Mavzu: umumiy qayd yozuvlari muammolari


Download 0.69 Mb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1061849
  1   2   3
Bog'liq
Kurambaev Kuramboy 2023


Mustaqil ishi
Bajardi: Kurambaev Kuramboy
MAVZU:UMUMIY QAYD YOZUVLARI MUAMMOLARI
Yozuv
Yozuv deb tilning matn orqali ifodalanishiga aytiladi. Bunda matn yozuv tizimi deb nomlanuvchi tayinli belgi va ramzlardan iborat boʻladi.[1] Yozuv rasm yoki magnitli audioyozuv kabi matnmas ifodalovchi yoki til saqlovchi vositalardan farqlanadi.
Yozuv — muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar oʻrtasidagi muloqatga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yo.— kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining tom maʼnodagi ibtidosi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biri. Yo. tildan ancha keyin paydo boʻlgan (tovush tili 400—500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, Yo.ning paydo boʻlganiga esa 4—5 ming yillar boʻlgan). Ogʻzaki til (nutq)ning zamon (vaqt) va makon (masofa) nuqtai nazaridan cheklanganligi va uni bartaraf etish zaruriyati Yo.ning paydo boʻlishiga olib kelgan. Ogzaki til talaffuz vaqtidagina va ayni paytda muayyan masofadagi (tovush toʻlqinlari yetib borishi mumkin boʻlgan) kishi uchungina mavjuddir. Boshka sharoitlarda tilga ehtiyoj paydo boʻlishi bilan inson dahosi bu ehtiyojni qondira oluvchi vositalarni qidira boshlagan, natijada belgilar tizimidan iborat Yo. dunyoga kelgan.
Annotatsiya: Ushbu maqolada 21-asr “Axborot texnologiyalari asri” bo`lganligi sababli, hozirgi kunga kelib davlat tashkilot va idoralari, xususiy korxonalarda hattoki ta`lim muassasalarida xam kompyuter savodxonligiga asoslangan xolda ko`p ishlarimizni ushbu qurilma orqali tez va samarali bajarmoqdamiz. To`g`ri bu texnika bizning bir qancha ishlarimizni oson va yengillashtirib beradi, lekin, hech o`ylab ko`rganmisiz, bu qurilmaning ham o`ziga yarasha zararli tomonlari bor ekan. Albatta buning zararli tomonlari bizning ish faoliyatimizga salbiy ta`sir ko`rsatmasligi uchun, undan to`g`ri va oqilona foydalanishimiz kerak, kompyuter texnologiyalari va uning bugungi xayotimizdagi o`rni keng yoritib berilgan.
Zamonaviy odamlar qo‘lda emas, ko‘proq kompyuterda yozishga intilishadi. Yangi texnologiya vositalarini bilganlar uchun bu nihoyatda oson va qulay usul. Bir tekisdagi harflar ish natijasini yanada go‘zalroq qilib ko‘rsatadi. XX asrda yozuv mashinkalari va kompyuterlar kundalik hayotimizga shiddat bilan kirib keldi. Yozish va nashr qilish jarayonlari bir necha baravar osonlashdi, tezlashdi. Biroq vaqt o‘tib bildikki, baribir, "tabiiy" yozuvning qadri yuqori ekan. Ammo taraqqiyot g‘ildiraklari har qachongidan tez aylanayotgan vaqtda qo‘lda yozish haqida gapirish o‘rinlimi? Xohlagancha o‘zgartir, chop et. Bugungi kunda odamlardagi harakatchanlik va faollik 20-30 yil avvalgi vaqtlarga qaraganda ancha yuqori darajada. Turmush tarzimiz, jamiyatdagi ayrim qonuniyatlarning o‘zi shunga majbur qiladi. Razm solsangiz, hatto maktab o‘quvchisi ham "ishlari ko‘pligi" haqida gapiradi. Kompyuter - insonlarning ana shu ko‘pdan-ko‘p yumushlari qatori yozuv bilan bog‘liq ishlarini ham yengillatgan kashfiyot bo‘ldi. Uning vazifasi ko‘p: qog‘oz-qalam, daftar, yon daftar, kitob, pochta...

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling