Mavzu: Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar


Teri va shilliq pardalarning himoya xususiyatlari


Download 157 Kb.
bet18/23
Sana23.12.2022
Hajmi157 Kb.
#1046050
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
1- Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar

Teri va shilliq pardalarning himoya xususiyatlari ularning butunligiga bog‘liq. Bakterisid xususiyati ham bor. Shilliq pardalarda lizosim bor, u viruslardan tashqari barcha m-b larga, bir hujayralilarga ta’sir etadi.
Meyeriy mikrofloraning himoya xususiyatlari – barcha shilliq pardalarda, terida hamda bushliqlardagi meyeriy mikrofloralar kuchli tabiiy himoya omili hisoblanadi. (m: sut achitqi m-ralar chirituvchi m-ralarni, esherixiyalar streptokokkilarni yo‘qotadi – antagonist ta’sir etadi – ozuqa muhitni sarflaydi, RN ni o‘zgartiradi, o‘zidan antibiotik i.ch. va x-zo).
Fiziologik omillar - T-ra ko‘tarilsa m-b ko‘paymaydi, t-ra ta’sirida va buyrak orqali qo‘zg‘atuvchini siydik bilan chiqarib yuborishi organizmni qo‘zg‘atuvchilardan xalos etadi.
Metabolitlar tirik organizmda kasallikdan himoya etadi. M: bug‘oz hayvon bachadonida shakar bo‘lsa brusellezni kechishi qiyinlashadi va abort bo‘ladi. To‘qimalar O2 bilan yaxshi ta’minlangani uchun anaeroblar o‘smaydi.
Yallig‘lanish – m-b baryerdan o‘tsa, albatta usha joyda yallig‘lanish b-di. Yallig‘lanish – bu himoya - moslashish vositasi, u yerda t-ra oshadi, rn o‘zgaradi, fagositoz boshlanadi. Yallig‘lanish va fagositoz antigenni kirgan joyidayoq ushlab uni yemiradi, yo‘qotadi. Fagositozni mikro – va makrofaglar amalga oshiradi. Agar mikrob fagositoz ta’sirida o‘lsa va lizisga o‘chrasa – tugallangan fagositoz, o‘lmasa – m: tbs, bruD., pasterellalar tugallanmagan fagositoz deyiladi. Viruslar pinositoz yo‘li bilan fagositoz b-di. Fagositozni ko‘chaytiruvchi omillar: antitelo, kalsiy, xolesterin, gistamin (yallig‘lanishdan chiqadi).
Fagositozni susaytiruvchi omillar: avitaminoz, asetilxolin, kortikosteroidlar. Fagositoz virus kasalliklarida 2- darajali ahamiyatga ega. U bakterial kasalliklarida 1- darajali.
Limfoid-makrofagal (immun) tizimning immunologik himoya xizmati
Limfa tugunlar, taloq, suyak iligi va timus (parrandalarda fabrisiyeva xalta) hamda ovqat hazm qilish yo‘lidagi, o‘pkadagi va boshqa a’zolardagi limfoid to‘qimalar (mindalinalar, peyer blyashkalari va solitar follikulalar) nomaxsus himoya-baryer va immunologik kompetent xizmatini amalga oshiradi. Hayvon organizmining 1% ni tashkil etuvchi limfoid to‘qimalar mikroblarni kirishiga xalaqit beradi, ularni fagositoz qiladi, juda sezgirlikning sekin turi, juda sezgirlikning darhol turini, ya’ni antitelolarni ishlab chiqaradi. Demak, limfoid-makrofagal (immun) tizim organizmda immunogenezga immunitet holatiga javob beruvchi morfologik tizim hisoblanadi.
Organizmda immunologik xizmatni amalga oshiruvchi hujayralar asosan mikro- va makrofaglar, limfosit va plazmositlar hisoblanadi.

Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling