Mavzu: Unix oilasi operatsion tizimlari
Download 481.87 Kb.
|
Operatsion tizimlari mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Unix oilasi operatsion tizimlari.
- Oziga xosligi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI “Operatsion tizimlari” fanidan Mustaqil ish Bajardi: Abdug’aniyev Abdulaziz __DIF__ta’lim yo‘nalishi __315-20__guruh Qabul qildi: Hamrayev Alisher Toshkent 2022 Mavzu: Unix oilasi operatsion tizimlari.Red Hat Enterprise Linux Server operatsion tizimi UNIX operatsion tizimi UNIX (talaffuzi: yuniks; UNIX — The Open Group[1] kompaniyasining roʻyxatdan oʻtgan savdo belgisidir) — portativ, koʻp vazifali va koʻp foydalanuvchili operatsion tizimlar oilasi boʻlib, ular 1970-yillarda Ken Tompson, Dennis Richi va boshqalar tomonidan Bell labaratoriyasi (Bell Labs)da ishlab chiqilgan original AT&T Unix loyihasi gʻoyalariga asoslangan. Unix tizimining yuzaga kelishida Multics operatsion tizimining taʼsiri katta boʻlgan. Unix turkumiga kiruvchi operatsion tizimlar modulli konstruksiya bilan ajralib turadi, bunda har bir vazifa alohida yordamchi dastur tomonidan bajariladi, oʻzaro aloqa yagona fayl tizimi orqali amalga oshiriladi va utilitlar bilan ishlash uchun buyruqlar satri qoʻllaniladi. Unix gʻoyasi kompyuter operatsion tizimlarining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Unix tizimlari hozirda tarixiy eng muhim operatsion tizimlardan biri sifatida tan olingan. O'ziga xosligi Unixʼsimon tizimlarning boshqa operatsion tizimlardan asosiy farqi shundaki, ular dastlab koʻp foydalanuvchili, koʻp vazifali tizim hisoblanishidadir. Unixʼda koʻp odamlar bir vaqtning oʻzida har biri oʻz terminali (vazifalarni bajarish uchun buyruqlar berish vositasi)da ishlashi mumkin, shu bilan birga ularning har biri ushbu kompyuterning resurslaridan foydalanadigan koʻplab turli xil hisoblash jarayonlarini amalga oshirishi mumkin. Unixʼning ikkinchi ulkan afzalligi uning koʻp platformaliligidir. Tizimning yadrosi deyarli har qanday mikroprotsessorga osongina moslasha oladigan tarzda tuzilgan. Unix boshqa muhim xususiyatlarga ega: tizimni sozlash va boshqarish uchun oddiy matnli fayllardan foydalanish; buyruq satridan ishga tushirilgan yordamchi dasturlardan keng foydalanish; virtual qurilma — terminal orqali foydalanuvchi bilan oʻzaro aloqani taʼminlash; jismiy va virtual qurilmalarni va jarayonlararo aloqaning ayrim vositalarini fayllar shaklida taqdim etish; har biri bitta vazifani bajaradigan bir nechta dastur konveyerlarini qoʻllash. Download 481.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling