Mavzu: Umumta’lim maktablari kutubxonalari ishini to’g’ri tashkil etishda malakali mutaxassislar bilan ta’minlanishi, kutubxona hodimlariga qo’yiladigan kasbiy talablar


MAKTAB MA’MURIYATI BILAN HAMKORLIK QUYIDAGILARDA AK ETADIS


Download 37.5 Kb.
bet2/4
Sana25.01.2023
Hajmi37.5 Kb.
#1121674
1   2   3   4
Bog'liq
кутубхоначи йўриқномаси

MAKTAB MA’MURIYATI BILAN HAMKORLIK QUYIDAGILARDA AK ETADIS:
Kutubxona ishi doirasida ―Ochiq eshiklar kuni» tadbirini o‘tkazishda. Bu tadbir ota-onalarga kutubxona ishining afzalliklarini va o‘quvchilarga axborot- bibliografiya xizmatini tashkil etishdagi yangi imkoniyatlarni namoyish qilish imkoniyatini beradi;
ota-onalarni umumta’lim muassasasining kitobxonlikni, oilaviy kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha amaldagi dasturlariga jalb etishda;
ota-onalarni tuman, shahar, maktab miqyosida o‘tkaziladigan xayriya tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga jalb etishda;
OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK QUYIDAGILAR BILAN IFODA ETILISHI MUMKIN:
ota-onalarga bolalar va o‘smirlarni tarbiyalash masalalari bo‘yicha metodik xarakterdagi adabiyotlarni tanlashda yordam ko‘rsatishda;
ota-onalarni kutubxona faoliyatida, axborot qidirish uchun Internetdan foydalanish, elektron pochtadan foydalanishda ishtirok ettirishda. Kutubxona va maktab kutubxonasi bilan ota-onalar hamkorligi doirasida kutubxona jamg‘armasini boyitishda
Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari xayriya tadbirlarini o‘tkazilishi, oilaviy kitobxonlikni oshirish borasida
Bir farzandga uch kitob»,
Farzandimga kitob hadya etaman» nomli qator tadbirlarni o’tkazilib borilishi kutubxona jamg‘armasi fondini to’ldirishda va o‘quvchilarni qo‘shimcha adabiyotlar bilan tanishib borishiga yordam beradi.
OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK QUYIDAGILAR BILAN IFODA ETILISHI MUMKIN:
Maktab o‘qituvchilarini kutubxona resurslari bilan batafsil tanishtirish, o‘qituvchilarga yordam ko‘rsatishda;
o‘qituvchilarning fan bo‘yicha bilimlarini kengaytiruvchi va o‘qitish metodikalarini yaxshilovchi o‘quv materiallarini saralashda;
Kutubxonadagi resurslarni o‘quvchilar bilimini baholashning turli metodikalarini joriy qilish uchun taqdim etishda;
o‘quvchilardan qo‘shimcha axborotni o‘qish talab qilinadigan sinfda bajariladigan topshiriqlarni, uy vazifalarini rejalashtirishda;
o‘quvchilar uchun bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, turli fanlar bo‘yicha o‘qish doirasini kengaytirish, qiziqishlarini rivojlantirish va chuqurroq o‘rganish uchun imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladigan yakka tartibdagi yoki kichik guruhlar doirasida izchil vazifalarni tanlash va ishlab chiqishda;

Download 37.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling