O‘zgarishlarni qayd etish varag‘i


Download 331.03 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi331.03 Kb.
#1586178
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BMetB-ULY-4





MUNDARIJA



t/r

Bo‘limlar nomlanishi

Bet raqami




O‘zgarishlarni qayd etish varag‘i

4

1

Qo‘llanish sohasi

5

2

Atama va ta’riflar

5

3

Havola hujjatlar

7

4

Qo‘llash uchun mas’ul shaxslar

8

5

Umumiy qoidalar

8

6

Majburiyatlar

10

7

Xavfsiz mehnat sharoitlari va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ishlarni joriy etish, atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash bo‘yicha majburiyatlar

11

8

Sanoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlari

12

9

Huquqlari

12

10

Yozuvlar

13

11

Saqlash

13

12

Javobgarlik

13

13

Ilova

14


O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALARNI QAYD ETISH VARAG‘I



O‘zgartirishlar,
tahrir raqami

O‘zgartirish
(qo‘shimcha)larning qisqacha mazmuni

Tasdiqlangan sana

Amalga kiritilgan sana

Imzo























































































1 QO‘LLANISH SOHASI
Ushbu lavozim yo‘riqnomasi “Navoiyazot” AJ ishlab chiqarishlarda NO‘AvaA katta ustasi lavozimida amal qiladi.


2 ATAMA VA TA’RIFLAR



2.1 HUJJATLAR ATAMA VA TA’RIFLARI

Yozuvlar

Erishilgan natijalar yoki amalga oshirilgan faoliyat dalillarini o‘z ichiga olgan hujjatlar (ularni to‘ldirgandan so‘ng maxsus shakllar, blankalar, hisobotlar, hisobot, ro‘yxatga olish va tarqatish jurnallari, hujjatlarni berish uchun reestrlar va boshqalar)

Nazorat
namunasi

Haqiqiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan hujjatning asl nusxasi, “Nazorat nusxasi” yozuvi bilan belgilanadi, uning dolzarbligi kuzatilishi kerak

Nazorat
qilinuvchi namunalar

Asl hujjat, “Nusxa raqami” yozuvi bilan belgilanadi, ularning dolzarbligi kuzatilishi kerak

Nazoratdagi nusxalar

Bu asl nusxaning qog‘oz nusxalari, “___nusxa ko‘chirish raqami” yozuvi bilan belgilanib, ularning dolzarbligi kuzatilishi kerak. Nusxalar soni va ularning tarqatilishi hujjatning ishlab chiqaruvchisi tomonidan belgilanadi

2.2 Tashkilotlar va ularning faoliyatlari bilan bog‘liq atama va ta’riflar

Ish

Muayyan munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni bajarishga qaratilgan harakatlarning tartibli to‘plami.

Texnik xizmat ko‘rsatish

Uskunaning soz holatini yoki ishlash qobiliyatini va uning resur(zahira)sini tiklash bo‘yicha operatsiyalar majmuasi.

Ta’mirlash



Ta’mirlashlar oralig‘ida uskunaning ishlashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ishlar majmuasi.
Qiyoslash

O‘lchash vositalarining belgilangan talablarga mosligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologik xizmati idorasi yoki bu ishga vakolatli boshqa idoralar (tashkilotlar) tomonidan bajariladigan amallar majmui

Iste’molchi shikoyati

Iste’molchining korxonaga yetkazib berilayotgan mahsulotdan noroziligini bildiruvchi (uning sifati, boshqa shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi va h.k. bo‘yicha) har qanday shakldagi murojaati.

2.3 Boshqaruv tizimida ishlatiluvchi atamalar

Uyg‘unlashgan boshqaruv tizimi

Ikki va undan ortiq standartlar talablariga javob beradigan va ishlaydigan tizim

UBT bo‘yicha qo‘llanma

Tashkilotni boshqarish tizimlarini belgilovchi hujjat .

Tuzatish
harakatlari

Aniqlangan nomuvofiqlikning yoki boshqa noma’qul vaziyating sababini bartaraf etish uchun bajarilgan harakat.

Tuzatish

Aniqlangan nomuvofiqlikni bartaraf etish uchun bajarilgan harakat.

Nomuvofiqlik

Talablarning bajarilmasligi.

UBT sohasidagi siyosat

Tashkilotning yuqori rahbariyati tomonidan rasmiy ravishda shakllantirilgan sifat, ekologiya, energiya tejamkorligi, va mehnatni muhofaza qilish sohaslaridagi tashkilotning umumiy yo‘nalishini o‘z ichiga olgan va shu sohalardagi maqsadlari uchun asos sanalgan hujjat.

Xavf (risk)

Xavf yetkazish ehtimoli va bu xavf og‘irligining birlashuvi oqibatida og‘irligi darajasini hisobga olgan holda inson hayoti yoki sog‘ligiga, atrof-muhitga shu jumladan, o‘simlik va hayvonot olamiga yetkazish ehtimoli bo‘lgan zarar yoki xavf.

UBT sohasining maqsadlari

Uyg‘unlashgan boshqaruv tizimi siyosatiga asoslangan va alohida bo‘limlar va umuman korxonaning ish faoliyatini yaxshilash bo‘yicha erishmoqchi bo‘lingan chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan hujjat.

Ekologik aspekt

Atrof-muhit bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi mumkin bo‘lgan tashkilot faoliyati yoki uning mahsulotlari yoki xizmatlarining elementi.

2.4 Sanoat xavfsizligi bilan bog‘liq atama va ta’riflar

Xavfli
ishlab chiqarish obyektlarida halokat

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlatiladigan inshootlarni va (yoki) texnik qurilmalarni yo‘q qilish, nazoratsiz portlashi va (yoki) xavfli moddalarni chiqarishi.

Xavfli
ishlab chiqarish obyektlarida noxuhs hodisalar

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnik qurilmalarning ishdan chiqishi yoki shikastlanishi, texnologik jarayon rejimidan chetga chiqishi, sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek normativ- texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarning buzulishi.

Xavfli
ishlab chiqarish obyektlari

Korxona yoki uning sexlari, uchastkalar, ularning maydonlari, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish obyektlari, bu yerda
quyidagi xavfli moddalar ishlab chiqariladi, qayta ishlanadi, hosil boladi, yoq qilinadi:
-portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan moddalar;
-tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga ta’sir qilihs darajasiga ko‘ra I, II va III xavflilik darajalariga (o‘ta xavfli, yuqori darajada xavfli va o‘rtacha darajada xavfli) mansub zararli moddalar;
-uchqun chiqaruvchi moddalar, ya’nikim, kimyoviy aralashma vaqtida issiqlik chiqishi va gaz hosil bo‘lishi bilan juda tez o‘z-o‘zidan tarqaladigan modda;
- ishlab chiqarish chiqindilari konsentratsiyalarda inson salomatligi va atrof-muhit uchun xavfli moddalar




- 0,07 MPa dan ortiq bosim ostida yoki normal atmosfera bosimida ishchi suyuqlikning qaynash nuqtasini oshiradigan haroratda ishlaydigan uskunalardan foydalaniladi.

Sanoat xavfsizligi

Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalar va noxuhs hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan shaxs va jamiyatning hayotiy muhim manfaatlarini himoya qilish holati.

Sanoat xavfsizligi
talablari

Qonun hujjatlarida, shuningdek, normativ texnik hujjatlarda nazarda tutilgan shartlar, taqiqlar, cheklashlar va boshqa majburiy talablar bo‘lib, ularga rioya etilishi sanoat xavfsizligini ta’minlaydi

2.5 Amaliy qisqartmalar

АJ

Aksiyadorlik jamiyati

AOS

Avariyadan ogohlantiruvchi signalizatsiya

UBT

Uyg‘unlashgan boshqaruv tizimi

MTX

Muhandis-texnik xodim

NO‘A va A

Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika
NTH

Normativ- texnik hujjatlar (GOST, va boshqalar.)

TTMM

Xizmatchilar lavozimlari va ishchi kasblarining tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomalari

E MM va XTB

Ekologiya, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi
boshqarmasi

AQAH

Avariyaga qarshi avtomatik himoya

RPT

Rejali-profilaktik ta’mirlash

TEQQ va XTQ

Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari

EQTQ

Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalari

RQ

Rejali qiyoslash

Download 331.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling