Mavzu: Umurtqalilar zoologiyasining ob’ektlari, predmeti, maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana05.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1168312
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-mavzu zoologiya 2-kurs-1

Nasl uchun g’amxo`rlik qilish.
Ba`zi baliqlarda nasl uchun qayg’urish hodisasi sodir bo`ladi. Natijada 
ular juda kam ikra qo`yadi. Masalan: chuchuk suv tikan balig’ining erkagi urchish 
davrida suv tagida suv o`tlaridan shar shaklida uya quradi va unga urg’ochilarini 
jalb qiladi. So`ngra urg’ochisi bu joyga 20-100 ta ikra qo`yadi. Erkagi urg’ochisi 
qo`ygan tuxumlarni urug’lantiradi va 10-15 kun uyani qo`riqlaydi. Dengiz toychasi 
va dengiz nina baliqlar erkagining qorin tomonida teri xaltasi bo`ladi. 
• Shu xaltada urug’langan ikralarini olib yuradi. Amerika laqqa balig’i va 
kardinalka balig’i (Apogon imberbis)ning erkagi 50 taga yaqin otalangan 
ikralarini og’zida olib yuradi, bu vaqtda ular oziqlanmaydi.
• Tilyapiya balig’ining urg’ochisi ham 100 dan ortiq qo`ygan tuxumini og’zida 
olib yuradi. Ba`zi baliqlarda (boyko`l golomyankasi) tirik tug’ish jarayoni 
kuzatiladi. 
• Gorchak balig’i esa o`z tuxumlarini baqachanoqlarning mantiya bo`shlig’iga 
joylashtiradi.
• Aspredo laqqachasi (Asperdo laevis) urg’ochilarining qorin terisi urug’ tashlash 
davrida ancha qalinlashib yumshaydi. Tuxumi sochilib erkagi tomonidan 
urug’lantirilgandan keyin urg’ochilari o`z vazni bilan uni qorin terisiga bosib 
yopishtiradi. Bu holatda teri kichik arixonaga o`xshaydi, uning kataklarida 
baliq tuxumlari joylashgan bo`ladi. 


Baliqlarning umr ko`rishi.
Baliqlar o`sgan sayin ularning shakli va katta-kichikligi o`zgaradi. 
Baliqlar yozda tez o`sib, qishda o`sishdan to`xtaydi. Ularning bunday notekis 
o`sishi tangachalariga va suyaklariga ta`sir etadi. Natijada tangachalarida aniq 
ko`rinib turadigan qatlamlar, ya`ni halqalar hosil bo`ladi. Yozda hosil bo`ladigan 
halqalar keng, qishdagisi esa tor bo`ladi. Shunday qilib, tangachalardagi halqalar 
soniga va shakliga qarab baliqlarning yoshini aniqlash mumkin .
Ayrim baliqlar uzoq umr ko`radi. Masalan: beluga 100 yil va undan ortiq, 
kambala, Amudaryo va Sirdaryoda yashaydigan laqqa baliqlar 50-60 yil umr 
ko`radi. Treskalar 15 yil yashaydi. Umuman olganda, baliqlar 1-2 yildan (buqacha 
baliqlar-Gobiidae) 100 yil va undan ortiq umr ko`radi. Ko`pgina mayda tur baliqlar 
atigi 1 yil yashaydi. 
Hozirgi vaqtda sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan baliqlar sun`iy usulda ham 
urchitiladi. Sun`iy usulda urchitish usuli bundan 100 yil ilgari V.P.Vrasskiy 
tomonidan taklif qilingan va bu usulni «quruq» usul deb ham atalgan. Bunday usul 
qo`llanilganda baliqlar tuxumining urug’lanishi 98-99% ga teng bo`ladi.
Ekologik guruhlari va sistematik holatidan qat`iy nazar, baliqlarning 
hayoti bir-biri bilan almashinib turadigan biologik sharoitning yil fasllariga qarab 
o`zgarib turishiga bog’liq. Biologik yoki hayot tsikli oziqlanish, qishlash va 
ko`payish davrlariga bo`linadi. 


E’TIBORINGIZ 
UCHUN 
RAHMAT 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling