O‘zgarishlarni qayd etish varag‘i


QO‘LLASH UCHUN MA’SUL SHAXSLAR


Download 331.03 Kb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi331.03 Kb.
#1586178
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BMetB-ULY-4

QO‘LLASH UCHUN MA’SUL SHAXSLAR

“Navoiyazot” AJ texnologik sexlarlari NO‘AvaA katta ustalari ushbu lavozim yo‘riqnomasini qo‘llash uchun ma’suldir.


5 UMUMIY QOIDALAR

5.1 “Navoiyazot” AJ texnologik sexlarlari NO‘AvaA katta ustasi (keyingi o‘rinlarda NO‘AvaA katta ustasi deb yuritiladi) unga bo‘ysinuvchi NO‘AvaA bo‘yicha chilangarlari va ustalari ishining texnik rahbari va tashkilotchisi hisoblanadi.


5.2 NO‘AvaA bo‘yicha katta usta lavozimini oliy maxsus ma’lumotga va ishlab chiqarishda kamida 1 yil ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar egallashi mumkin.
5.3 “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisining buyrug‘i bilan sex boshlig‘ining taklifiga binoan boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari va bosh metrolog bilan kelishilgan holda NO‘A va A katta ustasi lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi
5.4 Ishlab chiqarish tarkibiga kirmaydigan NO‘AvaA bo‘yicha katta usta texnik jihatdan “Navoiyazot” AJ bosh metrologiga, ma’muriy jihatdan – sex boshlig‘iga bo‘ysunadi.
Ishlab chiqarish tarkibiga kiradigan sexlarda texnik boshqaruvni ishlab chiqarish NO‘AvaA byurosi boshlig‘i amalga oshiradi.
5.5 “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi korxona va tashkilotlarda ishchi-xodimlarga mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi nizomga (RH-003-21) muvofiq NO‘AvaA bo‘yicha katta ustasi quyidagilardan o‘tadilar:
- EMM va XT bo‘limida kirish yo‘l-yo‘rig‘i;
- ish joyidagi dastlabki yo‘l-yo‘riq;
- lavozimiga tayinlangan kundan boshlab 1 oydan kechiktirmagan holda dastlabki bilim sinovidan o‘tish;
- mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha kamida bir yilda bir marta doimiy imtihon komissiyasida davriy bilim sinovidan o‘tadilar;
- navbatdan tashqari (rejadan tashqari) yo‘l-yo‘riq.
Kirish yo‘l-yo‘rig‘ini o‘tkazishdan maqsad - ishchilarni, xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi asosiy qoidalari bilan tanishtirish, ishlab chiqarish va ichki mehnat tartibi intizomi mohiyatini tushuntirish, korxona faoliyatini yoritib berish.
Xodimlarga mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha kirish yo‘l - yo‘rig‘ini korxonaning mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi xizmati (bo‘limi) muhandis-texnik xodimi yoki ushbu vazifalar yuklatilgan boshxa muxandis-texnik xodim tomonidan utkaziladi. Agar ishchilarni ishga qabul qilish to‘g‘ridan-to‘g‘ri sexlarda amalga oshirilsa, u holda kirish yo‘l-yo‘rig‘i sex rahbarlaridan biri tomonidan o‘tkaziladi.
Ish joyida dastlabki yo‘l-yo‘riq quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
- ish faoliyati boshlangunga qadar yangi ishga qabul qilingan barcha xodimlar bilan yoki bir bo‘linmadan boshqasiga o‘tkazilganda;
- topshirilgan ish xodimlarga tanish bo‘lmagan hollarda;
- korxona tomonidan nazorat qilinadigan hududlar va obyektlar bo‘yicha ishlarni bajaruvchi pudratchi (subpudratchi) xodimlari bilan;
- ishlab chiqarish ta’limi yoki amaliyotga kelgan talabalar va o‘quvchilar bilan ish boshlashdan oldin, shuningdek o‘quv laboratoriyalari, sinflar, ustaxonalar, bo‘limlar, sexlarda amaliy mashg‘ulotlar davomida yangi mavzuni o‘rganishdan oldin.
Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha navbatdan (rejadan) tashqari yo‘l-yo‘riq xodimlarga quyidagi hollarda o‘tkazilishi kerak:
ishlab chiqarish jarayonining o‘zgarishi, uskunaning bir turini boshqasiga almashtirlishi va x.k., natijasida ish sharoitlari o‘zgarganda;
sex, uchastka, bo‘linma hududida, baxtsiz xodisa yoki avariya sodir bo‘lganida;
xodimlarni mehnat muhofazaei bo‘yicha yangi qoida va yo‘riqnomalarning kiritilishi bilan bog‘liq qo‘shimcha talablar to‘g‘risida xabardor qilinishi zarur bo‘lganda;
qoida va yo‘riqnomalar, ishlab chiqarish intizomi buzilganligi holati aniqlangan taqdirda, kurilgan choralardan qat’i nazar;
60 taqvim kunidan ortiq ishdan tanaffusda bo‘lganda;
vakolatli nazorat idoralari yoki yuqori turuvchi tashkilotning talabiga
binoan.
5.6 Mustaqil ishga qabul qilish uchun NO‘AvaA bo‘yicha katta usta bilimlarini tekshirish “Navoiyazot” AJ bosh metrologi raisligidagi 5-sonli imtihon komissiyasida bir yilda bir marta o‘tkaziladi.
5.7 Elektr xavfsizligi bo‘yicha bilimlarni sinovdan o‘tkazish bir yilda bir marta “Navoiyazot” AJ bosh metrologi raisligidagi 5-sonli imtihon komissiyasida o‘tkaziladi
5.8 NO‘AvaA bo‘yicha usta 1000 V gacha bo‘lgan elektr inshootlarida ishlarni tashkil etish va bajarish huquqi uchun IV guruh malaka guvohnomasiga ega bo‘lishi kerak.
5.9 NO‘AvaA katta ustasi quyidagilarni bilishi shart:
- o‘z sexining texnologik jarayonini, sexda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, vazifasini;
- boshqarish va avtomatlashtirish sxemalari, avariyadan ogohlantiruvchi signalizatsiya va avariyaga qarshi avtomatik himoyasi (AOS va AQAH);
- sexda mavjud barcha boshqarish va avtomatlashtirish vositalarining texnik tavsiflari;
- elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalari (EQTQ) va iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari (TEQQ va XTQ);
- yong‘in va portlashga xavfli kimyoviy, neft-kimyo va neftni qayta ishlash sanoati uchun portlash xavfsizligining umumiy qoidalari;
- mehnat qonunchiligi asoslari;
- mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘inga qarshi himoya qilish qoidalari va normalari;
- Bosh metrolog bo‘limining Nizomlari va yo‘riqnomalari;
- lavozim yo‘riqnomasini.
5.10 NO‘AvaA katta ustasi NO‘AvaA larni ishlatish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ustaxonaning texnologik xodimlari va smena boshliqlari bilan, bosh metrolog bo‘limi bilan quyidagi masalalar bo‘yicha aloqada bo‘ladi:
- qurilmalarining RPT va RQ jadvallarini bajarish;
- boshqarish va rostlash vositalarini hisobga olish;
- sex uchun asboblarga va ehtiyot qismlariga jamlangan buyurtmalarni tayyorlash;
- bosh metrolog yoki uning o‘rinbosarining ko‘rsatmalariga asosan boshqa masalalar bo‘yicha.
NO‘AvaA (46-sonli sex) sexi bilan quyidagi masalalar bo‘yicha:
- NO‘AvaA larni ta’mirlash;
- ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish;
- o‘lchash vositalarini qiyoslash.
5.11 O‘z faoliyatida NO‘AvaA katta ustasi Bosh metrolog bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan tashqi va ichki hujjatlarning tasdiqlangan ro‘yxatida keltirilgan normativ hujjatlarga, ushbu yo‘riqnomaga, shuningdek korxonalar, ishlab chiqarish bo‘yicha buyurtmalar, sexlar, sex boshlig‘ining shaxsiy ko‘rsatmalari, NO‘AvaA byurosi boshlig‘i, bosh metrolog tashkiliy-ma’muriy hujjatlariga (buyruqlar, farmoyishlar, bayonnomalar va boshqalar) amal qiladi.




  1. Download 331.03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling