Mavzu: Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar
Download 157 Kb.
|
1- Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Juda sezgirlikning sekin turi
- Juda sezgirlikning darhol turi
Nishonlangan antitelolar — o‘zidan nur tarqatuvchi modda bilan birikgirilgan antitelolar.
Normal antitelolar — qonda antigen yubormasdan hosil bo‘ladigan normal antitelolar-izoagglyutininlar. Qurshab oluvchi antitelolar — to‘liq bo‘lmagan, bir valentli immunoglobulinlar, odatdagi antitelolardan molekulasida faqat bitta faol markaz borligi bilan farq qiladi. Bu antitelolarni faqat maxsus Kumbs reaksiyasi bilan aniqlasa bo‘ladi. Organizmga kirgan barcha kasallik qo‘zg‘atuvchilari 2 turdagi reaksiya chaqiradi: a) nomaxsus, umumiy immunologik reaktivlik bilan bog‘liq; b) maxsus, organizmning maxsus immunologik reaktivligi bilan bog‘liq. Organizmdagi barcha nomaxsus reaksiyalarni (gematologik, gistologik, sitologik, biokimyoviy va boshqalar) namoyon bo‘lishi immunitetni paydo bo‘lishida 3 tur ko‘rinishdaga maxsus immunologik holatlar bilan bog‘liq: a) juda sezgirlikning sekin turi; b) juda sezgirlikning darhol turi; v) tolerantlik (areaktivlik). Juda sezgirlikning sekin turi organizmda qo‘zg‘atuvchiga qarshi zardob antitelolari paydo bo‘lmasdan immunokompetent hujayralarning maxsu0C‘zgarishi tufayli hosil bo‘ladi. Bu holat allergik tekshirish natijasida aniqlanadi. Bunda immunitet o‘rniga ushbu qo‘zg‘atuvchiga nisbatan juda sezgirlik (sensibilizasiya) paydo bo‘ladi. TbD. Juda sezgirlikning darhol turi qonda maxsus antitelolarni paydo bo‘lishi va ularni maxsus antigenlar bilan reaksiyaga kirishi bilan hosil bo‘ladi. Antitelolarni qonda paydo bo‘lishi organizmda immunologik o‘zgarishlar sodir bo‘lganidan darak beradi va ko‘p holatlarda mustahkam immunitet hosil bo‘ladi. Tolerantlik (areaktivlik) holatida organizmda aynan ushbu qo‘zg‘atuvchiga nisbatan antitelo hosil qilish qobiliyati yo‘qoladi, ammo boshqa qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan antitelo hosil qilish qobiliyati saqlanadi. Tolerantlik (areaktivlik) holati ko‘pincha yosh hayvonlarda paydo bo‘ladi, qachonki, uning neonatal yoki prenatal davrlarida qo‘zg‘atuvchi bilan duch kelsa, yoki katta miqdorda antigen yuborilsa hosil bo‘lishi mumkin. Bu holatda immunitet o‘rniga tolerantlik paydo bo‘ladi. Shuning uchun har doim ham vaksina yoki organizmga qo‘zg‘atuvchi yuborilsa immunitet hosil bo‘labermaydi. Ayrim hollarda organizmda ushbu qo‘zg‘atuvchiga nisbatan sezgirlikning oshishi yoki tolerantligi tufayli moyilliy oshishi mumkin. Shuning uchun organizmning maxsus immunologik holatini aniqlash talab etiladi. Immunitetning turlari va mexanizmi juda ko‘p. Ularning aksariyati nomaxsus, shuning uchun ular barcha mikroblarga bir xil samarali. Aksincha, immunitet hosil bo‘lish jarayonida namoyon bo‘ladigan immunitetning maxsu0Cmillari faqat aynan usha mikrob yoki uning serovariantiga qarshi yo‘naltirilgan bo‘ladi. Organizmning nomaxsus himoya vositalari bilan har qanday tushgan patogen duch keladi va ular mikrobning kirishi, rivojlanishi, ko‘payishiga tusqinlik qiladi. Maxsus himoya vositalari esa aynan usha mikrobni zararsizlantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Immunitet omillari: paydo bo‘lish vaqtiga qarab: a) doimiy; b) mikrob kirgandan keyin. Ta’sir qilish xarakteriga qarab: a) nomaxsus; b )maxsuD. Doimo ta’sir etuvchi nomaxsu0Cmillarga: Teri va shilliq pardalarning himoya xususiyatlari; Meyeriy mikrofloraning himoya xususiyatlari; Fiziologik omillar: t-ra, siydik orqali chiqarish, metabolizm, spora kislorodli muhitda ko‘paymaydi. Bachadondagi shakar va x-z Fagositoz va limfoid tizimning baryerlik xizmati; Gumoral omillar( lizosim, komplement, meyeriy antitela va boshqalar); To‘qima va hujayralarda genotipik va fenotipik reaktivlik. Mikrob kirgandan keyin ta’sir etuvchi nomaxsu0Cmillarga: Yallig‘lanish; S-reaktiv oqsil; Interferon. Mikrob kirgandan keyin ta’sir etuvchi maxsu0Cmillarga: Maxsus makrofaglar; Plazmositar hujayralar; Limfoid hujayralar; Immuntelolar. Download 157 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling