Mavzu: umumiy o’ta ta’lim tizimidagi milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limiga oid fanlarning o’qitilishi tahlili. Kirish I bob. Yoshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalashda milliy qadriyatlarimiz
Yosh avlodga xos bo‘lgan xususiyatlarda qadriyatlarimiz namoyon bo‘lishi
Download 56.88 Kb.
|
UMUMIY O’TA TA’LIM TIZIMIDAGI MILLIY G’OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMIGA OID FANLARNING O’QITILISHI TAHLILI.
1.2. Yosh avlodga xos bo‘lgan xususiyatlarda qadriyatlarimiz namoyon bo‘lishi
Milliy g‘oya O‘zbekiston fuqarolarining ma’naviy kamolotida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning Vatan ravnaqi yo‘lida fidoyilik bilan faoliyat olib borishlari, o‘z xalqining buyuk o‘tmishidan faxrlanuvchi inson bo‘lib tarbiyalanishlarida milliy g‘oya muhim o‘rin tutadi. O‘zbekistonning kuch-qudrati manbai - xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligida, ulug‘ ajdodlarimizdan avlodlarga o‘tayotgan ma’naviy merosimizning kuchliligida, fuqarolarimizning el-yurtga, ona zaminga bitmas-tuganmas mehrida hamda xalqimizda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usining yuksak darajada ekanligidadir. Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi, – deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, – Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrabavaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor y o‘nalishlaridan biridir.Bugungi kunda boy tarixiy ma’naviy meros va milliy qadriyatlarni tiklash masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda 7 Mustaqillikka erishgan har bir mamlakat boshqa xalqlar tomonidan to‘plangan qadriyatlardan, ilg‘or tajribalardan oqilona foydalangan taqdirdagina taraqqiyot yo‘liga tusha oladi. Turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash, diniy bag‘rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, o‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish kabi xususiyatlar ham xalqimizning milliy mentalitetiga xos bo‘lgan xususiyatlardir. Shu bilan birga mehr-oqibat, muruvvat, andisha, or-nomus, bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, oqko‘ngillik kabi xususiyatlar ham xalqimizning milliy ruhiyatiga, mentalitetiga xosdir. O‘zbekistonning taraqqiyotida, barkamol avlodni tarbiyalashda boy tarixiy ma’naviy merosni tiklash, milliy o‘zlikni anglash masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘lida jamiyatni yangilash va rivojlantirishning to‘rtta ma’naviy-axloqiy negizlariga katta e’tibor qaratilib, bu ma’naviy - axloqiy negizlar – umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi hamda vatanparvarlikdan iborat bo‘ldi. O‘zbekistonni rivojlantirishning ushbu ma’naviy-axloqiy negizlari asosida barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga katta e’tibor qaratildi. Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish masalasiga O‘zbekistonda davlat va jamiyatning ustuvor vazifasi sifatida munosabatda bo‘lindi. Barkamol avlodni tarbiyalash va rivojlantirish bir necha tarkibiy qismlardan iborat bo‘lib, ularga quyidagilar taalluqlidir.8 1. Axloqiy tarbiya, 2. Huquqiy tarbiya, 3. Ekologik tarbiya, 4. Fuqaroni kasbga yo‘naltirish, 5. Iqtisodiy tarbiya, 6. Estetik tarbiya, 7. Mehnat tarbiyasi va Jismoniy tarbiya. Barkamol avlod tarbiyasida milliy g‘oya muhim o‘rin tutadi. Milliy g‘oya barkamol avlodni tarbiyalashning muhim omili bo‘lib, barkamol avlodga taalluqli bo‘lgan bir qator xislat va xususiyatlar mavjuddir. Barkamol avlodga xos bo‘lgan umumiy xislatlar bu – yoqimlilik, ko‘rkamlilik, jozibadorlik, salobatlilik, hurmatga sazovorlik, sifatlilik, o‘ziga xoslilik, yetuklik, jiddiylik, madaniyatlilik, tarbiyalanganlik va boshqalar. Barkamol avlodga tegishli bo‘lgan axloqiy fazilatlar – insonparvarlik, do‘stlik, g‘amxo‘rlik, jonkuyarlik, samimiylik, odamiylik, imonlilik, fidokorlik, xushmuomalalik, iltifotlilik, kechirimlilik, mehmondo‘stlik, halollik, to‘g‘rilik, diyonatlilik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik va hokazolar. Barkamol avlodga taalluqli bo‘lgan ishbilarmonlik xislatlari quyidagilardan iboratdir – ishchanlik, tirishqoqlik, serharakatlilik, mas’uliyatlilik, insoflilik, halollik, malakalilik, epchillik, uddaburonlik, saranjom-sarishtalik, tadbirkorlik, aniqlik, tejamkorlik, barkamollik, ta’masizlik, tavakkalchilik va boshqalar. Barkamol avlodga xos bo‘lgan xususiyatlarni ko‘rib o‘tganda bir qator fazilatlar va xislatlarga asosiy e’tibor qaratiladi. Barkamol avlodga xos bo‘lgan zukkolik, idroklilik fazilatlariga quyidagilar kiradi – zehnlilik, ba’manilik, xotirjamlik, sog‘lom fikrlilik, donishmandlik, sezgirlik, zakovatlilik, topqirlik, notiqlik, tanqidiylik, dadillik, omilkorlik, savodxonlik, qiziquvchanlik2, ishqibozlik va boshqalar. Barkamol avlodga tegishli bo‘lgan sobitlik xislatlariga – faollik, qat’iyatlilik, tezkorlik, sabotlilik, birso‘zlilik, barqarorlik, dovyuraklik, intizomlilik, jiddiylik, nafsni tiyishlik, o‘zini yo‘qotmaslik, o‘ziga talabchanlik, kamsuqumlik, o‘zini-o‘zi idora eta bilish va boshqalar kiritiladi. Barkamol avlodga tegishli bo‘lgan ehtiroslilik xislatlariga – ko‘tarinkilik, tantanavorlik, kelajakka ishonch, ezgulik, olijanoblik, otashinlik, nozik tabiatlilik, hayolilik va hokazolar taalluqlidir. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barkamol avlodga taalluqli bo‘lgan fazilatlar va xislatlarning fuqarolar ongi va qalbiga singdirilishi ularni barkamol, sog‘lom va komil inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Barkamol avloddagi g‘oyaviy, mafkuraviy tarbiya eng avvalo, yuksak iymon-e’tiqod, Vatan va xalq oldidagi mas’uliyat, vatanparvarlik, fidoyilik kabi fazilatlarda namoyon bo‘ladi. Mustaqillik yillarida milliy g‘oya asosida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash barkamol avlodda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyat va an’analarga muhabbatni, o‘z kasbi, maslagi va e’tiqodiga sadoqatni nazarda tutadi. Milliy g‘oyaning asosiy maqsadlaridan biri har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Barkamol avlod – ozod shaxs, erkin fikr yurituvchi, ezgu g‘oyalar va o‘z xalqining ideallari uchun kurashuvchi insonlarni, o‘z Vataniga halol xizmat qiluvchi fuqarolarni o‘zida ifodalovchi tushunchadir.. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov milliy g‘oya haqida quyidagi fikrlarni bildirgan9: Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlarini o‘zimizga tasavvur qiladigan bo‘lsak, o‘ylaymanki, bunday keng ma’noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo‘lamiz. Shu bilan birga, men milliy g‘oya bugungi tez sur’atlar bilan o‘zgarayotgan tahlikali dunyoda o‘zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday buyuk ajdodlarning merosiga, necha ming yillik tarix, betakror madaniyat va qadriyatlarga ega ekanimizni his etib yashashga, bu boylikni asrab-avaylab, demokratik qadriyatlar, butun jahon taraqqiyoti yutuqlari bilan oziqlantirib, yangi o‘sib kelayotgan avlodga yetkazishga xizmat qilmog‘i zarur, deb bilaman. Download 56.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling