Mavzu: Umumiy og’riqsizlantirish. Ingalyatsion va noingalyatsion narkoz. Reja


Download 99.36 Kb.
bet5/5
Sana08.03.2023
Hajmi99.36 Kb.
#1251836
1   2   3   4   5
Bog'liq
Umumiy og’riqsizlantirish. Ingalyatsion va noingalyatsion narkoz.

Mahalliy og‘riqsizlantirish. Xirurgiyada juda ko‘p operatsiyalar mahalliy og‘riqsizlantirish (anesteziya) yo‘li bilan bajariladi. Og‘riqsizlantirish uchun ishlatiladigan maxsus eritmalar nerv tolalariga va uchlariga ta’sir ko‘rsatib, ma’lum sohada sezuvchanlikni yo‘qotadi. Mahalliy og‘riqsizlantirish uchun novokainning 0,25, 05 va 1% li eritmalaridan foydalaniladi. Novokainning og‘riqsizlantirish ta’siri 1—1,5 soat davom etadi bunga adrenalinning 1 : 1000 eritmasidan 0,5 ml qo‘shilsa, uning kuchi ancha ortadi. Bundan tashqari, mahalliy og‘riqsizlantirish uchun dikain eritmasi (1:1000—1.2000). sovkain (1:2000— 1:5000), kokain va boshqa analgetiklar ishlatiladi. Buning uchun operatsiya qilinadigan sohaga shpris yordamida 200—1500 ml 0,25—0,5% li novokain eritmasi yuboriladi. Bundan tashqari (regionar), anesteziya ham bo‘lib, bunda og‘riqni yo‘qotadigan eritma sezish nervlarining yaqin yeriga yoki xuddi o‘ziga yuboriladi. Bunda sezgi nervlarining o‘tkazuvchanligi vaqtincha buziladi va butun bir soha og‘riqni sezmaydigan holatga keladi. Bulardan tashqari, shiliq pardalarga 1—2% li kokain eritmasi surtish, xloretil bilan ma’lum sohani muzlatish kabi usullar qo‘llaniladi, bunday og‘riqsizlantirish yo‘li bilan kichik operatsiyalar qilish (absess va flegmonalarni yorish) mumkin.
Suyaklarda qilinadigan operatsiyalar ko‘pincha novokainni suyak ichiga yuborib og‘riqsizlantirish yo‘li bilan bajariladi. Mahalliy narkoz berish vaqtida meditsina hamshirasi vrachning eng yaqin yordamchisi hisoblanadi. U narkotizatorning hamda operatsiya stolini tayyorlaydi, vrachga kerakli asboblar, dorilarni o‘z vaqtida berib turadi. Narkoz berish vaqtida vrach topshirig‘i bilan kerakli dorilarni bemorning venasiga va terisi ostiga yuborib turadi.
Operatsiyadan keyin bemorlarni parvarish qilish. Operatsiya qilingan bemor to‘liq sog‘ayib ketishigacha bo‘lgan muddat operatsiyadan keyingi davr deb aytiladi. Bu muddat 7—8 kundan bir necha oygacha cho‘zilishi mumkin. Shuningdek, bu davrning kechishi ham turli-tuman bo‘lib, bir qator sharoitga (operatsiyaning turi, narkoz turi va dozasiga, bemorning ahvoliga, asoratlarga) bog‘liq bo‘ladi. Bu davrda bemorni yaxshilab kuzatish va parvarish qilish kerak. Har xil asoratlar ko‘pincha operatsiyadan so‘nggi birinchi soatlarda, birinchi kunlarda ro‘y beradi. Shuning uchun bemorni operatsiyadan keyingi birinchi kunlarda ayniqsa yaxshi parvarish qilish zarur. Biror o‘zgarish sezilsa, darrov vrachga xabar qilish kerak.
Operatsiyadan keyin bolalar bog‘lovlarni olib tashlamasligi tikilgan yaralarni qo‘li bilan iflos qilmasligi, turli harakatlar qilib gipsli bog‘lovlarni sindirmasligi va operatsiya qilingan joyni ochib yubormasligi uchun ularni dastlabki kunlarda mumkin qadar tinchitib turish zarur. Shu sababli ular paxta yoki bintdan qilingan yumshoq manjet bilan karavotga bog‘lab qo‘yiladi.
Operatsiyaning turiga qarab, bemorlar karavotda har xil holatda yotadi: qorin bo‘shlig‘ida qilingan operatsiyalardan (peritonit), ko‘krak qafasida bajarilgan operatsiyalardan so‘ng bemor bir oz suyanib yotadi. Miya, yuz, oyoq-qo‘llar operatsiya qilinganda, bemor chalqancha yotadi, orqa miya va umurtqa pog‘onalari operatsiya qilinsa, qorni bilan yotadi. Operatsiyadan keyingi davrda bemorlarning tashqi ko‘rinishini juda sinchiklab kuzatib borish kerak, chunki tashqi ko‘rinish ko‘p narsani bildiradi. Bemorning tana temperaturasini ertalab va kechqurun o‘lchash katta ahamiyatga ega. Operatsiyadan keyin 1-2 kun morfin, pantopon, promedol yordamida bemorning azobini yengilatish va yaraning ochilib ketmasligiga harakat qilish kerak. Bunda yurak ishini tekshirib borish juda zarur.
Operatsiyadan keyin bemor bronxit bo‘lib qolishi yoki o‘pkasi yallig‘lanishi mumkin, bu xavfli asoratlardan hisoblanadi. Nafas olishning tezlashishi, yo‘tal va balg‘am tashlash, temperaturaning ko‘tarilishi nafas olish organlarida hosil bo‘lgan asoratlar beradi. Narkozdan so‘ng 1-2 kun ichida bemor bir necha marta qusishi mumkin.
Operatsiyadan keyin bemorning ovqatlanishiga ayniqsa katta ahamiyat berish zarur. Operatsiyaning va og‘riqsizlantirishning turiga qarab ovqatlar har xil bo‘ladi. Narkozdan so‘ng qusish, operatsiya vaqtida qon yo‘qotish, terlash natijasida bemor ko‘p miqdorda suyuqlik yo‘qotadi, shu tufayli organizmi suvsizlanib qoladi. Yo‘qolgan suyuqlik o‘rnini to‘ldirish uchun unga mineral suv, choy, har xil sharbatlar, klyukva suvi, limonli choy va boshqa suyuqliklar ichiriladi. Agar me’da operatsiya qilingan bo‘lsa, 1—2 sutka ichida hech narsa berilmaydi. Buning o‘rniga suyuqliklar teri ostiga yoki venaga tomchilab yuboriladi, osh tuzining fiziologik eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi teri ostiga 500—600 ml gacha yuboriladi, venaga esa 2—3 litrgacha tomchilab yuborish mumkin. Operatsiyadan keyingi birinchi kunlarda bemorlarga suyuq, tez hazm bo‘ladigan va kaloriyali ovqatlar berish kerak. Mabodo ovqatlanish rejimi buzilsa, har xil asoratlar kelib chiqishi mumkin. Operatsiya qilingan bemorni parvarish qilishda hamshiraning roli juda katta. Hamshira ziyrak, bilimdon bo‘lishi, bemordagi barcha o‘zgarishlarni sezgan zahoti vrachga bu haqda xabar qilishi kerak.
Operatsiyadan keyingi davrda bolalarni parvarish qilish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Narkoz berib operatsiya qilingandan keyingi birinchi soatlarda bolani chalqancha qilib yotqizib qo‘yish kerak. Narkozdan uyg‘onayotgan bolaning ahvolidan doim xabardor bo‘lib turish kerak. Uni parvarish qilish operatsiyaning og‘ir yengilligiga va tabiatiga bog‘liq bo‘ladi. Yurakda, o‘pkada, katta qon tomirlarida va qizilo‘ngachda operatsiya qilingandan keyin vrachning o‘zi ikki-uch kun bemor oldida bo‘lishi kerak. Qattiq og‘riq paydo bo‘lsa, og‘riqni ka- maytiradigan dorilar yuboriladi.
Download 99.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling