Mavzu: Umumiy kasallanishni kamaytirishga, kasbdan zaharlanish va kasb
Turli yo‘nalishdagi ishlab chiqarish korxonalarining ishchilarining kasallanish ko‘rsatkichlari
Download 147.61 Kb.
|
1 2
Bog'liq21 маьруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruza bo‘yicha savollar
Turli yo‘nalishdagi ishlab chiqarish korxonalarining ishchilarining kasallanish ko‘rsatkichlari.Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlarda ko‘rsatilgan ishlovchilarning salomatligiga omillarning turi va xili ko‘pdir. Ular ichida yetakchilardan ijtimoiy guruhga mansub ish sharoitlari, bajarilayotgan ish va ishni tashkil etish hisoblanadi. Bu omillar turli yo‘nalishdagi korxonalarda o‘ziga xos bo‘lib, boshqa omillar bilan birgalikda ishlovchilarning kasallanishini o‘ziga xos bo‘lishini ta’minlaydi. Shu sababli ishlovchilarning kasallanishini o‘rganish va tahlil qilishda bu masala diqqat e’tibor markazida bo‘lishi kerak. Hozirgi kunda adabiyotlarda turli yo‘nalishdagi ishlab chiqarish korxonalarida Ishlovchilarning kasallanishining o‘ziga xosligiga bag‘ishlangan ma’lumotlar yetarli bunda asab tizimi, sezgi organlari, ishlab chiqishda shikastlanish va teri kasaliklari egallaydi. Bu Ishlovchilar orasida kasb kasalliklaridan pnevmokoniozlarni uchrashiga olib keladi. Mikrobiologik sanoat korxonalari Ishchilarida yetakchi o‘rinlarni teri va nafas yo‘llari kasalliklari egallaydi. Teri kasalliklaridan eng ko‘p tarqalgani epidermitlardir. Nafas yo‘llari kasalliklari mikrobiologik sagyuati Ishchilarida murakkab simtomakomplekslar shaklidagi bronxit va astenik ko‘rinishda bo‘ladi; (i. Ishchilarda ko‘p uchraydigan bronxial astma ish staji 1 oy va undan ortiq bo‘lgan Ishchilarda kayd etilgan. Tekstil sanoati Ishchilarida yetakchi o‘rinlarni nafas yo‘llari {asosan o‘tkir respirator) kasalliklari va gripp, qon aylanish kasalliklari, asab tizimi va periferiya gangliyalar va teri kasalliklari egallaydi. Tikuvchilik korxonalarida yetakchi o‘rinlarni o‘tkir respirator kasalliklar, tog‘ kon sanoati Ishchilari orasida esa zararli va xavfli omil chang bo‘lganligi sababli umumiy kasalliklar asosan nafas yo‘llari kasalliklaridan iborat. Bu kasalliklarning vujudga kelishida qonlarda ishlatiladigan texnikadan chiquvchi gazlar ham yetakchi omillardan hisoblanadi. Vaqtinchalik ishlash qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq kasalliklar taxlili Shuni ko‘rsatadiki, ish davomida bir ishchi kamida 1-2 marta kasal bular ekan. Kasalliklar ichida o‘tkir resrirator kasalliklar yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Asab tizimi kasalliklari asosan bel-dumgaza radikulit, oshqozon-ichak tizimi yarasi, surunkaly gastirit egalaydi. Gipertoniya kasalligi har 100 ilshovchiqa 7.4 -10,0 hodisa va 90- 133 ishsizlik kunlarini beradi. Metallurgiya sanoati Ishchilarida vaqtincha ish qobiliyatini yo‘qotishga bog‘liq kasalanishlar orasida yuqori ko‘rsatkichlar nafas yo‘llari kasalliklari grirr, qon tomir kasalliklari, yurakni revmatik va norevmatik kasalliklari, girertoniya Asab tizimi (radikulit. nevrit va nevralgiyalar). Ayollarda ginekologik kasalliklar ham boshqa tarmoqlarga ko‘ra yuqori ko‘rsatkichda uchraydi. Terini qayta ishlash korxonalari Ishchilarida yetakchi o‘rinlarni vegetativ rolinevritlar, vetitomiozitlar, dermatozlar egallaydi. Ishovchilar kasallanishini oldini olish va kamaytirishga qaratilgan chora tadbirlarni asosiy yo‘nalishlari,ishlab chiqarish korxonalarida kasallanishi chuqur o‘rganish va uni kamaytirish oldini olish katta gigienik ahamiyatga ega bo‘lib qolmay, balki muhim iqtisodiy ahamiyatga ham egadir. Shu sababli mehnat gigienasi vrachi nazorati ostidagi Ishlovchilar kasallanishi ko‘rsatkichlarini taxlil natijalariga ko‘ra kasallik hodisalarini kamaytirishga va oldini olishga qaratilgan yetarli darajada samara beradigan chora tadbirlar komrleksini ishlab chiqib olish va ularni tadbiq etilishini nazorat qilishni bilish kerak. Hozirgi kunda ishlab chiqarish korxonalarida kasallanishni kamaytirishga va oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Texnik-texnologik chora tadbirlar (ishlarni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, masofadan boshqarish Ishlarni joriy etish, texnologik jarayonni takomillashtirish va boshqarish). Bu yo‘nalishdagi chora tadbirlar esa yuqori samara beradi. (Iqtisodiy jihatdan boshqaralarga nisbatan kamtarrok bo‘lsa ham)chunki ular vositasida zararli omilni manbada yo‘qotish yoki hosil bo‘lishini keskin kamaytirishga erishish mumkin. Sanitar-texnik chora tadbirlar (germetiklash, ekranlash, ventilyatsiya). Bu yo‘nalishdagi chora tadbirlar vositasida zararli va xavfli omilni manbada yo‘qotmaydi, balki ishlovchiqa ta’sir etuvchi miqdorni keskin kamayishiga ayrim hollarda yo‘qotishga erishiladi. Ishni og‘irligi va jiddiyligini kamaytirish. Ishlash va dam olishni, to‘g‘ri tashkil qilish. Umumiy va maxsus tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish. Ishlovchilar texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va uni takomillashtirish. Ish joylarida ish sharoitini tashkil etuvchi omillar miqdori va darajalari ustidan nazorat. Optimal ish sharoitini tashkil etish. Bevosita ish joylaridagi zararli va xavfli omillarni salbiy ta’sirini oldini olishga qaratilgan maxsus ovqat bilan ta’minlash. Ma’ruza bo‘yicha savollar:Salomatlik ifodasiga ta’rif bering. Ishlovchilar kasallanishiga ta’sir etuvch qanday omillarni bilasiz?. Ishlovchilar kasallanishini oldini olish uchun qanday chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozim? Turli yo‘nalishdagi ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlovchilar kasallanishi? Download 147.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling