Mavzu: Umumiy kasallanishni kamaytirishga, kasbdan zaharlanish va kasb


Download 147.61 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1612520
  1   2
Bog'liq
21 маьруза

MAVZU:Umumiy kasallanishni kamaytirishga, kasbdan zaharlanish va kasb kasalliklarini oldini olishga qaratilgan sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarni ishlab chiqish


Salomatlikning ifodasi, ko‘rsatkichlari, sog‘likka ta’sir etuvchi omillari.
Butunjaxon sog‘likni saqlash tashkilotining ifodasiga ko‘ra, sog‘lik (salomatlik) faqat. kasallik yoki jismoniy kamchilliklar yo‘qligi bo‘lmay, to‘la jismoniy, ruhiy va ijtimoiy barkamollikdir. Dunyo miqyosida sog‘lik quyidagi ko‘rsatkichlar vositasida o‘rganiladi va baholanadi:
-demografik (ko‘payish, o‘lim);
-jimoniy rivojlanishi;
-kasallanishi;
-nogironlik.
Yuqorida keltirilgan barcha ko‘rsatkichlar, o‘zaro bog‘liqdir, o‘z o‘rnida har biri o‘zining ma’lum informatsiya berishi ahamiyati ham bordir. Demografik ko‘rsatkichlar vositasida ishlovchi aholini (viloyat, shahar, tuman) salomatligiga baho berish ijtimoiy gigienada qo‘llaniladigan uslublardan farq qilmaydi. Bu yo‘nalishdagi tekshiruvlarda aholini tabiiy harakati-o‘lim, tug‘ilish va o‘lik tug‘ilish masalalari alohida ahamiyatni tashkil etadi.
Mehnat gigienasi amaliyotida tug‘ilish ko‘rsatkichlari alohida o‘rganilmaydi va uni boshqa ko‘rsatkichlar jamisi o‘rganiladi. Bu yo‘nalishda bolalarni o‘lik tug‘ilishi alohida ahamiyatga ega, bunga turli anomaliyalar bilan hamda majruh tug‘ilishi ham ko‘rish ham mumkin.
Bu ko‘rsatkichlar zararli va xavfli omillarni nasl qoldirilishi faoliyatiga (mutagen, embriotoksik gonadotoksik va boshqa) ta’sirini o‘rganish eng yetakchilardan biri hisoblanada. Bu yo‘nalishdagi ma’lumotlar manbai davlat statistika muassasalarining hisobotlari va perinatal o‘lim haqida guvohnoma «hisoblanadi», qator hollarda Ishlovchilar salomatligini o‘rganishda o‘lim sabablari ham o‘rganiladi. Bu ma’lumotlarni yosh, jinsiga kasb bilan bog‘liq holda taxlili, ish joyiga zararli omillarni ta’sirini o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu yo‘nalishdagi ma’lumotlarni manbai bo‘lib, o‘lim haqida vrachlar dalolatnomasi hisoblanadi.Jismoniy rivojlanish salomatlikni eng ob’ektiv ko‘rsatkichlaridan biridir. Jismoniy rivojlanish deganda organizmni o‘sish va shaklanishini tavsiflovchi, morfologik va funksional jamlamasi tushuniladi.
Jismoniy rivojlanishi baholashda quyidagi mansub, 3 ta guruhdagi belgilar o‘rganiladi:

  1. antropometrik (bo‘yi, tana vazni ko‘krak qafasi aylanasi);

  2. fiziometrik (o‘pkaning tiriklik sig‘imi, mushak kuchi va boshqalar);

  3. samotosko‘pik (tana tuzilishi, mushaklar rivojlanishi, o‘pka qafasi tuzilishi va boshqalar).

Nog‘ironlikni o‘rganish ham ma’lum darajada ishlovchilar salomatligini o‘rganishdan ma’lumotberadi. Bu haqidagi ma’lumotlarning manbaibo‘lib, jtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan berilgan xujjat «ma’lumotnoma» hisoblanadi. Mehnat gigienasi vrachi, o‘z faoliyatida Ishlovchilar salomatlik holatini asosan kasallanish ko‘rsatkich orqali baho beradi.chunki ishlovchilar salomatligiga asosan bajarayotgan ish, ish sharoitlari va ishni tashkil qilish bilan bog‘liq omillarni ta’siri bu ko‘rsatkichda to‘laroq aks etadi

va ular orasidagi bog‘lanishlarni aniqlanishini ilojisi bor. Ammo yuqorida keltirilgan omillar turkumi boshqa ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘lmas ekan degan xulosaga kelishi ham mumkindir, chunki u yoki bu darajada demografik ko‘rsatkichlarda ham ko‘rish mumkin, lekin ko‘payish va o‘lim natijalari haqida har bir korxonadan olinadigan ma’lumotlarni kamligi tufayli yetarli ma’lumot bermaydi.
Fizik rivojlanish ko‘rsatkichi korxonada o‘smirlar salomatligini o‘rganishda yetakchilardan hisoblanadi. Ammo ma’lumotlarga ko‘ra, korxonada mavjud o‘smirlar soni bir foizdan oshmas ekan.
Nogironlik holatlari ham ishlab chiqarish tufayli vujudga kelishi mumkin, ammo bu hodisalar kam uchraydi. Umuman sog‘likka ta’sir etuvchi omillar ikki guruhga bo‘linadi:
-tabiiy
-ijtimoiy
Tabiiy guruh deganda quyidagilar ko‘zda tutiladi;
-iqlim ishlab chiqarish korxonasini qaysi iqlim sharoitida joylanganligi ko‘zda tutiladi. Masalan, O‘zbekiston iqlimi sharoitida yashovchilar isituvchi mikroiqlim ta’siriga moslanganligi sababli ish joylarida bu omilni ta’siri sovuq iqlim sharoitida yashovchilarga nisbatan sustroq bo‘ladi.
-geografik joylanish-bunga misol bo‘lib, tog‘ri xududlarda pastrok atmosfera bosimi sharoitida, yashovchi aholi op’ka havodagi kislorodni past sharoitiga moslashganligi sababli ular ish sharoitlarida bunday holatlarga chidamli bo‘ladilar.
- aholi zichligi - bevosita salomatlikka ta’siri birinchi navbatda tashqi muhit sharoitlari holati, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi va boshqalarga bog‘liqdir.
Yuqorida qayd etilgandan tashqari bu guruhda ishlovchilarni qaysi etnik guruhga mansublik omiliga kiradi.
Chunki har bir millat va elatlarni turmush tarzi urf-odati ovqatlanishi kabilar kishi salomatligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy guruh - bu guruhga kiruvchi omillarga uy joy sharoitlari kiradi. Sharoitlar mukammal bo‘lgan uy joy sharoitlarida yashovchilar salomatligi bilan noqulay sharoitda yashovchilar salomatligi o‘rtasidagi farq juda ko‘p turli yo‘nalishlardagi ilmiy tadqiqotlari asosida isbotlangan.
Moddiy ta’minlanganlik ham yetakchi omillar turkumiga kiradi. Salomatlik bevosita kasb bilan ham bog‘liqdir.
Chunki inson kasbi bevosita bajarilayotgan ish va ish sharoitlari va ishni tashkil etilganligi ta’siri bilan bog‘liq bo‘ladi. Kasb bilan bog‘liq bajariladigan ishni turi ijtimoiy, aqliy ishning og‘irligi va jiddiyligi darajasi, ishlovchi organizmida o‘ziga xos siljishlarga olib keladi.
Ish sharoitlarini qaysi sifatiga mansubligi 1-sinf optima l, 2-sinf yo‘l qo‘yilib bo‘ladigan, 3-sinf zararli, 4-sinf xavfli ham yuqoridagi oqibatlarga sabab bo‘ladi. Bunga qo‘shimcha ravishda ishni tashkil etilganligini ko‘rsatish kerak. Ishlash va dam olishni davomiyligi, ishning qanday bajarilishi qo‘lda, mexanizm vositalarida, avtomatlashgan tizimni boshqarish va xokazalar.
Ishlovchilar kasallanishiga ta’sir etuvchi omillar ularning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish uchun ma’lumotlar.
Ishlovchilar kasallanishini o‘rganish ishlarini amalga oshirish dasturini to‘g‘ri tuzish, olinadigan ma’lumotlarni ishonarli va ob’ektiv bo‘lishini belgilaydi. Bu yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirishda birinchi navbatda ishlovchilar salomatligiga bevosita va bilvosita ta’sir etuvchi omillarni aniq belgilash tadqiqotlarini muhim amallari hisoblanadi.
Ishlovchilar kasallanishiga ta’sir etuvchi omillar quyidagi 4 ta guruhga bo‘linadi:

  1. - guruh biologik;

  2. - guruh tibbiy-ijtimoiy;

  3. - gurux tibbiy yordamchi murojaat etishiga ta’sir etuvchi; 4 - guruh ishlab chiqarish omillari.

Biologik omillar guruhi deganda Ishlovchilar yoshi, jinsi, antropometrik (bo‘yi, uzunligi, tana vazni), fiziometrik (op’ka, hayotiy sig‘imi, mushak kuchi va chidamligi), samotometrik (harakat tayanchi apparatlarini o‘pka kafas tuzilishi, oyoq shakli, yog‘ qatlami, holati, teri tuzilishi), yurak qon tomir tizimi, qon va qon ishlab chiqarish organlari, ovqat xazm qilish organlari, moddalar almashinuvi ichki sekretsiya bezlari, sezgi organlari, yuqori asab faoliyati holatlari va boshqalar.
Tibbiy-ijtimoiy guruhga ishlovchilarni mehnat faoliyatini boshlanguncha salomatligi oilaviy axvoli, oilalik holati, bo‘ydoq, farzandi va ularning soni va yashash sharoiti va boshqalar kiradi.
Tibbiy yordamchi - murojaat etishiga ta’sir etuvchi omillar guruhiga birinchi o‘rinda tibbiy yordamni hamma boshshgi va uning sifatini ko‘rsatish kerak. Ishlab chiqarish korxonasida tibbiy yordam xizmatini mavjudligi sog‘lomlashtirish punkti, tibbiy sanitariya qismi ijobiy holdir. Bunday muassasalarni bevosita ishlab chiqarishda mavjudligi ishlovchilarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlaydi. Bu esa uz o‘rnida kasallik tufayli ish qobiliyatini yo‘qotishni oldini olishga yoki ishsizlik o‘rinlarini kamayishiga olib keladi. Mavjud tibbiy yordamni sifati ham muhim ahamiyatta ega. Feldsherlik vrachlik punkti bugungi kunda amaldagi qoyidalarga ko‘ra salomatlik punktlari korxonalarda Ishlovchilari sonini
400 dan ortiq bo‘lgan hollarda tashkil etiladi. Xududiy poliklinikalar hisobida ishlovchilar soni, yuqoridagi raqamdan kam bo‘lgan holda Ishlovchilarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarini bevosita korxona hisobidan tashkil -yetilib- fel’dsherlik hollari mavjuddir.
Bu masalada mavjud tibbiy yordamni sifati ham muhim ahamiyatta ega. Salomatlik punktlari va tibbiy sanitariya qismlarini qay darajada moddiy ta’minlaganligini, malakali mutaxassislarni mavjudligi ko‘zda, tutiladi.
Inson salomatlik holatiga Shu jumladan ishlovchilarni ham sezilarli ta’sir etuvchi omillardan bir shaxsni o‘z salomatligiga bo‘lgan munosabatini ham alohida ko‘rsatish maqsadiga muvofiqdir. Soglikdagi sodir bo‘lgan o‘zgarishlarga o‘z vaqtida e’tibor berib shifokorga murojaat etish kasalliklarni tezda davolanish hamda asoratlarini qolmasligiga zamin hisoblanadi. Kasallik tufayli ish qobiliyatini yo‘qotish hollarini keskil kamayishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish omillari turkumida avval ta’sir etuvchi omil to‘rini ko‘rsatish kerak; fizikaviy, kimyoviy, biologik, ruhiy -fiziologik; chunki har bir omilni turiga qarab ta’sir oqibatlari turlicha bo‘ladi. Omilni ta’sir etuvchi miqdori va vaqti ham
ko‘zda tutiladi. Bu borada omillarni ta’sir etish 11 sharoitlarini e’tibordan chetda qoldirish kerak emas, chunki ko‘p hollarda omillarni organizmga salbiy ta’sirida bu omil yetakchi o‘rin tutadi.
Omillarning birgalikdagi ta’siri biri-birini salbiy ta’sirini kuchaytiradigan hollarda bu turkumga bevosita bajarilayotgan ishni tavsiflovchi omillar ish turi og‘irligi jiddiyligi ham kiradi.
Ishni tashkil etilganligi, ish kuni davomiyligi ishlash va dam olish maqsadga muvofiq ketma-ketligi, ishni qaysi usulda bajarilishi qo‘lda, mexanizmlari vositalarida, avtomatlishatirilgan tizimllarni boshqarilishi, qonveyrli usullar va boshqalar.
Ishlovchilarning kasbi staji ham muhimdir. Mehnat gigienasi vrachi Ishlovchilar kasallanishini o‘rganish uchun kerakli ma’lumotlarni quyidaga uchta manbadan oladi.

  1. tibbiy yordamga murojaat sabablari.

  2. tibbiy ko‘riklar natijalari

  3. o‘lim sabablari.

Ishlovchilarni tibbiy yordamga muhtoj etishiga olib keluvchi sabablarini o‘rganish kasallanish hodisalarini oldini olish va kamaytirishda muhim masaladir. Ishlovchilar uchun tibbiy yordamga muhtoj etishiga olib keluvchi sabablar turlicha bo‘lishi mumkin. Shu sababli Mehnat gigienasi vrachi o‘z tadqiqotlarida ish qobiliyatini yo‘qolgan va yo‘qolmagan hollarini alohida o‘rgandi.
Ish qobiliyatini yo‘qotmagan holda tibbiy yordamga muhtoj turli sabablarga ko‘ra bo‘lishi mumkin. Asosan qandaydir belgilarga shikoyat tarzida bosh ogrishi, ko‘ngil aynishi, xolsizlanishi va haqozalar. Bunday hollarda murojaat etuvchilarga birinchi tibbiy yordam beriladi. Ammo kasallik tashxisi ko‘p’ hollarda qo‘yilmaydi. Bu hol esa bevosita aniq bir qarorga kelishiga turli imkon bermaydi. Ammo tibbiy yordamga yuqoridagi sabablar bo‘yicha -murojaatni ortishi ma’lum darajada o‘ziga xos Ishlovchilar salomatligiga ta’sir etuvchi salbiy omillarni mavjudligidan dalolat beradi. Shuning uchun muhtojlarni bu turi Mehnat gigienasi vrachining e’tiboridan chetda qolmasligi kerak.
Ishlovchilar salomatligida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar natijasida vujudga keluvchi kasalliklar ish qobiliyatini vaqtincha yoki doimiy yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Bunday holatlar sodir bo‘lganda ishlovchi tibbiy yordamga muhtoj etadi.
Ish qobiliyatini yo‘qolishi vaqtincha yoki doimiy hollarda davolash muassasalarida murojaat etuvchiqa tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Kasallikni sodir etuvchi sabablari aniqlanib, asosiy va yo‘l yo‘lakay aniqlangan tashxislar qo‘yiladi.
Shu bilan birga bemorga kasallik varaqalari beriladi. Bu varaqada tashxislar va ish qobiliyatini yo‘qotilgan kunlari ko‘rsatiladi. Ishlovchi tuzalib, ishga kaytgach, kasallik varaqasini ishlaydigan korxonaga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi muassasaga salomatlik punkti tibbiy sanitariya qismi poliklinika taqdim etadi. U yerda maxsus jarayonda har kasallik varaqasi ma’lum formada hisobga olinadi.
Mehnat gigienasi vrachi-Ishlovchilar kasallanish haqidagi ma’lumotlarni olish manbalaridan biri «vaqtincha ishchi qobiliyatsizlik sabablari haqida» hisobot 16-VN nusxada hisoblanadi.
Bu xujjatni kasallik varaqalari asosida ishlab chiqarish korxonasiga tibbiy yordam ko‘rsatish muassasasi tomonidan tuziladi Har yil choragi, yarim yil, 9 oy va
yillik muddatlar uchun. Bu hisobot maxsus «ko‘riknoma» talablariga asosan tuziladi. Bu xujjatlar bilan Shu mavzuga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulotlarda mustaqil ishlar bajariladi. 16-VN nu yehali hisobot tarmoqlararo foydalanadigan xujjatlar turkumiga kiradi.
Chunki bu xujjatdan statistika organlari, kasaba uyushmalari hamda tibbiy muassasalar foydalanadi.
Mehnat gigienasi vrachi «hisobot»idan quyidagi ma’lumotlarni oladi. Xisobot qaysi muddat uchun, bu davrda korxonada Ishlovchilar soni Shu jumladan ayollar soni, kasallik guruhlari bo‘yicha sodir bo‘lgan hodisalar va ishsizlik kunlari soni absolyut ko‘rsatkichida olinadi.
Olingan ma’lumotlarni-taxliliga tayyorlash va taxlilini o‘tkazish amaliy mashg‘ulotlarda o‘rgatiladi. Ma’lumki 16-VN xujjatlarida berilgan ma’lumotlar umumkorxona miqyosiga oiddir. Ishlovchilar kasalanishini o‘rganishda ko‘p hollarda kasalanishini sex, uchastka, kasbi, yosh, jins, ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlar ham kerak bo‘ladi. Bunday hollarda Mehnat gigienasi vrachi bu ma’lumotlarni tibbiy yordam ko‘rsatuvchi muassasada har bir ishlovchini shahsiy hisobga olish varaqasidan oladi. Ishlovchilar salomatligi holati haqida ma’lumotlar turli tibbiy ko‘riklar natijalari bo‘yicha ham olish mumkin. Ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkaziladigan tibbiy ko‘riklarni 2 guruhga ajratish mumkin.

  1. guruh-umumiy tibbiy ko‘riklar;

  2. guruh-Maxsus tibbiy ko‘riklar.

Umumiy tibbiy ko‘riklar (dispanserizatsiya jamoada ishlovchi hamma xodimlar uchun o‘tkaziladi). Maqsad jamoani umumiy kasalliklar bilan kasallanish darajasini o‘rganish va uni yaxshilashga qaratilgan choralarini belgilashdan iborat. Maxsus tibbiy ko‘riklar ma’lum maqsadlarni ko‘zda tutgan holda o‘tkaziladi va ularni turlari ko‘pdir.
ishlab chiqarish korxonalarida maxsus tibbiy ko‘riklar UzRSSV 10.07-2012 yildagi 200-sonli buyrug‘i ga asosan o‘tkaziladi.
Bu maxsus tibbiy ko‘riklardan zararli va xavfli ish sharoitlariga ishga olinuvchilar va Shu ish sharoitlarida Ishlovchilar o‘tkaziladi. Dastlabki tibbiy ko‘riklardan maqsad, yangi ishga kiruvchi salomatligi bo‘yicha zararli va xavfli omillar ta’sirida ishga olishini mumkinligini aniqlashdan iborat.
Shu sababli har bir zararli va xavfli ish sharoitlari mavjud ishga kiruvchini korxona xodimlar bo‘lim maxsus yo‘llanma bilan dastlabki tibbiy ko‘riklarga yuborish shart. Agar xususiy faoliyat yurituvchi bo‘lsa, dastlabki tibbiy ko‘riklarga DSENM Mehnat gigienasi bo‘limii yo‘llanma beradi. Davriy tibbiy ko‘riklardan maqsad, zararli va xavfli ish sharoitlarida Ishlovchilar salomatligi ustidan dinamik ko‘zatuv, kasb kasalliklari ilk bor belgilarini o‘z vaqtida aniqlashdan iborat.
Mehnat gigienasi vrachi nazorati ostidagi ishlab chiqarish ob’ektlarida bu tibbiy ko‘riklarni tashkil etilishida ishtirok etadi, ko‘riklarii o‘tkazilishini nazorat qiladi. Bu masalaga bag‘ishlangan alohida amaliy mashg‘ulotlarda Mehnat gigienasi Vrachining maxsus tibbiy ko‘riklar bo‘yicha ish mazmuni o‘rgatiladi.
Mehnat gigienasi vrachi nazorati ostidagi ishlab chiqarish ob’ektlarida bu tibbiy ko‘riklarni tashkil etilishida ishtirok etadi, ko‘riklarni o‘tkazilishini nazorat
qiladi. Bu masalaga bag‘ishlangan alohida amaliy mashg‘ulotlarda Mehnat gigienasi vrachining maxsus tibbiy ko‘riklar bo‘yicha ish mazmuni o‘rgatiladi. Ishlab chiqarish korxonalaridagi Ishlovchilarni kasallanishi haqida yetarli ma’lumotlar davriy tibbiy ko‘riklar natijalari bo‘yicha olish mumkin (zararli va xavfli ish sharoitlarida Ishlovchilar bo‘yicha),chunki bu ko‘riklarni o‘tkazishda organizmni funksional biokimyoviy holatini tavsiflovchi laboratoriya tadqiqotlari o‘tkaziladi, qator tor mutaxasis vrachlar ko‘rigi o‘tkaziladi. Ko‘rik natijalari yakunlovi qaydnomada aks ettiriladi. Bu xujjatda korxonada birinchi marotaba aniqlangan umumiy kasalliklar, avval aniqlangan surunkali kasalliklar, aniqlangan Ishchilar salomatligi, kasb kasalligi belgilari aniqlanganliklari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi. Mehnat gigienasi vrachi bu ma’lumotlarni chuqur taxlil etib, har qayd etilgan hodisani sababini aniqlab, uni bartaraf;etish choralarini ko‘radi. Kasallikning sodir etgan sabab bajarayotgan choralarini ko‘radi. Ish sharoitlari va ishni tashkillashtirilganligi bilan bog‘liq bo‘lsa, Ishlovchilarning, kasallanishi haqidagi ma’lumotni yana bir manbai o‘lim sabablarini ifodolovchi tuman, fuqarolik holatini hisobga olish bo‘limlari tomonidan beriladigan maxsus statistik xujjatni ko‘rsatilgan ma’lumotlardir: Bu xujjatda o‘lim sodir etilgan tashxis ko‘rsatiladi. Informatsiyaning bu manbai har bir korxonada o‘lim sabablari miqdori oz bo‘lganligi sababli ko‘p hollarda yetarli bo‘lmaydi. Ammo bu ma’lumotlar manbai e’tibordan chetda qolishi kerak emas.
Ishlovchilarning kasalanishi ko‘rsatkichlar tizimida kasb kasalliklar alohida o‘rinni egallaydi. Kasb kasalliklari bu ishlab chiqrish sharotida zararli va xavfli omillar ta’sirida vujudga keluvchi kasb kasalliklariga quyidagilar kiradi:

  • kasallik etiologiyasida asosiy sabab kasb bilan bog‘liq omillar hisoblanuvchi silikozda kremniy 2- oksidi va boshqalar.

  • ayrim umumiy kasalliklar ularni vujudga kelishini ish sharoitlari bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlaganlar. Ayrim kimyoviy sanoati Ishchilarida broinxial astma, tibbiyot xodimlarida teri kasalliklari, bursitlar ko‘mir koni Ishlovchilarida va boshqalar;

Kasb kasalliklari o‘tkir va surunkali ko‘rinishda bo‘ladi, O‘tkir kasb kasalliklari bu xavfli omillarni ish sharoitida bir marotoba ta’siri oqibatida vujudga keluvchi kasalliklardir.
Surunkali kasalliklar zararli omillari bilan bog‘liq ish sharotida uzoq va ko‘p marotobadagi ta’siri natijasida sodir bo‘luvchi kasalliklardir.
Hozirgi kunda amaldagi O‘zRSSVning - 10.07.2012 yildagi 200-sonli buyrug‘i da ko‘rsatilishicha kasb kasalliklari quyidagi 7 ta guruhga ajratiladi:

  1. Toksikkimyoviy omillar ta’sirida paydo bo‘lgan kasalliklar;

  2. Sanoat aerozollari va changlardan hosil bo‘ladigan kasalliklar;

  3. Fizik omillar ta’siridan kelib chiqadigan kasalliklar;

  4. Jismoniy zo‘riqishdan kelib chiqadigan kasalliklar;

  5. Biologik omillar keltirib chiqaradigan xastaliklar;

  6. Allergik kasalliklar

  7. O‘sma kasalliklar.

Hozirgi zamonaviy ishlab chiqarish korxonalaridagi o‘ziga xoslik bu ko‘pchilik omilar intensivligini uncha katta emasligi bilan bir vaqtning o‘zida birinchi omillarni birgalikda yoki ketma- ket ta’siri mavjudligidir. Bugungi kunda og‘ir
formadagi metallar simob, qo‘rg‘oshin marganets kimyoviy moddalar anilin benzol va boshqalar zaharlanishlari qayd etilmaydi. Toksik op’ka shit i yakqol kamqonlik agranulotsitoz, entsefalopatiyalar, qo‘rg‘oshin falaji kabi holatlar ham kayd etilmayapti
Shu sababli hozirgi kunda ko‘pchilik kasb kasalliklari sust o‘tuvchi formalar shaklida o‘tadi. Bu davrga kelib, kasb kasalliklari tarkibi ham o‘ziga xos o‘zgardi. 60-yillarda kimyoviy etiologiyaga xos kasb kasalliklari birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, o‘rta 35%, 90 yillarga kelib, 1-chi o‘rinii fizik omillar ta’sirida vujudga keluvchi kasalliklar egalladi. Shovqin, tebranish, elektromagnit va ionlashtiruvchi nurlanishlar. Kimyoviy etiologiyaga ega kasb kasalliklari 20-chi o‘rinni chang ta’sirida vujudga keluvchi kasb kasalliklari, 3-chi o‘rinni egallamoqda. Ishlab chiqarishining turli sohalariga ITI ilmiy texnik taraqqiyot yutuklarni joriy etilishi yangi texnika texnologiik jarayon kimyoviy moddalar, energiyaning yangi turlari, ish joylarida mavjud omillarni kuchayishiga Shovqin tebranish va boshqalar va yangi zararli xavfli omillarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Kasb kasalliklarini vujudga kelishida mavjud texnika va texnologik jarayonlarning yetarli darajada takomillashtirilmaganligi, texnologik reglamentalarda chetga chiqish holatlari va Ishlovchilarining sanitariya madaniyatining pastligi ham sabab bo‘lishi mumkin. O‘tkazilgan umumdavlat miqyosidagi chora-tadbirlar bugungi kunda qator kasb kasalliklarini kamayiishiga olib kelmoqda. Bularga misol tariqasida quyidagi kasalliklarni ko‘rishimiz mumkin - bursitlar 40 martaga, pnevmokoniozlar -3-4 martaga kamaymoqda.



Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling