Birinchi bosqich — mast bo‘lish davri. Bu davrda bemorning ko‘z oldi qorong‘ilashadi, og‘riq sezuvchanligi kamayib, keyin yo‘qoladi. Savol-javobga yanglishadi. Tuyg‘u va muskullar tarangligi saqlanadi. Puls va nafas olish tezlashadi, ko‘z qorachig‘i bir oz torayadi. Bu davrda kichik operatsiyalar qilish mumkin.
Ikkinchi bosqich — qo‘zg‘alish davri. Bu davrda bemor ko‘pincha baqiradi, so‘kinadi va ashula aytadi. Qo‘zg‘alish davri ayollarda, bolalarda yengil o‘tadi, baquvvat erkaklarda esa uzoq vaqt (15—20 minut) davom etadi va og‘ir o‘tadi.
Uchinchi bosqich — chuqur uyqu davri. Bunda sechzuvchanlik butunlay yo‘qoladi. Ana shu davrda operatsiya qilinadi. Agar operatsiya- cho‘zilib ketsa, bu davrni 2—3 soatgacha cho‘zib turish lozim bo‘ladi
I- f a z a d a. bemor butunlay hushidan ketadi. Og‘riq sezuvchanligi, taktil sezuvchanligi yo‘qoladi. Muskullar tonusi bo‘shashadi. Bemor bir tekis va chuqur nafas oladi. bu uchinchi bosqichning :birinchi fazasi deyiladi.
II-fazada muskullar tonusi butunlay bo‘shashadi, ko‘z qorachig‘i torayadi, reflekslar yo‘qoladi. Bu fazada til orqaga — halqumga ketib qolish xavfi tug‘iladi. Nafas olish, puls oldingi darajada turadi. Narkozni davom ettirish uchun ozgina miqdordagi efir bir tekis beriladi.
III- faza chuqur narkoz bilan xarakterlanib, qisqa vaqtga ruxsat etiladi. Puls tezlashadi, arterial bosim pasaya boshlaydi, ko‘z qorachig‘i torayganicha qoladi.
IV -faza bemor uchun xavfli bo‘lib, ko‘pincha asfiksiya bilan tugaydi. Nafas olish tezlashadi, lekin yuza bo‘ladi. Puls tezlashadi, arterial bosim pasayib boradi. Bu faza yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan faza deyiladi.
To‘rtinchi bosqich — uyg‘onish davri. Bu davrning uzoqligi har xil bo‘ladi. Bu davr 1 soatdan 3-4 soatgacha cho‘zilishi mumkin va u operatsiyaning xarakteriga bog‘liq bo‘ladi.
Uyg‘onish davrida bemorni diqqat bilan kuzatib turish kerak, chunki bu davr qo‘zg‘alish bilan davom etganidan kutilmagan hodisalar ro‘y berishi mumkin.
Xirurgiyada bundan tashqari, vena orqali va to‘g‘ri ichak orqali narkoz beriladi. Venaga geksenalning distillangan suvdagi 10% li eritmasi va tiopental natriyning 2—5% li eritmasi juda sekinlik bilan yuboriladi. To‘g‘ri ichak orqali esa efir, narkolan yoki overtindan narkoz beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |