboratki atlas umumgeo- grafik kartalarni o’zida jamlagan va bir-biriga muofiq holda joylashtirilgan. Mavzu jihatdan bir xil bo’lgan kartalarda masshtab o’zgarishi bilan generalizatsiyaga kam uchraydi ya’ni ma’lumotlar iloji boricha to’liq saqlangan holda berilgan. Ayrim nomlarigina generalizatsiyaga uchragan.
9. Atlas muqovasi bezaklarsiz oq fonda bo’lib faqat atlasning nomlanishi va yarim shar tasvirlangan globus tasvirlangan muqova yaxshi sifatli bo’lib ishlangan , karta legendasi ko’plab kartalar legendasiz bo’lib asosiy shartli belgilar atlasning bosh qismida keltirilgan grafik nomlarning o’quvchanligi yaxshi darajada bo’lib aniq ko’ringan kartaning barcha qismlarida.
10. Atlasning zamonaviylik darajasiga to’xtaladigan bo’lsak atlasda umumgeografik atlaslar odatda zamonaviylik darajasini ko’p vaqt saqlab qoladi. Ayrim joy nomlari va
gidragrafiya obyektlar xususiyatlari o’zgarishlari kuzatilgan bo’lishi mumkin.
11. Atlasda qo’shimcha ma’lumot sifatida jadval va grafik nomlar jadvali keltirib o’tilgan.
12. Atlasning ilmiy va amaliy ahamiyatiga to’xtalsak u ilmiy darajasini va amaliy ahamiyatini deyarli yo’qotmagan chunki atlaslarning yangi nashrlari kam hisoblanadi.
13. Atlasning yutuq va kamchiliklariga to’xtaladigan bo’lsak atlasning yutuqlari sifatli muqovasi, kartalardagi tasvirlash usullarini mukammal yaratilganligi kerakli obyektlarni to’laqonli berishga urinilganligi kartalar ketma-ketligini yaxshi bajarilganligi.
Kamchiliklariga esa ko’p kartalarni ramkasidan chiqib ketganligi kartaning kamchiligi sifatida ko’rsatish mumkin.
Atlasdan foydalanganda avvalo biz etibor qiladigan narsalar bular qanday jamlanganligi, kartani o’quvchan yoki o’quvchan emasligi., kimlar uchun mo’l -jallanganligi va undagi ma’lumotlar hisoblanadi. Atlasdan foydalanishdan oldin, bizga bu kartani nimaga kerakligi, nima sababdan foydalanayotganligimiz va atlasdagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Atlasdan foydalanganda biz o’zimizga kerakli ma’lumotlarni kartalarni ajratib olishimiz kerak va shu asosida ma’lumot to’playmiz va o’zimizga kerakli yaratayotgan kartamiz uchun asos vazifasini bajaradi.Kartadagi kam -
chiliklarni shu ishlash davomida yo’qotishga harakat qilishimiz lozim.

3-rasm. Atlasdagi Panama kanali kartasi

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling