O‘zgarishlarni qayd etish varag‘i


SANOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA


Download 331.03 Kb.
bet6/8
Sana18.06.2023
Hajmi331.03 Kb.
#1586178
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BMetB-ULY-4

8 SANOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA
MAJBURIYATLAR

NO‘A va A bo‘yicha katta usta quyidagilarga majburdir:


- sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek normativ-texnik hujjatlarda nazarda tutilgan talablarga rioya etish;
- sanoat xavfsizligi sohasida malaka oshirish va sertifikatlashdan o‘tish;
- xavfli ishlab chiqarish obyektida sodir bo‘lgan avariya yoki noxush hodisa to‘g‘risida darhol tegishli shaxslarni xabardor qilish;
- sanoat xavfsizligi sohasida qonunchilikda belgilangan vakolatdan chiqmagan holda maxsus vakolatli davlat tashkilotlari va boshqa davlat organlari buyruq, qaror, ko‘rsatmalarini bajarish.

  1. HUQUQLAR

O‘z vazifalarini bajarish uchun NO‘AvaA bo‘yicha katta ustasi quyidagi huquqlarga ega:


9.1 Sex rahbariyatidan BMet -UZN-1 Nizomi BMetB-UZN-1-01-ilovasiga muvofiq korxona xizmatlari profiliga binoan o‘lchash va avtomatlashtirish vositalarini ta’mirlash va sozlash ishlarining ayrim turlarini bajarishni talab qilish.
9.2 NO‘AvaA sohasiga aloqador texnik qarorlarni qabul qilish jaraynida ishtirok etish.
9.3 Sex ishchilariga NO‘AvaA ni o‘rnatish, ta’mirlash masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalar va farmoyishlar berish.
9.4 NO‘AvaA sexidan nazorat va avtomatlashtirish vositalarini o‘z vaqtida qiyoslash, ta’mirlashni talab qilish.
9.5 Texnik yordam olish uchun ishlab chiqarish NO‘AvaA byuro boshlig‘i, “Navoiyazot” AJ bosh metrologiga murojaat qilish.
9.6 Sex boshlig‘iga qo‘l ostidagi xodimlarni rag‘batlantirish, belgilangan tartibda toifa oshirish, shuningdek ishlab chiqarish va mehnat intizomi buzilgan taqdirda, jazo tayinlash bo‘yicha takliflar berish.


10 YOZUVLAR

10.1 NO‘AvaA bo‘yicha katta ustasi BMetB-UZN-3 nizomi (BMetB-UZN-3-02-17) ilovasiga muvofiq , tuzilmaviy bo‘linma yozuvlar ro‘yxati bo‘yicha yozuvlarni yuritadi.


10.2 “Navoiyazot” AJ TB-UZN-02 boshqaruv hujjatlari to‘g‘risidagi Nizomning 9-bo‘limiga muvofiq yozuvlarni boshqarishni amalga oshiradi.
11 SAQLASH

BMetB-ULY-4 identifikasiya raqami ostida ushbu lavozim yo‘riqnomasining nazorat nusxasi IH va MA bo‘limida saqlanadi, qolgan nazorat qilinadigan nusxalari Bosh metrolog bo‘limida saqlanadi.




12 JAVOBGARLIK

NO‘AvaA bo‘yicha katta usta quyidagilar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi:


12.1 “Navoiyazot” AJ o‘lchash vositalari va avtomatlashtirish vositalarini qiyoslash, ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish tizimlari to‘g‘risidagi BMetB-UZN-3 Nizom talablarini bajarmaganligi uchun;
12.2 Amaldagi barcha o‘lchash va avtomatik boshqarish vositalarining ishonchli va uzluksiz ishlashi, ularni o‘z vaqtida ta’mirlash va sifatli texnik xizmat ko‘rsatish uchun;
12.3 Ishlab chiqarishda NO`A va A xizmati ta’mirlash ishlari xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmaslik;
12.4 Ushbu yo‘riqnomaning talablarini bajarmaganlik uchun.
Mazkur yo‘riqnoma talablarini bajarmaganligi uchun NO‘AvaA bo‘yicha katta usta O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ma’muriy, intizomiy va jinoiy javobgarlikka tortiladi.





BMetB - ULY- 4-01-ilova

Download 331.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling