Mavzu: Umurtqalilar zoologiyasining ob’ektlari, predmeti, maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi


Suvdagi tuz miqdorining baliqlarga ta`siri


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana05.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1168312
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-mavzu zoologiya 2-kurs-1

Suvdagi tuz miqdorining baliqlarga ta`siri.
Dengiz suvlari tarkibida, asosan xlorid tuzlari, ya`ni osh tuzi va magniy 
xlorid hamda anchagina magniy sulfat tuzi bo`lishi bilan xarakterlanadi. 1000 
qism dengiz suvida o`rtacha 35 qism har xil tuzlar bo`lishi mumkin. Mana shu 
tuzlardan 90% xlorli tuzlarga to`g’ri keladi. Chuchuk suvlarda esa xlorid tuzlar 
juda oz miqdorda bo`ladi. Har xil dengizlarda suvning sho`rlik darajasi turlicha 
bo`ladi.
Baliqlarning har xil turlari turlicha tuzli suvlarda yashashga moslashgan, 
ya`ni ular chuchuk suvdan tortib 70 qism va undan ham ko`proq tuz to`g’ri 
keladigan suvlarda yashaydi. Ayrim tur baliqlar suvdagi tuz miqdorining yuqori 
bo`lishiga chidasa, boshqa tur baliqlar esa suvda tuz miqdori sal yuqori bo`lsa 
ham nobud bo`ladi. Masalan: buqa baliqlar, kaspiy nina balig’i 1000 qism suvda 
60 qismgacha tuz bo`lgan suvlarda yashaydi. Chuchuk suv baliqlaridan tikan 
qanotli baliqlar, qilquyruqlar 0,2-0,3% tuzli suvda ham nobud bo`lishi mumkin.
Suvning tovush o`tkazuvchanligi juda kuchli. Baliqlar bundan yaxshi 
foydalanadi, ya`ni ularda tovush signalizatsiyasi kuchli rivojlangan. Baliqlarda 
suvda tovush orqali bir-birlariga signal berish yaxshi rivojlangan. Bir turdagi 
baliqlar suvda tovush chiqarib bir-birlariga informatsiya beradi. Shuni ham 
aytish kerakki, baliqlar chiqaradigan tovushlar exolokatsiya ahamiyatiga ham 
ega bo`lishi mumkin.


Baliqlarning asosiy ekologik guruhlari.
Baliqlarning ekologik guruhlarini aniqlash uchun avvalo baliqlarning suvdagi tuz 
miqdoriga bo`lgan munosabatini va suv havzalaridagi yashash joylarini bilish kerak. Suv 
muhitida yashash sharoitlarining har xil bo`lishiga qaramasdan, baliqlarni 
uchta 
ekologik guruhga bo`lish mumkin: pelagik, abissal va litoral. 
1.Pelagik (ochiq suv muhitida yashovchi) baliqlar suvning yuzasidan boshlab 150-
200 m chuqurlikkacha boradigan suv bag’rida yashaydi. Gavdasi uzun duksimon bo`lib, 
suvda suzib yuruvchi organizmlarni qidirib topib oziqlanadi va suv bag’riga yoki suv 
qirg’oqlariga yaqin sayoz joylarda ko`payadi. Bu baliqlar ochiq suv muhitida 
yashaganliklari uchun juda tez suzadi. Pelagik baliqlar ekologik guruhiga akulalar
makrel, lososlar, tunetslar, sardinalar, seldlar, yelkan baliqlar, treskalar, oq sla, siglar va 
uchar baliqlar kiradi.
2. Litoral baliqlar guruhi. Bu guruhga kiruvchi baliqlar suv havzalarining 
qirg’oqlariga yaqin joyda, ya`ni sohil yaqinida va suv tubi bilan ma`lum darajada 
bog’langan holda yashaydi. Pelagik baliqlar guruhiga qarshi o`laroq, litoral guruhiga 
kiruvchi baliqlar kam harakatchan. Bu baliqlarning tuzilishi va ko`rinishi ham har xil, 
ya`ni ba`zilarining gavdasi yapaloq bo`lib, suv tubida yashaydi. Litoral baliqlar guruhiga 
skatlar, kambalalar, dengiz shayton baliqlari, dengiz buqacha baliqlar, dengiz 
kuchukchalari kiradi.
3. Abissal baliqlar guruhi. Abissal guruhiga kiruvchi baliqlarning turlari unchalik 
ko`p emas. Ular, asosan dengiz va okeanlarning tubida katta chuqurliklarida yashaydi.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling