Mavzu: Umumiy og’riqsizlantirish. Ingalyatsion va noingalyatsion narkoz. Reja
Download 99.36 Kb.
|
Umumiy og’riqsizlantirish. Ingalyatsion va noingalyatsion narkoz.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ingalyatsion narkoz.
Mavzu: Umumiy og’riqsizlantirish. Ingalyatsion va noingalyatsion narkoz. Reja: 1. Narkotik moddalarning turlari 2. Ingalyatsion narkozning bosqichlari 3. Narkoz vaqtida ro‘y beradigan asoratlar Narkotik moddalar yordamida og‘riq, sezuvchanlikni yo‘qotish og‘riqsizlantirish deyiladi. Og‘riqsizlantirish to‘g‘risidagi fan anesteziologiya deyiladi. Barcha xirurgik opereratsyalar, yaralarni xirurgik tozalash og‘riqsizlantirish yo‘li bilan bajariladi. Og‘riqsizlantirishning ikki xil: umumiy og‘riqsizlantirish va mahalliy yoki joyli og‘riqsizlantirish usulni bor. Ingalyatsion narkoz. Ingalyatsion narkoz umumiy og‘riqsizlantirishda eng ko‘p qo‘llaniladigan va oddiy usul hisoblanadi. Bu usulda bemorga biror narkotik moddaning bug‘i bilan nafas oldiriladi. Narkotik moddalarni o‘pka orqali katta qulayliklar tug‘diradi. Bunda ular juda tez shimiladi va qonga o‘tadi. Ingalyatsion narkoz uchun efir, xloroform, xloretil, azot (N)-oksid va keyingi vaqtlarda narsilan ishlatiladi. Narkoz berish vaqtida dorilarni hidlatish uchun maxsus maskalardan foydalaniladi. Ilgarilari Esmarx maskasidan foydalanilgan, bu maska bemorning og‘zi va burnini berkitib turadi. Es- marx maskasi metall simdan yasalgan bo‘lib, ustiga 3-4 qavat doka qoplanadi, efir yoki xloroform alohida shisha idishlar orqali tomchilab tushiriladi. Bundan tashqari Shimmel-Bush, Sadovenko-Ombrsdan maskalaridan ham foydalaniladi. Bu maskalar yordamida narkoz berish quyidagicha bajariladi: bemor stolga chalqancha yotqiziladi, ustiga choyshab yopiladi; shilliq pardalar efirdan kuymasligi uchun bemorning yuzi, burni og‘iz atrofiga vazelin surtiladi, ko‘zini esa sochiq bilan yopib qo‘yiladi. Bemorning qo‘l va oyoqlari mahkam bog‘lanadi, protez tishlar bo‘lsa olib qo‘yiladi. Narkotizator yordamchisi bemorning boshini va pastki jag‘ini ushlaydi; tili orqaga ketib qolmasligi uchun pastki jag‘i bir oz oldinga chiqariladi. Bemor yuziga maska qo‘yib sochiq bilan mahkam o‘rab, maskaga tomchilab efir qo‘yib turiladi. Bemorga 100 gacha sanash buyuriladi. Uning yoshi, jinsi va umumiy ahvoliga qarab, minutiga 20-60 tomchi efir tomiziladi. O‘rta hisobda bitta operatsiya uchun 2-3 flakon, ya’ni 200 - 250 g efir sarflanadi. Maska yordamida narkoz berilganda bemor hidlayotgan efir miqdorini aniqlab bo‘lmaydi, chunki efirning anchagina qismi havoga uchib ketadi. Maxsus narkoz apparatlari yordamida ingalyatsion narkoz berish xavfsiz va qulay. Bunda efir kislorod bilan aralashtirib beriladi. Keyingi yillarda operatsiyalar intubatsion narkoz bilan bajarilmoqda: Bunda gaz va bug‘simon narkotiklar maxsus naychalar orqali traxeya va bronxlarga yuboriladi. Bemorlarga ingalyatsion narkoz berilganda quyidagi bosqichlar o‘tiladi. Download 99.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling